32
Silliq muskul hujayralarining qisqarishi ham aktin iplarining miozin iplarga nisbatan
sirg‘anishiga bog‘liq. Ammo bu sirg‘anishning va ATF parchalanishining tezligi targ‘il
muskuldagiga qaraganda 100-1000 barobar kam. Shu tufayli, silliq muskullar
charchamasdan uzoq va turg‘un qisqarishga moslashgan. Teng ko‘ndalang kesimfa ega
silliq va ko‘ndalang targ‘il muskullar hosil qiladigan tortish tarangligi teng miqdorda
bo`ladi va ular bir xil yukni ko‘tara oladi. Ammo, silliq muskul shu sharoitda targ‘il
muskulga nisbatan 100-5—marta kam kislorod sarflaydi.
Yakka ta‘sirga silliq muskul ham yakka qisqarish bilan javob beradi. Ammo,
qo‘zg‘aluvchanligi past bo`lganidan silliq myskulni qo‘zg‘atib, qisqartirish qobiliyatiga
ega bo`lgan bo‘sag‘a kuch ko‘ndalang targ‘il muskulga nisbatan ancha katta bo`lishi
kerak. Yakka qisqarishning latent davri ham silliq muskullarda davomliroq. Quyon
me‘dasining silliq muskuli impuls berilgandan so‘ng 0,25-1 s o‘tgach, qisqara boshlaydi
va bu qisqarish 5-6 s davom etadi. Baqa me‘dasining yakka qisqarishi 1 daqiqa va
byndan ko‘p davom etadi.
Silliq muskullar sekin qisqarganidan, chastotasi juda kam bo`lgan ritmik impulslar
ham ularni tetanussimon, uzoq davom etuvchi turg‘un qisqarishni yuzaga keltiradi.
Bunday qisqarish juda kam energiya sarfiga muhtoj.
Silliq muskullarni ko‘ndalang targ‘il muskullardan ajratib turuvchi o‘ziga xos
xususiyatlardan biri ularning plastikligidir. Ya‘ni, silliq muskullar ma‘lum chegarada
cho‘zilsa ham, tarangligini o‘zgartirmaydi. O‘t pufagi va qovuq faoliyatlari uchun
plastiklikning ahamiyati katta. O‘t-safro va siydik jigar hamda buyraklarda uzluksiz
ishlab chiqarilib, aytilgan kavak a‘zolarda yig‘iladi. Suyuqliklar hajmining oshishi silliq
muskullarnui cho‘zadi, ammo ularning tarangligi o‘zgarmagani tufayli pufaklarda bosim
ko‘tarilmaydi. Bu kavak a‘zolarning bo;shashini ta‘minlovchi reflekslar ma‘lum
vaqtgacha so‘nib turadi. Suyuqliklarning, masalan, siydikning miqdori ko‘payib ketsa,
qovuq devoridagi muskullar tarangligi oshadi, bosim ko‘tariladi, retseptorlar
qo‘zg‘aladi,m odam siygisi qistaganini sezadi.
Silliq muskullarning kuchli va tez cho‘zilishi ularning qisqarishiga sabab bo;ladi.
Silliq muskullarning bu fiziologik xususiyati ingichka va yo‘g‘on ichak, siydik yo`llari
va boshqa kavak a‘zolarning me‘yoriy faoliyati uchun katta ahamiyatga ega.
Ko‘rsatilgan a‘zolarning toiib ketishi muskullarni cho‘zadi, ular faol qisqarib, yig‘ilib
qolgan suyuqliklarni harakatlantiradi.
Silliq muskullar ba‘zi bir kimyoviy moddalar, chunonchi: atsetilxolin, adrenalin,
noradrenalin, gistamin, serotonnin, bradikinin va prostaglandinlarga juda sezgir.
Atsetilxolin aksariyat a‘zolardagi silliq muskullarni qo‘zg‘atib, qisqartiradi, ammo qoon
tomirlar silliq muskullarini tormozlaydi. Adrenalin bachadon myskulini umuman
bo‘shashtiradi, ammo homilali bachadonni qisqartiradi. Demak, gumoral ta‘sirotlarning
natijasi silliq muskul turlari va ularning fiziologik holatiga bog‘liq.
Silliq muskullarni nervlovchi simpatik va parasimpatik tolalar ta‘siri odatda qarama-
qarshi bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: