Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti


§.Sanoat yerlarining huquqiy holati



Download 1,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/130
Sana31.07.2021
Hajmi1,79 Mb.
#134397
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   130
Bog'liq
Ер ҳуқуқи ўқув қўлланма (лотин алифбосида)

2§.Sanoat yerlarining huquqiy holati 
Sanoat  maqsadlariga  mo‘ljallangan  yerlar  respublikamiz  qonunchiligiga 
ko‘ra  davlat  mulki  hisoblanadi.  Shuning  uchun  sanoat  yerlari  davlatning  yerga 
nisbatan  mulk  huquqini  amalga  oshiruvchi  tegishli  maxalliy  xokimiyat  organlari 
tomonidan sanoat korxonalariga doimiy egalik huquqi asosida beriladi. Demak, yer 
qonunchiligining  yerdan  doimiy  egalik  huquqi  asosida  foydalanishga  taalluqli 
bo‘lgan  barcha  qoidalari  sanoat  maqsadlariga  mo‘ljallangan  yerlarning  huquqiy 
holatini  belgilashda  asos  rolini  o‘ynaydi.  Bular  jumlasiga  yerdan  oldindan 
belgilanmagan  muddatda  foydalanish,  yerdan  belgilangan  maqsadda  foydalanish, 
yerdan  foydalanganlik  uchun  xaq  to‘lash,  yerdan  foydalanish  huquqini  vujudga 
kelish asoslari va tartibi, yerdan foydalanishni bekor bo‘lish asoslari va tartibi, yer 
qonunchiligini bo‘zganlik uchun javobgarlik kabi qoidalarni kiritish mumkin. 
Sanoat  yerlari  asosan  shaxar  va  shaxar  tipidagi  posyolkalardan  tashqarida 
sanoat  korxonalarini  joylashtirish  va  ishlatish  uchun  ajratib  beriladi.  Bundan 
tashqari,  sanoat  yerlari  shaxar,  posyolka,  qishloq    punktlari  yerlari  tarkibida  ham  
joylashgan bo‘lishi mumkin. Bunday yerlar  punkti yerlari toifasiga kirib, ularning 
huquqiy holati shu toifa yerlar huquqiy holatiga muvofiq ravishda belgilanadi. 
Sanoat  yerlari  sanoat  korxonalarining  egaligida  bo‘lib,  tegishli  vazirlik  va 
davlat qo‘mitalari tomonidan boshqariladi. Sanoat korxonalari shu toifa yerlardan 
foydalanish  huquqining  birlamchi  sub’ektlari  bo‘lib  hisoblanadilar.  Sanoat 
korxonalarining  o‘z  vazifalarini  amalga  oshirish  uchun  berilgan  yerlari  sanoat 
yerlari  ob’ektini  tashkil  etadi.  Sanoat  yerlari  qoidaga  ko‘ra  qishloq  xo‘jaligiga 
mo‘ljallanmagan  yerlardan  beriladi.  Agar  buning  imkoniyati  bo‘lmasa  qishloq 


147 
 
 
xo‘jaligiga mo‘ljallangan lekin sifati past bo‘lgan yerlardan ajratib beriladi. Sanoat 
korxonalarini  joylashtirish ham  da  faoliyatini  yuritish uchun xizmat  qiladigan  yer 
maydonlarining miqdori yer qonunchiligida belgilanmagan. Uning miqdori sanoat 
korxonasini  qurish  loyihasida  tasdiqlangan  rejaga  binoan  aniqlanadi.  Sanoat 
korxonalariga  berilgan  yer  uchastkalari  sanoat  inshootlarini  joylashtirish  ishlab 
chiqarishni  tashkil  etish  talablari  asosida  foydalaniladi.  Bunday  yerlardan  qishloq 
xo‘jalik  maqsadlarida  foydalanishga  yo‘l  qo‘yilmaydi.  Sanoat  korxonalari  sanoat 
maqsadlariga mo‘ljallangan yerlardan foydalanishda yer qonunchiligi normalariga 
qat’iy rioya etishlari shart bo‘ladi. 
O‘zbekiston  Respublikasi  Yer  kodeksining  70-moddasida  ko‘rsatilishicha, 
sanoat  korxonalari  o‘zlari  foydalanmayotgan  yerlarni  tuman  va  shaxar 
xokimlarining  qaroriga  binoan  yuridik  va  jismoniy  shaxslarga  vaqtncha 
foydalanishga berishlari mumkin. 

Download 1,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish