Biznesdagi tadbirkorlik foydasini anglash.



Download 96,5 Kb.
Sana01.07.2022
Hajmi96,5 Kb.
#723720

Biznesdagi tadbirkorlik foydasini anglash.
(ma’ruza-2soat)
Reja:

  1. Biznes xaqida tushuncha,uning axamiyati,moxiyati .zarurligi.

  2. Biznesni muvafaqqiyatli olib borish tamoyillari.

  3. Tadbirkorlarga zarur bo‘lgan resurslar.

Iqtisodiyot fanida tadbirkorlik faoliyatiga doir dastlabki tadqiqotlar XVIII asrda R. Kontilon, A. Tyurgo, F. Kene, A. Smit va J.B. Sei asarlarida amalga oshirila boshlandi. Biroq hozirga qadar jamoatchilik fikrida “tadbirkorlik” tushunchasining ko‘p ma’noliligi saqlanib qolmoqda. Ilmiy adabiyotda ushbu tushuncha haqida ko‘pincha bu favkulodda hodisaning iqtisodiy, tashkiliy va ruhiy tavsiflari to‘plamidan iborat har xil tasavvurlar mavjud.


Sohibqiron Amur Temur o‘z davrida tadbirkorlikka katta e’tibor bergan. U o‘z o‘gitlarida “Ishbilarmon, mardlik va shijoat sohibi, azmi qat’iy, tadbirkor va xushyor bir kishi ming-minglab tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshidir” deb ta’kidlagan edi.
Xorijiy adabiyotlarda biznes ta’rifini ko‘p turlari mavjuddir. Inson jamiyatining butun rivojlanish tarixi u yoki bu jihatdan doimo biznes bilan bog‘liq bo‘lgan.
Dastlabki bosqichlarda tadbirkorlikning eng muhim alomati biron bir shaxs-tadbirkor faoliyatining foydali yoki zararligini belgilovchi noaniqlik omili hisoblangan. Tadbirkorlikning ijtimoiy-iqtisodiy vazifasi turli bozorlarda talab bilan taklif orasida muvozanat o‘rnatishga doir takomillik faoliyatidan iborat deb tan olingan.
Keyinchalik “sarmoya egasi” va “Tadbirkor” tushunchalari bir-biridan farklana boshlandi. Tadbirkor sarmoyaning muomalada yuritishni, ko‘payib borishini ta’minlaydi va bu borada u venchur sarmoyador, ya’ni jalb qilingan moliyaviy mablag‘larni ustalik bilan tasarruf etuvchi shaxs sifatida ishni yuritib yuborishga o‘z g‘oyalari, bilimi va ko‘nikmalarini tadbiq qilib, ko‘p foyda olish maqsadida o‘sha mablag‘larni tavakkali ishlarga sarflaydi.
O‘zbekistonda va MDHda biznes haqidagi makolalar, adabiyotlar 60-yillarning o‘rtalarida paydo buldi. Xususiy mulkchilik esa o‘sha davrda bizning mafkuramiz uchun butunlay yot narsa edi. Lekin bizda biznesni fan tarikasida o‘rganish faqatgina 90-yillarning boshlarida bozor munosabatlariga asta-syokin o‘tish bilan boshlanadi.
“Biznes” - so‘zi inglizcha so‘z bo‘lib, u tadbirkorlik faoliyati yoki boshqacha so‘z bilan aytganda kishilarni foyda olishga qaratilgan tadbirkorlik faoliyatidir.
Xorijiy adabiyotlarda biznes ta’rifini ko‘p turlari mavjuddir. Inson jamiyatining butun rivojlanish tarixi u yoki bu jihatdan doimo biznes bilan bog‘liq bo‘lgan.
Biznesmen (tadbirkor) so‘zi birinchi marotaba Angliya iqtisodiyotida XVIII asrda paydo bo‘lib, u “Mulk egasi” degan ma’noni bildiradi. Jumladan, Adam Smit tadbirkorni mulk egasi sifatida ta’riflab, uni foyda olish uchun qandaydir tijorat g‘oyasini amalga oshirish maqsadida iqtisodiy tavakkalchilikka boradigan kishidir, - deb ta’kidlaydi. Tadbirkorni o‘zi, o‘z ishini rejalashtiradi, ishlab chiqarishni tashkil etadi, mahsulotni sotadi va olgan daromadiga o‘zi xo‘jayinlik qiladi.
Biznes - bu avvalo ishlab chiqarishni tashkil etish, iqtisodiy faoliyat va munosabatlar, hayotni o‘zi so‘ngra esa pul ishlash demakdir. Biznes- bu xorijiy so‘zdir. U butun dunyo bo‘yicha tarqalgandir, undan barcha mamlakatlarda foydalanadilar. O‘zbek tilida esa biznes so‘zi tadbirkorlik, biznesmen esa tadbirkor demakdir. O‘zbekcha so‘z xorijiy so‘zga to‘g‘ri keladi, lekin unga qo‘shimcha ma’no xam beradi. Bu so‘zlarni ortida “ish” ya’ni ish bilan shug‘ullanish yoki korxona tashkil qilish yetadi. Shunday qilib, biznes - bu korxona tashkil qilish demakdir (sanoat korxonasi, savdo do‘koni, xizmat ko‘rsatish korxonasi, auditorlik kontorasi, advokat idorasi, bank va x.k.). Demak, biznes bu yo‘q narsadan pul qilish emas, balki murakkab ishlab chiqarishni yoki xizmat ko‘rsatishni tashkil etish demakdir. Tadbirkorlik - bu doimo o‘z ishining fidoiysi, bilimdonidir. Tadbirkorlik uchun o‘qish kerak, nafaqat dastlabki paytlarda, balki tadbirkor bir umir o‘qishi, izlanishda bo‘lishi kerak.
Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2011 yilda 54 %ni tashkil qilgan. Bu ko‘rsatkich 2000 yilga nisbatan 1,7 marta ko‘p demakdir.
Tadbirkorlik bozor iqtisodiyotiga xos iqtisodiy faoliyatdir. Boshqacha aytganda, u muayyan ijtimoiy-iqtisodiy natijaga erishish maqsadida tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish va ayirboshlashni tashkil etish bo‘yicha mulkdorlarning yoki ular vakillarining ongli va maqsadli iqtisodiy faoliyatidir.
Tadbirkorlik faoliyatining uch turi va unga mos ravishda tadbirkorlarning 3 guruhini alohida ko‘rsatish mumkin:

  1. yangi tovar yoki xizmat loyihasini tashkil etish. Tadbirkorlikning bu turi bilan intellektual mulk egalari innovatsiya tadbirkorlari shug‘ullanadi.

  2. tovar ishlab chiqarishni tashkil etish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar.

  3. tovarni sotish, qayta sotish va tijorat ishlarini tashkil etish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar.

Uchinchidan, maqsad jihatidan tadbirkorlikning ikki to‘rini:
a) foyda olishni, iqtisodiy samaraga erishishni maqsad kilgan;
b) ijtimoiy samaraga (masalan, tabiat muhofazasi, yosh avlod tarbiyasi, sog‘liqni saqlash) erishishni maqsad kilgan turlarini ajratish mumkin.
Tadbirkorlarga xos xususiyatlar quyidagilardan iborat:

  1. Shug‘ullanayotgan soha bo‘yicha ilm, bilimga egaligi.

  2. Tavakkalchilikka asoslangan qarorlar qabul qilish bo‘yicha tashabbuskorlik qobiliyati.

  3. Iqtisodiy jarayonlarni chuqur fikrlay olish.

  4. Qonunlarga itoatkorligi.

  5. Innovatsiyachilikning faolligi.

  6. Maqsad sari intiluvchanlik.

  7. Tashkilotchilik.

  8. Tejamkor bo‘lishi.

  9. O‘z so‘zining ustidan chiqish.

  10. Ruhiy poklik va halolligi.

  11. O‘z jamoasi uchun kurashuvchanlik.

Tadbirkorlikni rivojlantirish uchun quyidagi shart-sharoitlar talab etiladi:

  1. Mulk munosabatlarining uyg‘unlashuvi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkiy munosabatlar uch jihat bilan belgilanadi: -

  • egalik qilish, ya’ni mulk egasi sifatida mulkka to‘la xukumronlik qilish: sotish, ijaraga berish, hadya etish;

  • foydalanib turish, ya’ni mulk egasining nazorati asosida ma’lum shart va to‘lov evaziga mulkdan vaqtincha foydalanish;

  • operativ tezkor boshqarishni, yangi mulk egasining nazorati ostida resurslarni taqsimlash va ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha mulkni boshqarish huquqini joriy etish.

  1. Tadbirkorlarga o‘z qobiliyatini to‘la namoyon etish uchun quyidagi iqtisodiy erkinliklarning berilishi.

  • mahsulot assortimenti turlarini ava ishlab chiqarish usulini tanlash erkinligi;

  • hamkorlarni mustaqil tanlash;

  • mablag‘larni qonunga zid bo‘lmagan sohalarga mustaqil sarflash erkinligi va x.k.;

  1. Bozorning ochiqligi, ya’ni tovarlar, sarmoyalar, ma’lumotlar, ish kuchi, xom-ashyo harakati uchun sun’iy g‘oyalarning yo‘qligi.

  2. Bozor infratuzilmasining mavjudligi.

Bunga quyidagilar kiradi:

  • tijorat banklari;

  • tovar, fond, mehnat, valyuta birjalari;

  • tijorat tavakkalchiligi va mulk sug‘urtasi;

  • ma’lumot va reklama manbalari, ommaviy axborot vositalari, aloqa vositalari;

  • ekspert byurolari, sertifikat markazlari, bojxonalar, soliq nazorati tashkilotlari, arbitrajlar va x.k.

  1. Tadbirkorlik uchun huquqiy kafolatning mavjudligi, ya’ni tadbirkorlikni himoyalovchi qonunchilikning mavjudligi.

  1. Yangi korxonalarga kadrlar tayyorlash, kredit olish, soliq to‘lash, tabiiy boyliklardan foydalanish bo‘yicha davlat tomonidan berilgan imtiyozlar va x.k.

Tadbirkor nimalarni bilishi va qilishi kerak? U eng avvalo, tadbirkorlik faoliyatini qanday amalga oshirishni, qanday sharoitda amaliy harakat qilishni, tadbirkor oldida uchraydigan to‘siqlarni hal qilish yo‘llarini va qanday yutuqlarga erishishni bilishi kerak. Tadbirkor - ishlab chiqarishni tashkil etishni, xamda mahsulotni sotishni bilishi kerak. U bozor munosabatlari sharoitida yuzaga keladigan aniq sharoitlarni baholashni va to‘g‘ri yo‘l tanlashni bilishi kerak. Xech kim, xech kachon tadbirkorga nima qilishni o‘rgatmaydi va og‘ir paytlarda yordamga kelmaydi. Xar bir tadbirkor faqat o‘z kuchiga, bilimiga va zakovatiga ishonishi va suyanishi lozim.
Biznesni muvaffaqiyatli olib borishga ko‘maklashuvchi tadbirkorlikning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
1. Mulk sohibi bo‘lish. Tadbirkorlar resurslar yoki mahsulotlarning egasi bo‘lishi kerak. Ular o‘z mulkiga tayanib yoki o‘zga mulkini ijaraga olib ishlaydi.
2. Foyda olishga intilish. Tadbirkorning boyishdan iborat iqtisodiy maifaati bo‘lib, unga foyda olish orqali erishiladi.
3. Iqtisodiy erkinlik. Tadbirkor bozorga qarab nimani, qancha, qanday texnologiyada ishlab chiqarishni, yaratilgan tovarni kimga, qachon va necha pulga sotishni, qaysi bank bilan aloqa qilishni, o‘ziga sherik topishni, xullas, har qanday iqtisodiy faoliyatni hech bir toifasiz, o‘z bilganicha amalga oshiradi.
4. Iqtisodiy mas’uliyat. Tadbirkor mas’uliyatni o‘z zimmasiga olib, ko‘rgan foyda-zarariga o‘zi javob beradi.
5. Iqtisodiy tavakkalchilik. Tadbirkor tavakkal qilib, «yo ustidan, yo ostidan» degan qabilida ish tutadi, iqtisodiy xavf-xatarni zimmasiga olib, chuv tushib qolishdan qo‘rqmaydi.

  1. Qonun-qoidalarga rioya qilish. Tadbirkor sa’y-harakatlarining o‘z qoidalari bor, ularga itoat qilish ham farz ham qarz hisoblanadi.

  1. Raqobat ko‘rashida qatnashish. Tadbirkor har doim boshqalar bilan «kim o‘zadi» qoidasiga ko‘ra bellashuvi shart.

  1. Tadbirkorlik siri. Biznes ishida texnologiya, yangi tovar yaratish, bozor topish, narx belgilash, kontrakt tuzish va boshqalar sir saqlanadi.

  2. Halollik bilan ish yuritish. Tadbirkorlik halol yo‘l bilan pul topishga asoslanish zarur. qalloblik, g‘irromlik va aldamchilik uning tabiatiga zid. Masalan, Hazrati Muhammad (s.a.v.) odamlarga “halol yo‘l bilan nafaqa topinglar” deb marhamat qilganlar. Shu sababli «halol top» degan qoida tadbirkorlikka ham xos bo‘lgan.

O‘zbekiston qonunlariga ko‘ra tovar ishlab chiqaruvchilar iste’molchilarning tovar sifatiga bo‘lgan talabini qondirishi, tovar sifatini kafolatlashi shart. Davlat shu qonunlar ijrosini nazorat qiladi.
«Davlat iste’molchilarning tovar (ish, xizmat) sotib olish va undan foydalanish chog‘idagi huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari himoya qilinishini kafolatlaydi».1

  1. Nufuz (imij)ga ega bo‘lish. Nufuz halq orasida, tadbirkorlar doirasida obro‘-etiborli bo‘lishni bildiradi. Tadbirkor o‘z sha’nini avaylashi, firma nomini e’zozlab, unga dog‘ tushirmasligi, yaxshi nom chiqarishi shart.

  1. Tadbirkorlikda o‘z-o‘zini boshqarish tartibi bor. Davlat firma ishiga aralashmaydi, balki iqtisodiy siyosati bilan tadbirkorlarga ko‘maklashadi, qonunlar orqali tadbirkorlik uchun sharoit yaratadi. Masalan, O‘zbekiston
    Respublikasining qonunlariga ko‘ra davlat tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlaydi, tadbirkorlar mulkinipg daxlsizligiii ta’minlaydi.

Bozor iqtisodiyotining turli mulk shakllariga asoslanishini tadbirkorlikda yaqqol ko‘rish mumkin. Insonga naf keltiruvchi har qanday ne’matlar albatta kimningdir mulki. Faqat hech kimga kerak bo‘lmagan narsaning egasi yo‘q. Bozor iqtisodiyoti kerakli narsani yaratib, uni bozor orqali iste’mol etishga asoslanar ekan, u albatta mulkchilikni talab qiladi.
Mulk moddiy va maishiy boyliklarni qonuniy ravishda va belgilangan tartibda kishilar tomonidai o‘zlashtirish shaklidir.
O‘zlashtirish tartibini mulkiy huquq belgilaydi, u kimning mulkdor bo‘lishi, mulkdan, foydalanish qoidalari, mulkni davlat tomonidan kafolatlash kabilarni belgilab qo‘yadi. O‘zbekistondagi mulk Respublika Konstitutsiyasi va “Mulkchilik to‘g‘risida”gi qonunga binoan boshqariladi.
Tadbirkorlar mulkiy munosabatning sub’ekti, ya’ni ishtirokchisi bo‘ladilar. Ular mulk qilib o‘zlashtiradigan narsalar yer, bino, inshoat, asbob-uskunalar, mashina-mexanizmlar, yaratilgan tovarlar, ilmiy g‘oyalar, loyihalar, tovar belgilari va boshqalardan iborat. Bular mulkiy munosabatlarning ob’ektidir. Mulkning uch bosqichi bor:
a) egalik qilish;
b) foydalanish (ishlatish);
v) tasarruf etish.
Ularning yaxlitligi mulkchilikni yaratadi. Tadbirkorlarning mulkiy maqomi ikki yoqlama bo‘lib, birinchidan, ular o‘z mulkiga tayanib ish yuritadilar, ya’ni moddiy resurslar va yaratilgan tovarlar ularning o‘ziniki. Ikkinchidan, ular o‘zgalar mulkini ijaraga olib ham faoliyat yuritadilar, bunda mulkka vaqtinchalik egalik qiladilar va mulkdan foydalanadilar, ammo uni tasarruf etib xo‘jayinlik qila olmaydilar. Baribir, har ikki holda ham yaratilgan tovarlarning egasi tadbirkor bo‘lib qolaveradi. Tadbirkor o‘z mulkidan naf ko‘rishi shart, shundagina uning iqtisodiy manfaati yuzaga chiqadi. Tadbirkor o‘z mulkini ishlatib foyda topadi, o‘z mulkini qimmatiga sotib, daromad ko‘radi, o‘z mulkiga tayanib mehnat qiladi va shu yo‘l bilan pul topadi va, nihoyat, u o‘z mulkini merosga qoldiradi yoki xayr-ehson yo‘lida hadya qiladi. Mulkni qanday ishlatishni tadbirkor o‘zi hal qiladi, ya’ni buning eng maqbul yo‘lini o‘zi tanlab oladi.



1 Ўзбекистон Республикасининг «Истеъмолчиларнинг ҳуқуқларини ҳимоя қилиш тўғрисида»ги Қонунидан.

Download 96,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish