106-savol:
Mustaqil O‘zbekistonda kuchli ijtimoiy siyosat konsepsiyasining shakllanishi. (bozorga
o'tish, aholining zaif qatlamlari, ijtimoiy himoya, jamoatchilikning roli)
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish, xalqning turmush darajasi va daromadlarini
oshirish uchun har bir hududning tabiiy, mineral-xomashyo, sanoat, qishloq xojaligi, turistik va
mehnat salohiyatidan kompleks va samarali foydalanishni taminlash;
hududlar iqtisodiyotini modernizasiya va diversifikasiya qilish kollamini kengaytirish, rivojlanish
darajasi nisbatan past bolgan tuman va shaharlarni, eng avvalo, sanoat va eksport salohiyatini
oshirish yoli bilan jadal rivojlantirish hisobiga mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish
darajasidagi farqlarni kamaytirish;
yangi sanoat korxonalari va servis markazlarini tashkil etish, kichik sanoat zonalarini tashkil
qilish, yirik xojalik birlashmalarining mablaglarini, banklarning kreditlarini va xususiy xorijiy
investisiyalarni jalb qilish hisobiga kichik shaharlar va shaharchalarni jadal rivojlantirish;
sanoat va xizmatlar korsatish sohasini jadal rivojlantirish hisobiga subvensiyaga qaram tuman va
shaharlarni kamaytirish va mahalliy byudjetlarning daromad bazasini kengaytirish;
sanoat korxonalari va boshqa ishlab chiqarish obektlarini joylashtirishga qulay shart-sharoitlar
yaratish, xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish hamda aholining turmush sharoitini yaxshilash
maqsadida hududlarning ishlab chiqarish, muhandis-kommunikasiya va ijtimoiy infratuzilma
tarmoqlarini yanada rivojlantirish va modernizasiya qilish.
2019 yil yakunlariga kora, yalpi ichki mahsulotning (YaIM) osish surati 5,4 foiz belgilangan
prognoz korsatkichi orniga 5,5 foizni tashkil etdi hamda 2018 yilda erishilgan 5,1 foiz
korsatkichidan yuqori boldi.
YaIM osish surati asosan sanoatning 6,4 foizga (prognoz 5,2 foiz), qurilish 11,8 foizga (8,4 foiz)
va xizmatlarning 6,1 foizga (6,3 foiz) oshishi hisobiga taminlandi.
Aholi jon boshiga YaIM hajmi 1 741 dollarni tashkil etib, 2018 yilga qaraganda 13,6 foizga oshdi
(2018 yilda 1 533 dollar).YaIM umumiy osishida 1,9 foiz bandi xizmatlar, 1,5 foiz bandi sanoat,
0,9 foiz bandi qishloq xojaligi, 0,6 foiz bandi qurilish va 0,6 foiz bandi mahsulotga sof soliqlar
hissasiga togri keldi.
Iqtisodiy osishning barqarorligi iqtisodiyot tarmoqlari tomonidan yalpi taklif va ichki talab
ortasidagi ozaro muvozanati, investitsiyalarni yuqori suratda yani 28,6 foizga hamda aholi real
daromadlarini 10 foizga osishini qollab-quvvatlash hisobiga taminlandi.
HARAKATLAR STRATEGIYASI doirasida keyingi 3 yilda boshqa sohalar singari iqtisodiyot sohasida
ham juda katta ozgarishlar roy berdi. Aholi ozining turmush tarzidan mamnun yashay boshladi.
24 — 26 aprel kunlari poytaxtimiz Toshkentda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi
tomonidan hamkor tashkilotlar ko‘magida “Harakatlar strategiyasi va kuchli ijtimoiy siyosat:
xalqaro amaliyot va O‘zbekiston tajribasi” mavzuida xalqaro konferensiya o‘tkaziladi.
O‘zbekistonda kechayotgan bugungi o‘zgarishlar mamlakat yangi tarixini boshlab berdi, desak
ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz. Zotan, yurtimizda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va boshqa sohalarda
yuz berayotgan ulkan yangilanishlar davlatimizning dunyo hamjamiyati bilan tom ma’noda
integratsiyalashuvini ta’minlamoqda. Qisqacha aytganda, bugun yurtimiz dunyoni o‘ziga
chorlayapti, yopiqlikdan ochiq pragmatik siyosat sari yuzlanmoqda. Bunday tutum, shubhasiz,
bugungacha mavjud bo‘lgan tartib-qoidalarni isloh qilish va ularni dunyo andozalariga
uyg‘unlashtirishni taqozo etadi. O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasining hamkor
tashkilotlar ishtirokida “Harakatlar strategiyasi va kuchli ijtimoiy siyosat: xalqaro amaliyot va
O‘zbekiston tajribasi” mavzuidagi xalqaro konferensiyani o‘tkazish tashabbusi mohiyatida ham
aynan shu muddao mujassamdir.
Biz nimalarni maqsad qildik? Eng avvalo, Harakatlar strategiyasi doirasida yurtimizda hayotga
tatbiq etilayotgan mutlaqo yangicha ijtimoiy siyosatning mazmun va mohiyatini dunyo
jamoatchiligiga yetkazish, qolaversa, davlat organlari, kasaba uyushmalari, Savdo-sanoat
palatasi hamda fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining aholini ijtimoiy himoya qilish
borasidagi o‘zaro hamjihatligi va sherikligi istiqbollarini belgilab olishni rejalashtirayapmiz.
Mazkur anjuman ijtimoiy-mehnat masalalarini hal etishda bevosita qatnashayotgan
ishtirokchilar taklif va mulohazalari hamda tajribalarini konstruktiv muhokama qilish, o‘zaro fikr
almashish uchun xalqaro platforma vazifasini o‘taydi. Bu format shak-shubhasiz,
O‘zbekistonning ochiqligini, faol, amaliy hamkorlikka, xalqaro va chet el tajribasini o‘rganish
asosida aholini ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha vazifalarni hal etishga tayyorligini ham namoyish
qiladi.
Shuni alohida aytish kerakki, mazkur g‘oya Xalqaro mehnat tashkiloti, Xalqaro kasaba
uyushmalari konfederatsiyasi, Umumevropa kasaba uyushmalari mintaqaviy kengashi, Xalqaro
ish beruvchilar tashkiloti kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Va
uning ishida ushbu tashkilotlar mutasaddilari, shuningdek, ijtimoiy taraqqiyot, iqtisodiyot
hamda huquq sohasidagi milliy va chet ellik ekspertlar qatnashishi kutilayotir.
Forum o‘z dasturida mamlakatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvol, sog‘liqni saqlash sohasidagi
ishlar, ta’lim, ijtimoiy infratuzilma, arzon uy-joylar, ish joylaridagi mehnat sharoitlari, davlat
organlari, kasaba uyushmalari va ish beruvchi hamkorligi borasida aniq tasavvurga ega bo‘lishi
uchun ishtirokchilarning bevosita joylarga safar uyushtirishi ham ko‘zda tutilgan. Qolaversa,
anjumanda yalpi majlislardan tashqari, aholining real daromadi va bandligini izchil amalga
oshirish orqali faol ijtimoiy himoya, aholini ijtimoiy himoyalash va sog‘lig‘ini muhofaza qilish
yo‘nalishidagi davlat tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish,
aholi yashash sharoitlari yaxshilanishini ta’minlovchi arzon uy-joylar qurilishi, yo‘l-transport,
muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda modernizatsiya
qilish bo‘yicha maqsadli dasturlarni ro‘yobga chiqarish, ta’lim va fan sohasini rivojlantirish
istiqbollari hamda yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish kabi yo‘nalishlar bo‘yicha
munozaralar ham rejalashtirilgan.
Dasturda, shuningdek, Xalqaro mehnat tashkilotining mehnatkashlar faoliyati Byurosi (ACTRAV)
shafeligida Markaziy Osiyo davlatlari kasaba uyushmalari yetakchilari uchrashuvi ham
o‘tkaziladi.
Keling, shu o‘rinda uchinchi ming yillikka kelib global dunyoda kasaba uyushmalarining oddiy
insonlar hayotidagi o‘rni, uning maqsad hamda vazifalari aynan nimalarda ustuvor darajada
namoyon bo‘layotganiga e’tibor qarataylik.
Eng avvalo, bu — to‘liq va mahsuldor bandlikni ta’minlash, mehnatga munosib haq to‘lanishiga,
ijtimoiy himoya va muloqotga erishish, qashshoqlikni yo‘qotish, inson huquqlari hamda kasaba
uyushmalari erkinligini kafolatlash, mehnat munosabatlaridagi har qanday kamsitishlarni
bartaraf etish, ayollar va erkaklar tengligini ta’minlash, bolalar mehnati hamda majburiy
mehnatga butunlay chek qo‘yishga erishish, atrof-muhitni himoyalash kabi vazifalardan
iboratdir.
Afsuski, bugun global mehnat bozori bu maqsadlarga erishishda yangidan-yangi to‘siqlarga
uchramoqda va ta’bir joiz bo‘lsa, ular ijtimoiy mehnat sohasining zamonaviy qurilmasi
poydevorini nuratmoqda.
Eng asosiy muammolar nimalarda ko‘rinadi? Birinchi muammo norasmiy bandlik o‘sishi,
norasmiy sektorning rivojlanishi va kengayishi bo‘lib, u soliq to‘lovlaridan tushadigan
daromadlar kamayishiga, rasmiy sektordagi raqobatdoshlik pasayishiga, eng yomoni, ijtimoiy
dasturlarning qisqartirilishi va yetarlicha moliyalashtirilmasligiga olib kelmoqda.
Ikkinchi muammo masofaviy va ijara tariqasidagi mehnat, autsorsing hamda autstaffing kabi
mehnat mohiyatini tubdan yangilovchi formatning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Bu esa o‘z-
o‘zidan, mehnat munosabatlari sohasining shakl-shamoyilini keskin o‘zgartirib, ijtimoiy
himoyani juda past darajaga olib keluvchi nostandart bandlik shakllarida namoyon bo‘lmoqda.
Uchinchi global muammo raqamli texnologiyalarning ijtimoiy hayotda tobora faol
qo‘llanilayotganiga borib taqaladi. E’tibor bering, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining
tezkor rivojlanishi hisobiga yaqin 25 yilda sayyoramiz miqyosida ish joylarining 47 foizga
qisqarishi taxmin qilinmoqda. Tahlilchilarning hisob-kitoblariga ko‘ra, yaqin 15 yildan so‘ng,
deylik, buxgalteriya, sog‘liqni saqlash, advokatura, oliy ta’lim va xalq ta’limi sohalaridagi mavjud
mansabdor xizmatchilar o‘rinlariga deyarli ehtiyoj qolmaydi... Demakki, bugungi dolg‘ali zamon
bizning oldimizga asosi bundan 100 yil avval yaratilgan ijtimoiy himoyaning klassik tizimlarini
qayta shakllantirishni taqozo etayotir.
Xalqaro miqyosda ijtimoiy himoya eng kam darajasining tan olingan 9 turi mavjud bo‘lib, bular
tibbiy xizmat, ishsizlik bo‘yicha nafaqa, baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi natijasida yetkazilgan
zararni qoplash bo‘yicha nafaqa, homiladorlik va tug‘ish nafaqasi, boquvchisini yo‘qotishi
munosabati bilan beriladigan nafaqa, kasallik bo‘yicha nafaqa, qarilik pensiyasi, oilaviy nafaqa,
nogironlik bo‘yicha nafaqalarni o‘z ichiga oladi. E’tiborli jihati shundaki, ushbu xizmatlarning 5
turi to‘liq,
2 turi esa qisman ijtimoiy sug‘urta tizimi bilan qamrab olingan xodimning hissasiga to‘g‘ri
keladi. Biroq afsuski, bugungi kunga kelib, ijtimoiy sug‘urtalangan xodimlar soni borgan sari
kamayib ketayapti.
Xalqaro mehnat tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytda dunyo aholisining 55 foizi ijtimoiy
himoyadan mahrum bo‘lsa, atigi 29 foizi kompleks ijtimoiy ta’minotdan foydalanish
imkoniyatiga ega. Pensiya yoshidagi keksalarning 68 foizi qarilik pensiyasini oladi. Bu esa ko‘plab
davlatlarda ham jamg‘arib boriladigan, ham sug‘urtali pensiya ta’minoti yetarlicha
rivojlanmaganligini ko‘rsatadi. Yana bir og‘ir muammo — taraqqiy topgan yigirma birinchi asrda
ham, afsuski, insonlarning sog‘liqni saqlashga bo‘lgan huquqi dunyoning ko‘pgina mintaqalarida
hali real haqiqatga aylanmadi. Bu, ayniqsa, aholining 56 foizi mazkur imtiyozdan mahrum
bo‘lgan qishloq joylariga taalluqlidir.
Demak, bu borada muhokama qilinishi lozim bo‘lgan mavzular yetarli.
Yaqinda XMT jahon hamjamiyatiga bugungacha amaliyotda bo‘lmagan — xususiy beg‘araz
yordamni eng kam darajadagi ijtimoiy himoyani ta’minlash uchun yo‘naltirish haqidagi chaqiriq
bilan murojaat qildi. Va, bu bilan, u o‘z tajribasida jismoniy shaxs korxona va jamg‘armalarning
beg‘araz yordamlaridan ijtimoiy himoya maqsadida foydalanish mumkinligini e’tirof etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |