Hissiyotlar va motivatsiyalar fiziologiyasi



Download 21,64 Kb.
bet1/2
Sana01.07.2022
Hajmi21,64 Kb.
#724601
  1   2
Bog'liq
13 semenar (2)


Hissiyotlar va motivatsiyalar fiziologiyasi.
Reja:

  1. Hissiyot haqida tushuncha

  2. Miya turli tuzilmalarining hissiyotlar rivojlanishidagi ahamiyati

  3. Hissiy zo‘riqish


Tayanch sо‘zlar: hissiyotlar nazariyasi, hissiy zo‘riqish, diqqat, zo‘riqish
Biz hissiyotlar to‘g‘risida so’z yuritib, bir-birimizni yax­shi tushunishimiz mumkin. Masalan, dahshatli voqealar to‘grisida gapirilganda, qo‘rquvni yaxshi tasavvur qilamiz. Ammo, hozirgacha olimlar hissiyotlar nima, degan savolga aniq, sub’ektiv tushunchalarsiz javob bermaganlar.
Hissiyotlar tashqi yoki ichki ta’sirotlar natijasida shakllangan odam va hayvonlarning sub’ektiv holati bo‘lib, mamnunlik, hazillashish yoki qanoatlanmaslik, noroziliklarni his etishdan iborat bo‘ladi. Hissiyotlarning yuzaga chiqishi markaziy nerv tizimining ixtisoslashgan (emosogen) tuzilmalari faollashishiga bog‘liq. Bu tuzilmalardan ba’zilarining qo‘zg‘alishi ijobiy hissiyotlarni paydo qiladi va organizm ularni saqlab qolish, kuchaytirish va takrorlashga intiladi. Boshqa xil tuzilmalarning qo‘zg‘alishi manfiy hissiyotlarni rivojlantiradi, bularni organizm yo‘qotishga yoki salbiylashtirishga intiladi.
Hissiyotlar shaxsiy (individual) hayotiy tajriba orttirishning (o‘rganishning) asosidir. Hissiyotlar musbat yoki manfiy mustahkamlovchi vazifasini bajarib, biologik maqsadga muvofiq xatti-harakatlarning rivojlanishi, bio­logik jihatdan ahamiyatsiz reakdiyalarning yo‘qotilishini ta’minlovchi, uning moslashuvchanlik imkoniyatlarini kengaytiruvchi omil vazifasini bajaradi, ruhiy faoliyatga ta’sir qiluvchi asosiy mexanizmlardan biri hisoblanadi.
Odamning hissiyotlari, odatda, ijtimoiy asosga ega, ular ma’lum jamiyatning qonun-qoidalari, urf-odati, axloqiga bog‘liq bo‘ladi. Odamning oliy hissiyotlari ma’naviy, este­tik, zakovatli ehtiyojlar asosida shakllanadi.
Odamning qaysi bir ehtiyojini olmaylik, u qoniqmaslikdan kelib chiqadi. Odam o‘z maqsadiga erisha olmasa, ehtiyojini qondira olmasa, qaysi yo‘l bilan bo‘lmasin oldida turgan qiyinchiliklarni yengishga harakat qiladi. Maqsadga erisha olmaslik ko‘ngil to‘lmasligi kabi manfiy hissiyotlarni paydo qiladi, ular organizmning qondirilmagan ehtiyojlarini qondirishga harakat qilishga undaydi.
Ehtiyojni qondirish qarama-qarshi holatga olib keladi, ijobiy hissiyot yuzaga chiqadi. U sub’ektiv mamnunlik, lazzatlanish, xursandchilikdan iborat bo‘ladi. Odamning o‘z ehtiyojlarini takroran qondirishga, ijobiy hissiyotlarni boshdan kechirishga intilish tug’diradi.
O‘tgan asrning oxirlarida hissiyotlar yuzaga chiqishini tushuntirish uchun taklif qilingan birinchi nazariya periferik nazariya, deb ataladi. Bu nazariyaga ko‘ra ichki a’zolar va muskullar faoliyatining o‘zgarishi hissiyotlarning yuzaga chiqishiga sabab bo‘ladi. Periferik nazariyaga rioya qilgan holda, tub hissiyotlar kelib chiqishini tushuntirish mumkin, ammo bu nazariya yuqori ijtimoiy darajadagi hissiyotlar yuzaga chiqishini tushuntira olmaydi.
XX asrning yigirmanchi yillarida markaziy yoki talamik nazariya taklif qilindi. Bu nazariya hissiyotlarning yuzaga chiqishini periferiyadan keladigan afferent impulslar ta’sirida o‘zgaradigan talamus faoliyatiga bog‘laydi. Talamusda rivojlangan qo‘zgalish ikki yo‘l bo‘ylab tarqaladi. Birinchi yo‘l bo‘ylab u miya po‘stlog‘iga yetadi va sub’ektiv tuyg‘ular – qo‘rqish, g‘azablanish, quvonishni yuzaga chiqaradi. Ikkinchi yo‘l bilan qo‘zg‘alish gipotalamusga yetib ke­ladi va hissiyotlarning ob’ektiv qismi bo‘lgan vegetativ o‘zgarishlarni yuzaga keltiradi: yurak urishi tezlashadi, tomirlar kengayadi yoki torayadi, nafas olish o‘zgaradi va hokazo.
Hozir keng tarqalgan Peyps nazariyasini talamik nazariyaning rivoji desa bo‘ladi. Peyps fikricha, hissiyotlarning shakllanishida miyaning limbik tuzilmalari asosiy rol o‘ynaydi. Gippokampda paydo bo‘lgan hissiyot qo‘zg‘alishi mamillyar tanalarga tarqaladi, keyin talamus orqali belbog‘ pushtaga o‘tadi va undan miya po‘stlog‘iga yetib keladi. His-hayajon qo’zg‘alishi bu tuzilmalar o‘rtasida (Peyps halqasida) uzoq vaqt aylanib yurishi mumkin. Ba’zi hissiyotlarning turg‘unligi ana shu halqada qo‘zg‘alishning uzoq vaqt uzluksiz harakatda bo‘lishi bilan tushuntiriladi.
Miya turli tuzilmalarining hissiyotlar rivojlanishidagi ahamiyati
Hissiyotlarning yuzaga chiqishi gomeostazni ta’minlovchi va fiziologik ritmlarni boshqaruvchi tuzilmalarga bog‘liq. Buning ajablanadigan joyi yo‘q, chunki och yirtqich hayvon ovqatga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun (gomeostazni saqlash) o‘zidan kichikroq hayvonga hujum qiladi va o‘zidan kuchliroq hayvonning tajovuzidan qo‘rqib, vahimaga tushadi (hissiyotlar).
Hissiyotlarga dahlli miya tuzilmalaridan eng muhimi limbik tizimdir. Bu tizimga talamusning oldingi yadrolari va sal pastroqda joylashgan gipotalamus kiradi. Hissiyotlar qo‘zg‘atuvchi vegetativ reaksiyalarni gipotalamusning ma’lum qismlari yuzaga chiqaradi. O‘rta miyaning yon qismida chuqur joylashgan bodomsimon yadro, u bilan yonma-yon turgan gip­pokamp ham limbik tizim tarkibiga kiradi. Gippokamp va limbik tizimning boshqa tuzilmalarini belbog‘ pushta o‘rab olgan. Deyarli barcha analizatorlardan miya po‘stlog‘iga ke luvchi afferent impulslar limbik tizimning qaysidir tuzilmasidan o‘tadi. Po‘stloqdan chetga yo‘l olgan impulslar ham o‘z navbatida bu tuzilmalardan o‘tadi.
Bodomsimon yadroni elektr toki bilan bevosita ta’sirlash qo‘rqish, g‘azablanish, tajovuz hissiyotlarini yuzaga chiqaradi. Bu yadroni gippokamp bilan qo‘shib olib tashlash tajovuzkor maymunlarni yuvvosh va ishonuvchan qilib qo‘yadi.
Hissiyotlar rivojlanishi ko‘p jihatdan to‘rsimon tuzilmaga ham, po‘stloq osti yadrolariga (qora substansiya) ham bog‘liq.
Katta yarim sharlar po‘stlog‘ining talamus bilan bevosita bog‘langan peshona sohalari hissiyotlar uchun katta ahamiyatga ega. Buning isboti sifatida fiziologiya va psixologiya darsliklarida ko‘p marta keltirilgan misolni eslatamiz. 1848 yil 13 sentabr kuni yuz bergan baxtsiz hodisa natijasida Geydja ismli kishining boshidan uzunligi 1 m, vazni 5 kg temir nayza teshib o‘tib, chap yarim sharning peshona bo‘lagini kesib ketadi. U tirik qoladi, ammo fe’l-atvori butunlay o‘zgaradi. Yoqimtoy, xushchaqchaq, ishchan bo’lgan Gey­dja, tuzalganidan keyin qo‘pol, baqiroq, jonsarak shaxsga aylanadi.
Birinchi jahon urushida miyasining peshona sohasidan yarador bo‘lganlarda o’tkazilgan kuzatishlar ham bu sohalarning hissiyotlar shakllanishida muhim ahamiyati borligini ko‘rsatdi.

Download 21,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish