«O’zbekiston tarixi» fanining predmeti xalqimizning eng qadimgi zamonlardan to hozirgi
kunlargacha bosib o’tgan uzoq va murakkab tarixiy yo’lini, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy va
ma’naviy hayotini holisona o’rganishdan, tushuntirishdan iboratdir.
Tarixiy voqea va hodisalar kambag’allarni va yqqsillarni himoya qilgan tarzda, ularning
manfaatiga bo’ysundirilgan holda yoritildi.
4-savol : Yuksak intellektual salohiyatli, ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, komil insonni
voyaga yetkazishda mamlakat eng yangi tarixining tutgan o‘rni. (yoshlarga oid siyosat. Ta’lim
tizimidagi islohotlar. eng yangi tarix kontseptsiyasi)
Javob : Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi “Yoshlarga oid
davlat siyosati
samaradorligini oshirish va O’zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo’llab-quvvatlash
to’g’risida”gi PF-5106–sonli Farmoni mazmun-mohiyatini yoshlar o’rtasida keng targ’ib qilish
maqsadida filialning Ma’naviyat va ma’rifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo’limi, O’zbekiston
yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti, filial Murabbiylar Kengashi va filial psixologi hamkorlikda
2018 yilning 21 fevral sanasida filial iqtidorli talabalarining aqliy
salohiyati, intellektual darajasi
va mantiqiy fikrlash qobiliyatini o’rganish bo’yicha “Intellektual salohiyatli va barkamol yoshlar-
farovon kelajagimiz garovi!” mavzusidapsixologik seminar-trening tashkillashtirildi.
Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga, ularning ta’lim-tarbiyasi, intellektual salohiyati va
barkamol inson bo’lib yetishishlariga katta e’tibor beriladi. Intellektual boylik hukmronlik
qiluvchi XXI asrda yoshlarni aqliy salohiyatini o’stirish, yoshlar tomonidan ilgari surilgan
innovatsion g’oyalarni ma’naviy va moddiy tarafdan qo’llab-quvvatlash, yoshlarni barkamol
inson qilib voyaga yetkazish muhim vazifamiz sanaladi.
5-savol : O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning ma’naviy
yetuk shaxsni
tarbiyalashda tarixiy xotiraning o‘rni va saboqlari to‘g‘risidagi fikrlari. (Jamoatchilik kengashi,
yangi avlod ilmiy va o‘quv
adabiyotlarini yaratish, 2017-yil 30-iyun)
Javob : 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini
rivojlantirish borasidagi islohotlarda yoshlar faolligini oshirish bilan bog‘liq bir qator yangi va
muhim vazifalarni belgilab berganini alohida qayd etish joiz.
Yoshlarga oid davlat siyosatini izchil va samarali amalga oshirish, yoshlarni har tomonlama
qo‘llab-quvvatlash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini tubdan isloh etish
maqsadida hamda bu borada keng jamoatchilik, avvalo, yoshlar vakillarining taklif va
mulohazalarini e’tiborga olgan holda:
1. O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining 2017-yil 30-iyun kuni bo‘lib o‘tgan IV
qurultoyi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil etilgani ma’lumot uchun qabul
qilinsin.
2. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil topgan kun — 30-iyun sanasi mamlakatimizda “Yoshlar
kuni”, deb e’lon qilinsin.
2017-2018 o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “katta yetakchi” va
“to‘garak rahbari” shtat birliklarini tugatish hisobiga lavozim maoshi yuqori sinf o‘qituvchisiga
tenglashtirilgan “yoshlar yetakchisi” shtat birligini joriy etish;
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida “yoshlar yetakchisi” vazifasi yuklatilgan
xodimga o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasining direktor jamg‘armasi mablag‘lari
hisobidan oliy ma’lumotli o‘qituvchi bazaviy tarif stavkasining 50 foizi
miqdorida har oylik
ustama belgilash;
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi qoshida yoshlarning xohish va intilishlaridan kelib
chiqib, yoshlar uyushmalari hamda yoshlarga ijtimoiy-psixologik yordam ko‘rsatish markazlarini
tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi
akademiyasi qoshida Yoshlar
muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutini tashkil etish;
6-savol : XXI globallashuv asrida ta’lim sohasida “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanini
o‘qitishdagi nazariy-konseptual yondashuv. (
Nomoddiylik prinsipi, chiziqli rivojlanish prinsipi,
universal ulanish prinsipi, determinizm prinsipi)
Javob : Barchamizga ma’lumki, XXI asr – globallashuv davri, texnika asri deyiladi.. Bugungi kunda
fan va texnika jadal suratda rivojlanib bormoqda,
Respublikamiz Birinchi Prezidenti I.A.Karimov «Bilimdon va ma'naviy yetuk bo'lgan, zamonaviy
texnika va texnologiyalarni egallagan hamda boshqara oladigan malakali mutaxassislarni
tarbiyalab yetishtirish bunday islohotlarning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Chuqur islohotlarni
amalga oshirish, bozor iqtisodiyotiga o'tish, birinchi navbatda kadrlar potensialiga, ularning kasb
jihatidan tayyorgarligiga bog’lik, bo'ladi», deb ta'kidlagan edilar.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qabul qilgan «Ta'lim tug’risida»gi qonunda ta'limni yanada
takomillashtirish maqsadida Respublika hududida ta'limni umumiy o'rta ta'lim maktablari,
akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari orqali amalga oshirish maqsad qilib qo'yilgan bo'lsa,
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qonunida milliy tajribalarni tahlil qilgan holda qabul qilindi .
Ta’limda axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini qo’llaganda o’quvchi eshitish, ko’rish,
ko’rganlari asosida mustaqil fikrlash imkoniyatiga ega bo’ladi. Ta’lim jarayonida axborot
kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda darslarni interfaol usullarda
tashkillashtirish uchun ma’lum bir shart – sharoitlar mavjud.
Shunday ekan, axborot
kommunikatsion
Do'stlaringiz bilan baham: