Gender tenglikni ta’minlab, barcha ayol va qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish



Download 69,5 Kb.
bet1/2
Sana26.02.2022
Hajmi69,5 Kb.
#469461
  1   2
Bog'liq
Gender tenglik


Gender tenglik
Reja:
  1. Gender tenglikni ta’minlab, barcha ayol va qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish


  2. Oʻzbekiston gender tenglikni taʼminlash boʻyicha muhim qadamlarni qoʻymoqda



Gender tenglikni ta’minlab, barcha ayol va qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish


Ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish barqaror taraqqiyot jarayonini tezlashtirishning nihoyatda muhim bir tamoyilidir. Ayollar va qizlarga qarshi barcha turdagi kamsitishlarni yo‘q qilish nafaqat inson huquqlarini himoya qilish nuqtai nazardan muhimdir, balki boshqa sohalarda ham rivojlanish jarayoniga ta’sir etuvchi kuchli omillardan biridir.
2000 yilda BMTTD BMT tizimidagi boshqa hamkorlari va butun xalqaro hamjamiyat bilan birgalikda gender tengligi konsepsiyasini inson faoliyatining asosiy tamoyillaridan biri sifatida qabul qilib oldi. Shundan buyon mazkur yo‘nalishda sezilarli ijobiy o‘zgarishlarga erishildi. 15 yil ilgarigi vaziyatdan farqlio‘laroq, hozirda maktabga borayotgan qizlarning soni ancha ko‘payib qolgan, dunyo hududlarining aksariyatida boshlang‘ich ta’lim tizimida qiz va o‘g‘il bolalar soni tenglashib qolgan. Hozirgi kunda ayollar qishloq xo‘jaligidan tashqari sohalardagi haq to‘lanadigan ish o‘rinlarining 41 foizini egallaydi. Vaholanki, 1990 yilda ushbu ko‘rsatgich 35 foizni tashkil etgan.
Barqaror taraqqiyot maqsadlari hozirgi kungacha erishilgan yutuqlarni yanada chuqurlashtirish va kengaytirishga qaratilgan bo‘lib, butun jahonda ayol va qizlarga qarshi kamsitishlarni butunlay yo‘q qilishni ko‘zda tutadi. Hozirgi kunda ba’zi hududlarda sezilarli darajadagi gender tengsizlik saqlanib qolmoqda, xususan bunday tengsizlik haq to‘lanadigan ish o‘rinlarini egallash hamda mehnat bozorida yaqqol kuzatilmoqda. Jinsiy zo‘ravonlik xavfi, bepul parvarishlanish imkoniyatining cheklanganligi va uy-ro‘zg‘or tashvishlari hamda davlat boshqaruvi sohalarida mavjud bo‘lgan kamsitishlar xotin-qizlarning rivojlanishi yo‘lida hanuz katta to‘siqlarni tug‘dirib kelmoqda.
Har bir inson jinsiy va reproduktiv salomatligini yaxshilash bo‘yicha xizmatlardan foydalanish imkoniyatining ta’minlanishi, qolaversa barcha ayollar yer resurslari va mulk kabi iqtisodiy ne’matlardan erkaklar bilan teng ravishda foydalanish huquqi va imkoniyatini ta’minlash mazkur maqsadga erishishning eng asosiy shartlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Hozirda boshqaruv lavozimlarni egallayotgan ayollar soni ilgarigiga nisbatan ancha ko‘p, biroq davlat siyosati va qonunchiligida gender tengligi konsepsiyasi o‘z aksini toptirish uchun dunyoning barcha hududlarida yetakchi ayollarni, ularning faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlashimiz zarurdir.
Gender tengligini ta’minlash Barqaror taraqqiyot 2030 dasturining 17 maqsadidan biridir. Belgilab olingan vazifalarni yechish uchun keng qamrovli chora-tadbirlarni amalga oshirishni ko‘zda tutuvchi “majmuaviy yondashuv”ni qo‘llash talab qilinadi.

Download 69,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish