www.ziyouz.com kutubxonasi
5
2. Imom Ahmad Buraydadan rivoyat qiladi: «Men yuborildim. Qiyomat mendan o‘zay-
o‘zay deb qoldi».
3. Mustavrid ibn Shaddoddan rivoyat qilinadi: «Men Qiyomat nafasida yuborildim.
Undan xuddi mana bunisi unisidan o‘zganidek o‘zdim». Rasululloh (sollallohu alayhi
vasallam) ko‘rsatkich va o‘rta barmoqlariga ishora qildilar.
«Qiyomat nafasida» – ya’ni, nafas olishida. Bu ham yaqinlikni bildiruvchi belgi, ya’ni,
inson boshqa bir kishining nafasini eshitish uchun juda yaqin turishi kerak.
4. Buxoriy va Muslim Ibn Umardan rivoyat qilishadi: Rasululloh (sollallohu alayhi
vasallam) dedilar: «Sizlarning muhlat-ajallaringiz ilgarigilar ajali oldida asr namozidan
quyosh botgunichalik (muddat), xolos».
5. Ibn Umardan rivoyat qilinadi: «Biz Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) oldlarida
edik. Asrdan keyin edi. Quyosh Qu’ayqion tog‘i (Makkadagi tog‘) ustida edi. Nabiy
alayhissalom dedilar: «O‘tgan kishilar umri oldida sizlarning umrlaringiz xuddi mana shu
kunning o‘tgan qismi oldidagi qolgan qismi kabidir» (Ahmad rivoyati. Sanadi sahih).
Hadisda asrdan keyingi quyosh botishiga yaqin qolganidek, Qiyomat qoyimga ham
yaqin qolgani aytilmoqda.
6. Huzayfa ibn Yamondan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi
vasallam) dedilar: «Jonim qo‘lida bo‘lgan, Zotga qasamki, imomlaringizni o‘ldirib, (bir-
biringizga) qilich solmagunlaringizgacha va dunyolaringizni yomonlaringiz meros qilib
olmagunicha, Qiyomat qoyim bo‘lmaydi».
Bu fitna bo‘lib o‘tgan. Usmon ibn Affon o‘ldirildi. So‘ng fitna avj oldi. Allohning o‘zi
asrasin!
7. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)
dedilar: «Musulmonlarning ikki guruhi bir-birlari bilan urushmagunicha Qiyomat
bo‘lmaydi. Ular o‘rtasida ulkan jang bo‘lib o‘tadi. Har ikkisining da’vosi bitta bo‘ladi»
(Muttafaqun alayh).
Bu ish Siffin jangida ko‘rindi.
8. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)
dedilar:
– Harj ko‘paymagunicha Qiyomat qoyim bo‘lmaydi.
– Yo Rasululloh. Harj nima o‘zi? – deb so‘rashdi sahobalar.
Qatl, qatl, – deb javob berdilar Nabiy alayhissalom» (Muslim rivoyati).
9. Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)
dedilar: «Qiyomat oldidan qop-qorong‘u tun bo‘laklaridek fitnalar bo‘ladi. Kishi mo‘min
holda tong ottirib, kofir holda kech kirgizadi. Mo‘minligida kech kirgizgan kishi kofir bo‘lib
tong ottiradi. Qavmlar o‘z dinlarini dunyoning bir arazi – o‘tkinchi narsasi uchun
sotadilar» (Termiziy rivoyati. Hasan sahih).
Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Do'stlaringiz bilan baham: |