Microsoft Word qiyomat alomatlari ziyouz com doc



Download 430,02 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/86
Sana07.08.2021
Hajmi430,02 Kb.
#140779
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   86
Bog'liq
Muhammad Salamat Jabar. Qiyomat alomatlari

www.ziyouz.com kutubxonasi 

6

10. Huzayfa ibn Yamondan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi 



vasallam) dedilar: «Dunyoda eng saodatli kimsa Luka’ ibn Luka’ bo‘lib qolmagunicha 

Qiyomat qoyim bo‘lmaydi» (Termiziy rivoyati, hasan). 

Luka’ ibn Luka’ – past, yaramas qul yoki nodon kimsa. 

 

11. Anas ibn Molik (r.a.) vafoti yaqinlashganida aytdi: «Sizlarga Rasulullohdan 



(sollallohu alayhi vasallam) bir hadis aytib beraymi?! Mendan keyin hech kim uni sizga 

aytmaydi! Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) quyidagi so‘zlarini eshitganman: 

– Ilmning ko‘tarilishi, jaholatning zohir bo‘lishi, xamrning ichilishi, zinoning yoyilishi 

va erkaklarning kamayib, ayollarning ko‘payib ketishi Qiyomat qoyim shartlaridandir. 

Hatto ellik ayolga bitta qarovchi-erkak bo‘ladi». 

 

12. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) 



dedilar: «Hijoz yeridan olov chiqmagunicha Qiyomat qoyim bo‘lmaydi. (Hijozdan chiqqan 

bu olov) Busradagi tuyalarning bo‘ynini yoritadi» (Muttafaqun alayh). 

 

Ibn Hajar aytadi: «Qurtubiy o‘zining «Tazkira»sida shunday deydi: «Hijoz olovi 



Madinadan chiqdi. U tungi ulkan zilzila bilan boshlandi. Bu 654 hijriy sana, jumodul 

oxirning uchinchi (seshanba) kunida boshlanib, juma kuni peshinga yaqin tugadi». 

 

Navaviy aytadi: «Barcha Shom ahli bu olovning chiqqanini juda yaxshi biladi» 



(«Fathul Boriy»dan). 

 

13. Avf ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) 



huzurlariga bordim. Payg‘ambarimiz dedilar: «Qiyomat oldidan olti narsani sana: mening 

vafotim, so‘ng Baytul Maqdis fathi, so‘ng xuddi chorva o‘lati kabi orangizda tarqaladigan 

o‘lat, so‘ng mol-dunyoning to‘lib-toshishi, so‘ng bironta arab xonadonini qoldirmay 

kiradigan fitna, so‘ng sizlar bilan Bani Asfar o‘rtasidagi tinchlik. Ular aldaydilar. 

Sizlarning ustingizga saksonta tug‘ bilan (bostirib) kelishadi. Har bir tug‘ tagida o‘n ikki 

ming (jangchi) bo‘ladi» (Buxoriy rivoyati). 

 

«Chorva o‘lati kabi orangizda tarqaladigan o‘lat». Ya’ni, orangizda bir kasallik 



tarqaladi va shu sababli o‘lim ko‘payadi. Bu Umar (r.a.) davrida Shomda tarqalgan vabo 

deb taxmin qilinadi. Mana shu vaboda Abu Ubayda va boshqa ko‘plab musulmonlar 

o‘lgan. 

 

Endi Bani Asfarning xiyonatiga kelsak, ular saksonta bayroqning har biri ostiga o‘n 



ikki ming jangchini to‘plab bostirib keladi. Ya’ni, qariyb bir million askar bilan hujumga 

o‘tadi. 


 

14. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: 

«Dajjol (kelishi) oldidan bir necha yillar aldov-makrlar bo‘ladi. Bu yillarda rostgo‘y 

yolg‘onchiga chiqarilib, yolg‘onchi rostgo‘y sanaladi. Omonatdor xiyonatchiga, xiyonatkor 

esa omonatdorga chiqariladi. Mana shu muddatda Ruvaybaza gapga tushadi» (Ahmad, 

Abu Ya’lo va Bazzozlar rivoyat qilgan. Sanadi juda yaxshi). 

 

Xuddi shu mazmundagi boshqa bir hadisni Ibn Moja Abu Hurayradan rivoyat qilgan. 

Unda quyidagi qo‘shimcha ham bor: 

«– Yo Rasululloh, ruvaybaza nima degani o‘zi? – deyishdi sahobalar. 




Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar 

 

 




Download 430,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish