foizga yetkazish, energiyani tejamkor zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish evaziga yalpi ichki
mahsulot uchun sarflanadigan energiya hajmini taxminan 2 barobar qisqartirishga erishishdir.
Buning uchun sanoat sohasini modernizatsiya qilish va tarkibiy o‘zgartirishlar orqali rivojlantirishni
ta'minlovchi quyidagi dasturlar ijrosi amalga oshirilishi zarur. Jumladan 2017-2020-yillarda mineral xom
ashyo resurslarini chuqur qayta ishlashga asoslangan 11 ta tarmoq dasturlari ishlab chiqilgan bo‘lib,
dastur doirasida 42 mlrd.dollar qiymatidagi 800 ta investitsiya loyihalari amalga oshirilishi belgilangan.
Shu o‘rinda, tayyor mahsulotni ishlab chiqarishda mahalliylashtirish iqtisodiyotni yanada barqaror va
izchil rivojlanishida, uning tashqi omillarga tobeligini pasaytirishda, ishlab chiqirish
jarayonlariga yangi
samarali texnologiyalarning tatbiq etilishini jadallashtirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidlash
joiz.
Aynan shuning uchun ham O‘zbekistonda mahalliylashtirish sanoatni rivojlantirishning asosiy
yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu mahalliy xom ashyo va ishlab chiqarish zaxilaridan keng
foydalanish, shu asnoda import o‘rnini bosuvchi, zamonaviy va raqobatbardosh mahsulot chiqarishni
ta'minlaydi.
Mahalliylashtirish dasturi doirasida 2010-2016-yillarda 1 948 ta loyihalar amalga oshirildi va buning
natijasida ushbu yillar davomida umumiy import o‘rnini bosish samaradorligi 7,6 mlrd. dollarini tashkil
etdi.
Ma'lumot o‘rnida: O‘z navbatida, so‘nggi uch yil ichida ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hisobiga 106
ta guruh tovarlarning importi butunlay to‘xtatilgan, shuningdek, 356 turdagi mahsulotni chetdan keltirish
ikki barobardan ziyodga kamaygan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-sentabrdagi PF-5177-sonli “Valyuta
siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” Farmoning qabul
qilinishi tashqi savdo faoliyati sohasini takomillashtirish, mamlakatimiz iqtisodiyotiga
xorijiy
investitsiyalarni jalb qilish, eksport salohiyatini oshirish, zamonaviy, eksportga yo‘naltirilgan ishlab
chiqarishlarni hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlarini barqaror rivojlantirishga xizmat
qilmoqda.
Shu bilan birga, yuqori texnologiyali yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, hududlarni
raqobatdosh va eksportga yo‘naltirilgan zamonaviy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni o‘zlashtirishga
yanada faol jalb qilish, ishlab chiqarish,
muhandislik-kommunikatsiya, yo‘l-transport, ijtimoiy
infratuzilma va logistika xizmatlarini jadal rivojlantirishni ta'minlash uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy
investitsiyalarni jalb etishni kengaytirish maqsadida respublikada 14 ta erkin iqtisodiy zonalar va 96 ta
kichik sanoat zonalari tashkil etilgan.
Ma'lumot o‘rnida: Bugungi kunda erkin iqtisodiy zonalarning 3 tasida umumiy qiymati 486 mln.dollarlik
62 ta loyihalar amalga oshirilgan, 4,6 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilgan.
Shu bilan birga, tashkil etilgan kichik sanoat zonalarida 731,6 mlrd.so‘mlik 1 201 investitsiya loyihalri
amalga oshirilgan, 11 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilgan.
Bugungi kunda, respublikamizda mavjud tabiiy xom ashyo resurslaridan maksimal darajada foydalanish
orqali kelgusida iqtisodiyot va sanoat tarmog‘ini diversifikatsiya va isloh qilish borasida bir qator chora-
tadbirlar amalga oshirish zarur:
Birinchidan - O‘zbekiston iqtisodiyotini yanada diversifikatsiya qilish hamda uning raqobatbardoshligini
mustahkamlash;
Ikkinchidan - sanoatda sohasida yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy
xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‘shilgan qiymatga ega tayyor mahsulot
ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan yangi bosqichga o‘tish;
Uchinchidan - ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni va import o‘rnini bosishni rag‘batlantirish siyosatini
davob ettirish, avvalam bor iste'mol tovarlari va butlovchi qismlar, tarmoqlararo
sanoat kooperatsiya
aloqalarini kengaytirish;
To‘rtinchidan - tashqi bozorlarda xaridorgir, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan zamonaviy tayyor
mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish va yangi bosqichga ko‘tarish evaziga tayyor mahsulotlar
eksportini yuqori o‘sish sur'atlariga erishish;
Beshinchidan - sanoatda energiya va xom ashyo sarfini qisqartirish, mahsulot ishlab chiqarishda energiya
tejamkor texnologiyalarni keng joriy etish, qayta tiklanuvchan energiya manbaalaridan foydalanishni
kengaytirish va sanoat tarmoqlarida mehnat unimdorligini oshirish;
Ma'lumot o‘rnida: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2692-sonli
qaroriga asosan 2017-yilda sanoatning tarmoq korxonalarida ishlab chiqarish tannarxini 8%ga pasaytirish
va 2 350 ta 200,1 mln.dollar qiymatidagi jismoniy va ma'nan eskirgan asbob-uskunalarni almashtirilishi
belgilangan.
Oltinchidan - yangi erkin
iqtisodiy zonalar, texnoparklar, kichik sanoat zonalarini tashkil etish va
samaradorligini oshirish ushbu maqsadda qilinayotgan asosiy yo‘nalishlar hisoblanadi.
Ma'lumot o‘rnida: Erkin iqtisodiy zonalarda qo‘shimcha ravishda 1 mlrd.dollarlik 134 ta loyihalar amalga
oshirilmoqda va unda 12,3 mingta yangi ish o‘rinlari tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Kichik sanoat zonalari sonini 116 taga yetkazish va qo‘shimcha 1,2 trln.so‘mlik 248 ta loyihalar ishga
tushirilishi va 11,5 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan.
Shuni to‘la ishonch bilan aytish mumkinki, iqtisodiyotimizda, avvalambor, sanoat sohasida tub tarkibiy
o‘zgarishlar, ya'ni ishlab chiqarishni texnik va texnologik jihatdan uzluksiz yangilab borish, doimiy
ravishda ichki imkoniyat va zaxiralarni izlab topish, iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga
oshirish, sanoatni modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni izchil davom ettirish natijasida keyingi
yillarga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlarini so‘zsiz ta'minlash
imkoniyatiga egamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: