Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/315
Sana12.09.2021
Hajmi18,63 Mb.
#172604
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   315
Bog'liq
Gistologiya Zufarov K. 2005(1)

 

MIYA UZAGI YOKI STVOLI 

Miyaning o’zagiga uzunchoq miya, miya ko’prigi, oraliq va oxir-gi miyaning bazal qismi kiradi. U 

oq moddadan va neyronlar to’plami bo’lgan kulrang modda (yadrolar) dan iborat. Miya stvo-lining 

barcha  yadrolari  o’z  faoliyatlariga  ko’ra  harakat,  sezuvva  assotciativ  gruppalarga  bo’lingan 

mul’tipolyar  neyronlardan  iborat.  Harakat  neyronlari  -  efferent  neyronlarning  asosla-ri  kalla 

nervlarining harakatlantiruvchi tolalari hisoblana-di. Barcha yadrolarni kalla nervlari yadrolariga va 

oraliq yad-rolarga ajratish mumkin. Kalla nervlari yadrolariga til osti, qo’shimcha, adashgan nervlar 

yadrolari  misoldir.  Oraliq  yadrolari  esa  uzunchoq  va  o’rta  miyalarning  ko’pchilik  yadrolarini  o’z 

ichiga oladi. 

Bulardan tashqari, stvolda orqa miya va miya stvolidan nerv impul’slarini bosh miya yarim sharlari 

po’stlog’iga  hamda  miya  po’stlog’idan  miya 

stvolining o’ziga va orqa miyaga o’tkazib turuv-




 

167 


chi ko’pgina yadrolar mavjud. 

O’zunchoq  miya.  Miyaning  bu  qismida,  aksariyat,  uning  dorzal  sathida  harakat  va  sezgi  kalla 

nervlarining  yadrolari  joyla-shadi.  Harakat  nervlari  medial,  sezgi  nervlari  lateral,  vegeta-tiv  nerv 

yadrolari  esa  oraliq  zonada  yotadi.  Bulardan  tashqari,  uzunchoq  miyaga  kelgan  nerv  impul’slarini 

miyaning  boshqa  qism-lariga  o’tkazib  beruvchi  yadrolar  ham  mavjud.  Bunday  yadrolarga  quyi 

olivalar  kiradi.  Bu  tuzilma  yirik  mul’tipolyar  neyronlar  tutib,  uning  neyritlari  miyacha  va  ko’ruv 

do’mbog’i  hujayralari  bilan  simpatik  aloqada  bo’ladi.  SHu  quyi  olivalarga  o’z  navba-tida 

miyachadan, qizil yadrodan, to’r substantciyadan va orqa miya-dan nerv tolalari keladi. 

Uzunchoq  miyaning  o’rta  qismida  miyaning  muhim  koordinatciya  apparati  bo’lgan  retikulyar 

formatciya joylashadi. Bu forma-tciyada turli tomonga yo’naluvchi nerv tolalarining to’ri yotadi. Bu 

to’rda uzun dendritli  mayda  mul’tchpolyar neyronlar  mavjud bo’lib, ularning aksonlari bosh  miya 

yarim  sharlari  po’stlog’iga  yoki  miyachaga  yo’naladi.  Bu  tolalar  kollaterallari  shu  retikulyar  to’r 

boshqa neyronlarn bilan simpatik aloqada bo’ladi. SHunday 

qilib, retikulyar formatciya orqa miya, miyacha, bosh miya po’stlog’i va gipotalamus bilan bog’langan 

murakkab reflektor markaz hi-soblanadi. 

Miya ko’prigi. Miya ko’prigi dorsal va ventral qismlarga bo’-linadi. Dorsal qismda nerv tolalari, V-

VIII juft kalla nerv-larining yadrolari joylashadi. Ventral qismni esa ko’prikning xususiy yadrolari va 

piramidal o’tkazuvchi yo’llarning nerv to-lalari tashkil etadi. 

G’rta miya. Urta miya to’rt tepalikning kulrang moddasi va miya bandidan iborat. Miya bandi bosh 

miya  po’stlog’idan  yo’nalgan  mie-linli  nerv  tolalaridan  tashkil  topgan.  Urta  miyaning  eng  yirik 

tuzilmasi uning qizil yadrosidir. Bu yadroda turli  - rubrospi-nal  yo’l hosil qiluvchi yirik neyronlar, 

yadroning oldingi yon qismlarida joylashgan, neyritlari miya ko’prigi yadrolariga yo’nalgan o’rtacha 

kattalikdagi hamda tolalari miyachaning oldin-gi oyoqchalariga, ko’ruv do’mbog’iga va bosh miya 

po’stlog’iga  tarqal-gan  neyronlar  joylashadi.  Markaziy  kulrang  moddadan  ventro-lateral  holatda 

retikulyar formatciya joylashadi. 

Oraliq  miya.  Oraliq  miyaning  asosiy  qismi  ko’ruv  do’mbog’idir.  Bu  do’mboqda  ventral  holatda 

mayda yadrolarga ega bo’lgan gipo-talamik soha joylashadi. Ko’ruv do’mbog’i o’zaro oq modda bilan 

ajralgan ko’pgina yadrolardan iborat. Bu yadrolar assotciativ tolalar orqali bir-biri bilan bog’langan. 

Ko’ruv  do’mbog’iga  bosh  miyadan  nerv  impul’slari  ekstrapira-midal  harakat  yo’li  orqali  o’tadi. 

Do’mboqning kaudal gruppa yadrosida ko’ruv yo’lining tolalari yo’naladi. 

Gipotalamik soha. Bu soha 32 juftga yaqin yadrolar saqlab, organizmni neyro-endokrin boshqaruvida 

ishtirok etuvchi eng aso-siy a’zolardan biri bo’lib hisoblanadi. Gipotalamus haqida to’la  ma’lumot 

«Endokrin sistema» bobida keltirilgan. 


Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish