Qiyomat alomatlari.
Muhammad Salamat Jabar
www.ziyouz.com kutubxonasi
3
BIRINCHI BOB
Birinchi fasl
Qiyomat yaqin qoldi
ö≅yγsù
tβρãÝàΖtƒ
ωÎ)
sπtã$¡¡9$#
βr&
ΝåκuÏ?ù's?
ZπtGøót/
(
ô‰s)sù
u™!%y`
$yγèÛ#uõ°r&
4
4’¯Τr'sù
öΝçλm;
#sŒÎ)
öΝåκøEu™!%y`
öΝßγ1tø.ÏŒ
∩⊇∇∪
«Ular (Makka kofirlari o‘tmishdagi o‘z payg‘ambarlarini yolg‘onchi
qilgan qavmlar
duchor bo‘lgan halokatlardan eslatma-ibrat olmadilar), endi faqat to‘satdan (Qiyomat)
soati kelib qolishinigina kutmoqdalar. Darvoqe, uning alomatlari keldi. Bas,
ularga (Qiyomat soati)
kelgan vaqtida ularning eslatma-ibrat olishlari (uchun)
qanday (imkon)
bo‘lur?!»
*
(Muhammad, 18-oyat)
Insonlarga hayot muhlatining tugayotgani, Qiyomat kuni tobora yaqinlashayotgani
haqida xabar beruvchi oyat-alomatlarning ayon qilinishi ham Alloh rahmatidir.
Ushbu
oyat-alomatlardan ibrat olib, insonlar shoyad o‘zlarini o‘nglab olsalar. Gunohlardan
tavba-tazarru etib, Parvardigorlari toat-ibodatiga astoydil kirishsalar.
Qiyomatning yaqinligi haqidagi eng birinchi alomat Muhammad alayhissalomning
yuborilishlari edi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Men payg‘ambar etib
yuborilganimda Qiyomat mana shunday edi», deya o‘rta va ko‘rsatkich barmoqlariga
ishora qildilar.
Xolid ibn Umayrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)
bizga xutba o‘qidilar. Alloh taologa hamdu sano aytib so‘z boshladilar: «Dunyo uzilishini
e’lon qildi. Kovushini orqaga burdi. Undan (dunyodan) faqatgina bir tomchi qoldi. Bu
xuddi sohibi oxirgi tomchisini ichayotgan idish (tubi)dagi (so‘nggi) tomchi kabidir»
(Ahmad va Ibn Jarirlar rivoyati. Sanadi sahih).
Ya’ni, dunyo oxir bo‘lmoqda. U uzilishini e’lon qildi, ortiga burildi. Idish tubida qolgan,
arzimas tomchichalik qoldig‘i – muddati bor, xolos.
Dunyoning oxirlab, Qiyomatning yaqin qolgani shunday ifodalangan. Mazkur hadis
aytilganiga ham o‘n to‘rt asr bo‘ldi. Bu muddat ichida Qiyomatning shartlari birin-ketin
voqelikda ko‘rindi. Ularning eng oxirgi ro‘y berganiga biz ham guvoh bo‘ldik,
yalangoyoq, yalang‘och bo‘lgan kishilar uy qurishda bir-birlari bilan musobaqaga
kirishdilar.
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) davrlarida ko‘ringan Qiyomat alomatlaridan biri
oyning bo‘linishi edi. Bu voqea Payg‘ambarimiz hali Makkada turganlarida yuz bergan.
ÏMt/utIø%$#
èπtã$¡¡9$#
¨,t±Σ$#uρ
ãyϑs)ø9$#
∩⊇∪
βÎ)uρ
(#÷ρttƒ
Zπtƒ#u™
(#θàÊÌ÷èãƒ
(#θä9θà)tƒuρ
ÖósÅ™
@ÏϑtGó¡•Β
∩⊄∪
*
Oyati karimalar tarjimasi Alouddin Mansurniki.
Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Do'stlaringiz bilan baham: