296
Haqiqatan ham, somatik faoliyatlarni boshqarishda bunday mustaqillikni kuzatish
mumkin. Masalan, chap yarim shaming motor sohasi shikastlansa, tananing shu yarim
shar nazoratida bo`lgan o
‘
ng tomonida xa/akatlar buziladi va aksincha, o
‘
ng yarim
shaming shikastlanishi chap tomonda harakatlar buzilishiga olib keladi.
Ammo, ikkinchi signal tizimi bilan bog‘liq faoliyatlarni olsak, ularning yuzaga
chiqishida ikkala yarim shaming ishtiroki teng emas. Bosh Miyaning funksional
asimmetriyaga ega ekanini yarim sharlari qadoq tanasi malum sabablarga ko
‘
ra kesib,
ajratilgan odamlarda aniqlash mumkin.
Tutqanoq xurujini paydo bo`lishi miya po'stlog‘ining bir sohasida rivojlangan
qo‘zg
‘
alishning boshqa sohalarga yoyilishiga bog`liq.Bu qo
‘
zg
!
alish qadoq tana orqali bir
yarimshardan ikkinchi yarimisharga ham tarqaladi va xurujning zo'rayishiga olib keladi.
Xurujlari tez-tez va kuchli takrorlanadigan bemorlarda yarimsharlarni ajratish uchun
qadoq tana tilinadi. Miyani tilingan bemorlarni bir qaraganda boshqalardan ajratish
qiyinbo`ladi Ularni aql-idroki, xatti-harakatlari deyarli o‘zgamiaydi. Ammo, maxsus
murakkab tekshirishlar bunday operatsiya insonning ongiga, fikr yuritishiga chuqur ta‘sir
qilishini ko
‘
rsatadi. Bunday bemorlarda ikkala yarimsharlar faoliyatini alohida o
‘
rganish
imkoniyati tug Uadi.
Tilingan miya faoliyatini o'rganish chap yarimshaming asosan nutqqa javobgarligini,
o
‘
ng yarimshar
esa ко
‘
rish va fazoni idrok qilishga bog‘liq bo`lgan ko‗nikmalarni
boshqarib turishini ko‗rsatadi. Bundan tashqari, yarimsharlarning axborotni qayta ishlash
usulida farq borligi aniqlandi. Chap yarimshar axborotlarni parchalab, izchillik bilan
qayta ishlasa, o'ng yarimshar uni bir vaqtning o‗zida yaxlit holda qabul qiladi.
Nutqning qaysi yarimshar bilan aloqadorligini aniqlashning maxsus usuli bor.
Operasiya stolida yotgan odamshning uyqu arteriyalaridan biriga naycha kiritiladi.
Narkotik modda (masalan, amital natriy) eritmasi tayyorlanadi. Bemordan ikkala qoiini
ko'tarib yuzdan boshlab orqaga sanash taklif qilinadi. Eritma uyqu arteriyasiga
yuborilgandan keyin o
‘
sha tomondagi yarimsharda narkotik holat paydo bo
fi
ladi. Bundan
qarama-qarshi tomondagi qolning tushib ketish va harakatsizlanishi dalolat beradi.
Bemor sanashdan ham to'xtaydi. Agar nutqni nazorat qiluvchi yarimsharlar karaxtlangan
bo`lsa, odam bir necha daqiqagacha gapirmaydi. Karaxtlangan yarimshar nutqni bevosita
nazoratqilmasa, bemor faqat bir necha lahza sanashdan to‗xtaydi, keyin sanashda davom
etaveradi.
Shu usul va boshqa psixologik testlar yordamida o'naqay odamlarning 95% ida nutqni
chap yarimshar boshqarishi, qolgan 5% hodisada bu vazifani o
‘
ng yarimshar bajarishi
aniqlangan. Chapaqay odamlarning ko‗pchiligida ham (70% da) nutqni chap yarimshar
nazorat qiladi. Qolgan 30% ning yarmida nutqni o
‘
ng. yarimshaming bir o‗zi, ikkinchi
yannida ham chap, ham o‘ng yarimshar boshqarishi malum boldi. Demak, odamlarning
aksariyatida nutqdan foydalanish qobiiiyati chap yarimsharga bog‘liq. Miyaning o
‘
ng
yarimshari nutqni shakllantirish qobiliyatiga ega emas, ammo u nutqni tushunish
imkoniyatiga ega.
Oxirgi 10 yilda yarimsharlarni sinchiklab o'rganish natijasida ularning anatomik
tuzilishida ham assimetriya borligi aniqlandi. Tekshirilgan miyalarning 65% ida
po'stloqning chakka soxasidagi Verniks sohasi bilan tutashgan qismi chap yarimsharda
kattaroq bo
‘
lib chiqdi, 0‗ng yarimsharda peshona va ensa bolaklar chap yarimshardan
kengroq. Bu anatomik assimetriyalar, chamasi yarimsharlar faoliyatidagi tafovutlarning
tuzilma asosi bo`lsa kerak. Bosh miya yarimsharining ixtisoslanish darajasi erkaklarda
ayollarga nisbatan yuqori bo'ladi. Shuning uchun chap yarimshaming shikastlanishi
297
erkaklarda nutq va ikkinchi signal tizimiga aloqador bo`lgan faoliyatlarda jiddiyroq
o'zgarishlar keltirib chiqaradi.
1866 yilda farangistonlik shifokor Pol Broka chap- yarimsharlarning peshona bolagi
shikastlangan bemomi kuzatgan. Bu kasal gapirish qobiliyatini yo
‘
qotgan, ammo hamma
singari yozgan va o‗qigan, gaplarni tushungan. Chap yarimshaming peshona bolagida
po'stloqning harakat sohasiga yaqin qismi Broka sohasi (zonasi) nomini olgan. Broka
sohasi yuz, til, jag
‘
, halqum muskullari faoliyatini boshqaradi. Bu sohasi shikastlangan
odam yaxshi gapira olmaydi, ammo tildan foydalanish qobiliyatini yo'qotmaydi.
Nutqning bu tarzda buzilishi Broka afaziyasi deyiladi.Afaziyaning boshqa turi ham bor.
Unda kasal biyron gapiradi, gapida ma‘no bo`lmaydi, ammo gapining bema‘niligini o‘zi
tushunmaydi. Verniks afaziyasi, deb atalgan bu holat chakka bolagining yuqorigi orqa
qismi — Vemike sohasi shikastlanganda kuzatiiadi.
Gapni tushunish va to‗gri so
‘
zlash uchun Broka va Vemike sohalari hamda ularni
boglovchi yo`llar bekamu ko'st bo`lishi shart. Ikki nutq sohasi o
‘
rtasidagi aloqalarning
uzilishi ham afaziyaga olib keladi: kasal eshitgan va o
‘
qiganining ma‘nosini tushunishga
qiynaladi, bir nechta so‗zdan keyin gapni to‗g‘ri takrorlay olmaydi.
Po
‘
stloqning tepa sohasi shikastlanganda afaziyaning maxsus turi — amneziya
rivojlanadi. Bunda
bemor ayrim so
‘
zlarni esdan chiqaradi. Amneziyaga
uchragan odam
nima demoqchi ekanini biladi, ammo kerakli so'zlarni topib gapira olmaydi. Ayni vaqtda
akalkuliya sanashning buzilishi ham kuzatiiadi.
Miyaning ensa
sohas shikastlanganda ko
‘
z bilan ko'rib tanish jarayoni buziladi.
Bu holat ko‗rish agnoziyasi deyiladi. Odam narsalarni ko‗radi, ularga qoqilmasdan,
atrofidan aylanib oladi, ammo uning nimaligini bilmaydi.
Eshitish agnoziyasi
‗
chakka sohalarning shikastlanishiga bog‘liq. Bemor tovushni
eshitadi, ammo tovushni nima paydo qilganini aniqlay olmaydi. Qo
‘
ng‘iroqni ko
‘
rib
taniydi, am mo eshitib, tanimaydi.
Miyasining tepa sohasi shikastlanib, taktil agnoziyaga uchragan odam biror narsa
tekkanini sezsa ham o
‘
sha narsani paypaslab, tanib bilolmaydi.
Ikkinchi signal tizimi faoliyatlari po'stloqning ma‘lum ' sohalari shikastlanishida
yuzaga chiqishini ko
‘
rdik. Qaysi murakkab faohyatni (so
‘
zlash, yozish, o
‘
qish, sanash)
olmaylik, unga bir-biridan ancha uzoq bo`lgan sohalarning shikastlanishi ta‘sir qiladi.
Boshqa tomondan, bir sohaning shikastlanishi bir naycha faoliyatning buzilishiga olib
keladi. Shuning uchun ham psixik faoliyat bir butun miyaiiing vazifasi desak to
‘
g‘ri
bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: