www.ziyouz.com kutubxonasi
7
Payg‘ambarimiz javob berdilar:
– U ommaning ishi haqida (o‘zicha) gapiruvchi bema’ni – bachkana kimsa».
Biz bugun uni ko‘pchilik notiq va jurnalistlar timsolida ko‘ryapmiz.
15. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)
dedilar: «Qiyomat qoyim bo‘lmaydi, toki ikki ulkan jamoa urushmagunicha. Ular
o‘rtasida katta jang bo‘lib o‘tadi. Har ikkisi bir narsani da’vo qiladi. Toki o‘zini
payg‘ambar hisoblaguvchi o‘ttizta dajjol chiqmagunicha, toki ilm olib qo‘yilmagunicha,
zilzilalar ko‘payib, zamon yaqinlashib, fitnalar zohir bo‘lib, harj (qatl) ko‘payib
ketmagunicha Qiyomat qoyim bo‘lmaydi. Toki orangizda mol dunyo to‘lib-toshib, hatto
mol egasiga zakotni oladigan kishi(ni topish) qayg‘u bo‘lmagunicha Qiyomat qoyim
bo‘lmaydi. Mol egasi birovga zakotini bersa, u: «Buning menga keragi yo‘q», deb
aytmagunicha, shuningdek, toki odamlar uy qurishda musobaqaga kirishib, toki qabr
yonidan o‘tayotgan kishi: «Qani edi uning o‘rnida bo‘lsam», deb aytmagunicha Qiyomat
qoyim bo‘lmaydi. Quyosh g‘arbdan bosh ko‘tarmagunicha Qiyomat qoyim bo‘lmaydi.
Quyosh g‘arbdan bosh ko‘targach, uni ko‘rib hamma-hamma iymon keltiradi. Bu ilgari
iymon keltirmagan yoki iymonida xayr-yaxshilik kasb qilmagan kishiga iymoni foyda
bermaydigan paytdir» (Muttafaqun alayh. Hadis lafzi Buxoriyniki).
Muslim ularni alohida-alohida rivoyat etgan. Hadisda sanab o‘tilgan kichik alomatlar
voqeda ko‘rindi. Ammo katta alomatlar, ya’ni, quyoshning g‘arbdan chiqishi, zamonning
qisqarishi va boshqalar Iso alayhissalom tushib, xinzirni (cho‘chqa) o‘ldirganlaridan so‘ng
namoyon bo‘ladi.
Keyin Ya’juj va Ma’juj chiqadi. Alloh taolo Iso alayhissalom duolari barakoti bilan
ularni o‘ldiradi.
Biz, hadisda aytib o‘tilgan kichik alomatlar voqeda ko‘rindi, dedik. Vallohu a’lam!
Eng avvalo, payg‘ambarlik da’vosini qiluvchi yolg‘onchilar chiqdi. Bu yolg‘onchilarning
peshqadami va o‘ta xatarlisi Musaylama kazzob edi. Uni Abu Bakr xalifaligi davrida,
Yamoma jangida Alloh qilichi Xolid ibn Valid qo‘shini o‘ldirdi.
Endi bir-birlari bilan urishgan ikki ulkan jamoa haqida to‘xtalsak. Usmon ibn Affon
o‘ldirilganidan keyin fitnalar, sahobalar o‘rtasida kelishmovchiliklar yuz berdi. Ular
turlicha ijtihod qildilar. Natijada avval Jamal, so‘ngra Siffin janglari bo‘lib o‘tdi. So‘ng
xulafoi roshidinlarning eng oxirgi vakili Ali ibn Abu Tolib shahid etildi. Uni ikki dunyo
badbaxti Ibn Muljim o‘ldirdi. Hamma narsa aynan Payg‘ambar (sollallohu alayhi
vasallam) xabar berganlaridek bo‘ldi: «(Ey Ali,) Seni dunyoyu oxiratda badbaxt bo‘lgan
kimsa o‘ldiradi», degan edilar u zot.
Nihoyat, o‘zaro janglar barham topdi. Imom Hasan ibn Ali musulmonlarni birlashtirish
uchun Muoviya ibn Abu Sufyon bilan kelishdi. Uni xalifa deb tan oldi. Hasanning (r.a.)
fazli bilan ummat yana birlashdi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) bu haqda ham
xabar bergan edilar: «Mening shu o‘g‘lim sayyiddir. Uni sabab qilib, Alloh taolo
musulmonlarning ikki ulkan jamoasini birlashtiradi deb umid etaman».
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytganlaridek bo‘ldi. Butun olamlar
Parvardigoriga behad hamdu sanolar aytamiz!
Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Do'stlaringiz bilan baham: |