77
Dofaminergik neyronlar tanalari o‘rta miyaning ventral bo`limlarida joylashgan. Qora
substansiyadagi neyronlar po‘stloq osti yadrolari – po‘choq, dumli yadro va ularga
yondosh yadrolarni nervlaydi. O‘rtaroqdagi neyronlar esa asosan limbik tizim
tuzilmalarini, bodomsimon tana, to‘siq va hid sezuvchi do‘mboqlarni, shuningdek bosh
miya po‘stlog‘ining bu tizimni boshqarib turuvchi sohalarini nervlaydi. Dofaminergik
aksonlarning ko‘p qismi noradrenergik neyronlar o‘simtalari bilan oldingi miyaning
medial tutamida o‘tadi. Dofaminergik neyronlar gipotalamusda ham topilgan. Ular
rilizing-omillarning ajralishini ta‘minlashda ishtirok etadi degan taxmin bor.
Umuman, miyadagi dofaminergik tuzilmalar ta‘siri noradrenergik ta‘sirning tarqalish
doirasidan torroq.
Serotoninergik neyronlarning somalari uzunchoq miyaning o‘rta choki sohasida
joylashgan. Ularning aksonlari ham medial tutam tarkibida bo`lib, oldingi va oraliq
miyaning deyarli hamma qismini nervlaydi.
Noradrenergik va serotoninergik tolalar miyacha va orqa miyani ham nervlaydi.
Monoaminergik tizimlarning uchtasi ham odam va hayvon xulq-atvori, istaklarining
yuzaga chiqishida muhimligi odam va hayvonlarda o‘tkazilgan o‘z-o‘zini ta‘sirlash
tajribalaridan ma‘lum. J.Olds ilk bor kalamushda o‘tkazgan bu tajriba shunday bo`lgan:
mikroelektrodlar stereotksis usul yordamida limbik tizim, gipotalamus va to‘rsimon
formatsiyaning aniq nuqtalariga o‘rnatilgan. Kalamush maxsus katakda bo`lib, tepkiga
panjasi bilan bosganda elektrodlarga tok o‘tib, o‘ziga yaqin neyronlarni qo‘zg‘atgan.
Turli neyronlarning qo‘zg‘alish natijasi ularning joylashishiga qarab har xil bo`lgan.
Ba‘zi tuzilmalarni, masalan, oldingi miyaning o‘rta tutamini rag‘batlantirish hayvonlarda
rohatlanish reaksiyasini paydo qilgan. Shu sohada elektrodlar bo`lgan kalamushlar
boshqa hamma narsadan voz kechib, faqat tepkiga bosish bilan ovora bo`lgan. Ular bir
soatda miyasiga 7000 gacha impuls yuborgan.
Miyaning boshqa sohasida, masalan, o‘rta va oraliq miyaning paraventrikulyar
sohalarida elektrodlar bo`lgan kalamushlar tepkini bir marta bosib ko‘rganidan keyin, bu
ishni qayta qilmagan. Demak, bu sohaning qo‘zg‘alishi hayvonga yoqmagan.
Rohatlanish, qanoatlanishni yuzaga chiqaradigan sohalarni musbat, aks natijaga olib
keladigan sohalarni manfiy effekt sohalari ham deyisgadi.
Neyroxirurgik operatsiyalsr vaqtida bemorlarda olib borilgan kuzatishlar hayvonlarda
olingan bu qonuniyatlarni odam miyasi faoliyatiga ham qo`llasa bo`ladi, degan xulosaga
olib keladi. Mahalliy og‘riqsizlantirish qo`llangani uchun bemor bilan muloqatda bo`lish,
miyasidagi qiziqtirgan sohaga elektrod qo‘yib, stimullash va bu vaqtda u nima sezganini
so‘rab olish mumkin. Hayvonlarda manfiy samara chaqiradigan soha bemorda
qo‘zg‘atilsa, u yoqimsiz – havotirlanish, qo‘rqish va shunga o‘xshash holatlarni his
qilgan. Musbat sohalarning elektr toki bilan ta‘sirlanishi esa mamnunlik, xotirjamlik,
quvonch hislarini tug‘dirgan.
Tekshirishlar natijasida musbat samara beradigan sohalarning deyarli hammasi
katexolarninergik neyronlardan iboratligi, manfiy samara beradigan sohalar esa
serotoninergik neyronlar ekanligi aniqlandi.
Bu ma‘lumotlar amaliy ahamiyatga ega. Havotirlanish, serjaxllikni serotonin
almashinuvini susaytiruvchi dorilar (seduksen, elenium) bilan yaxshi davolash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: