Ikkinchi fasl
Qiyomatning yaqin qolgani haqida xabar beruvchi zikrlar
Bu faslda Qiyomatning yaqinligi va uning kichik shartlari bayon qilingan sahih hadislar
keltiriladi. Tushunish qiyin bo‘lgan ayrim so‘zlar ustidagina bir oz to‘xtab o‘tiladi. Alloh
madadkordir!
1. Buxoriy va Muslim Sahl ibn Sa’d as-Sayyodiydan (r.a.) rivoyat qilishadi: Rasululloh
(sollallohu alayhi vasallam) ikki barmoqlariga ishora qilib, ularni cho‘zib turib aytdilar:
«Men (payg‘ambar qilib) yuborilganimda Qiyomat mana shu ikkisidek edi».
Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Do'stlaringiz bilan baham: |