33
tashqi va ichki muhit o‘zgarishlariga doimo bir butunligicha javob beradi. A‘zolar
va to‘qimalarni birlashtirishda, shuningdek bir butun organizmning muhit
o‘zgarishlariga moslashishida markaziy nerv tizimining ahamiyati juda katta.
Benihoya murakkab bo`lgan odam organizmidagi tizimlar ko‘p pog‘onali. Odatda
yuqori pog‘onadagi tizimlarga pastki pog‘onadigilari bo‘ysunadi va birinchilar
tomonidan boshqarilib turiladi. Markaziy nerv tizimini boshqaruvchi tizimlarning
eng yuqori pogonasi, desa bo`ladi.
Tizimlarni tashkil qiluvchi a‘zolar, turli tisimlar o‘rtasida uzluksiz axborot
almashinuvi ro‘y berib turadi.
11-расм. Орқа миянинг соматик ва висцерал рефлекс ёйлари... - . 1—рецептор, 2—афферент нейрон,
3—орқа мия, 4—эфферент нейронлар, 5—ишчи
аъзолар, 6—спинал тугун,
1—симпатик тугўн..
Nerv tizimining axborot almashinuvidagi o‘rnini boshqa tizimlar, masalan, gumoral
boshqaruv tizimi bosa olmaydi. Nerv tizimi o‘tkazadigan
axborot turli impulslar shaklida bo`lib, bu impulslar
bir-biridan chastotasi, guruhlarga
birlashishi, guruhlarni tashkil qilgan impulslar soni va ular o‘rtasidagi masofa bilan
farqlanadi va hokazo.
Mana shu impulslar yordamida boshqarish jarayoni yuzaga chiqadi, a‘zo va
tisimlar o‘zaro ta‘sirlanadi, xatti-xarakatlar shakllanadi, organism o‘zgaruvchan
sharoitlarga moslashadi.
Nerv tisimining asosiy faoliyat mexanizmi - refleks. Refleks so‘zi lotincha
bo`lib, qaytaraman degan ma‘noni bildiradi. Refleks tushunchasi to‘g‘risida birinchi
bo`lib so‘z yuritgan farangistonlik faylasuf Rene Dekartning fikricha, oyna o‘zida
tushgan nurni qaytarganifek, miya organizmni ta‘sirlagan narsalarni qaytarib, ularga
javob shakllaydi. Xozirgi vaqtda organizmning markaziy nerv tizimi ishtrokida ro‘y
beradigan har qanday reaksiyani refleks deyiladi.
Refleks yuzaga chiqishi uchun uning morfologik asosi - reflektor yoy mavjud
bo`lishi shart. Reflektor yoy besh qismdan iborat. 1) retseptor - tashqi yoki ichki
muhitning muayyan ta‘surotlarini qabul qilishga ihtisoslashgan tuzilma; 2)
retseptorda hosil bo`luvchi impulslarni nerv markaziga yetkazuvchi afferent
(sezuvchi) neyron ; 3) odatda orqa yoki bosh miyada joylashgan nerv markasi ; 4)
o‘z aksoni yordamida impulsni markazdan ischi a‘zoga yetkazuvchi efferent (
harakatlantiruvchi) neyron; 5) tegishli faoliyatni bajaruvchi ishci a‘zo (effektor) -
muskul yoki bez. Chin refleks vujudga kelishi uchun qo‘zg‘alish reflektor yoyning
hamma yeridan o‘tishi kerak.
35
nerv tizimi tugunlar va nervlardan iborat. Bosh miya, orqa miya va tugunlar ikki xil
hujayralardan – nerv va gliya hujayralaridan tuzilgan. Markaziy nerv tizimining juda
murakkab faoliyatlari asosiy nerv hujayralari – neyronlar bilan bog‘liq.
Markaziy nerv tizimining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Nerv tizimi organizmdagi hujayra, to‘qima, a‘zo va tizimlar faoliyatini
uyg‘unlashtirib hamda
birlashtirib, integrativ faoliyatni boshqaradi.
2. Nerv tizimi organizmni tashqi muhit bilan aloqasini va muhit bilan bog‘lanishini,
shuningdek muhit o‘zgarishlariga moslashishini ta‘minlaydi.
3. Nerv tizimi organizmning maqsadga erishishga qaratilgan xulq-atvorini shakllaydi.
4. Nerv tizimi trofik faoliyatga ega. Bu faoliyat o‘sish, yetilish va modda almashinuvini
boshqarishdan iborat.
Yuqorida aytib o‘tilgan faoliyatlarning yuzaga chiqishi nerv boshqarilishi
deyiladi. Nerv to‘qimasining quyidagi xususiyatlari bor. Bular: nerv to‘qimasining
yuqori qo‘zg‘aluvchanligiga bog;liq bo`lgan kuchsiz ta‘sirotlarni qabul qila olish
qobiliyati; nerv tizimida sodir bo`ladigan reaksiyalarning juda tezligi; nerv
ta‘sirotlarining aniq yo‘nalishi.
MNT tuzilishi va faoliyati to‘g‘risidagi zamonaviy tasavvurlar neyron nazariyasiga
asoslangan. Bu nazariyaga ko‘ra, bosh va orqa miya alohida-alohida neyronlarning
funksional birligidir. Neyronlarning tuzilma unsurlari (neyrofibrillar va gialoplazma) bir
hujayradan ikkinchi hujayraga o‘tmaydi. Tuzilishi chegaralangan neyronlar bir-biri bilrn
sinnapslar yordamida bog‘langan. Sinapslar neyronlarni reflektor tamoyil asosida faollik
ko‘rsatadigan guruhlarga birlashtirib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: