Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti



Download 1,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/130
Sana31.07.2021
Hajmi1,79 Mb.
#134397
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   130
Bog'liq
Ер ҳуқуқи ўқув қўлланма (лотин алифбосида)

 
 


150 
 
 
§. Aloqa maqsadlariga mo‘ljallangan yerlarning huquqiy holati 
Aloqa  yerlari deganda  aloqa liniyalarini ham  da ularga tegishli  inshootlarni 
joylashtirish  uchun  aloqa,  radioeshittirish,  televidenie  va  axborot  korxonalari, 
muassasalari va tashkilotlariga doimiy foydalanishga berilgan yerlar tushuniladi. 
Aloqa  va  elekr  o‘zatish  liniyalari  yerlari  tayanch  makoni  sifatida 
foydalaniladi.  Ular  xavo  liniyalari,  yer  osti  kabel  liniyalari,  zarur  xizmat  binolari 
va qurilmalari (podstansiyalar, taqsimlovchi qurilmalar, kabel budkalari va shunga 
o‘xshashlar)  tayanchi  sifatida  ajratilgan  yer  uchastkalari  qismlari  bo‘lib,  ichki 
tuzilishga ega bo‘ladi. Aloqa liniyalari, elektr o‘zatuvchi, xavo va kabel liniyalari 
uchun  yer  polosalari,  vaqtnchalik  qurilmalar,  qurilish  montaj  mexanizmlarini 
joylashtirish,  qurilma  va  matyeriallarni  tashish  va  saqlash  uchun  yer  uchastkalari 
qurilish  davrida  qisqa  muddatli  foydalanish  uchun  zarur  bo‘ladi.  Shu  turdagi 
yerdan  foydalanishga  nisbatan  Yer  qonunchiligida  belgilangan  (Yer  kodeksi  30-
moddasi) o‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi keng 
qo‘llaniladi.  Aloqa  va  elektr  o‘zatish  liniyalari  atrofida  ularni  saqlanishi  uchun, 
shuningdek xavfsizligi maqsadida muhofaza zonalari o‘rnatiladi. Bu yerlar ilgarigi 
yerdan foydalanuvchilar ixtiyorida qoladi, ammo yerga nisbatan ularning huquqlari 
ma’lum darajada chegaralangan bo‘ladi. Muhofaza zonalari yerdan maxsus shartlar 
bilan foydalanishning bir turini tashkil etadi. 
Aloqa  yerlarining  huquqiy  holati,  muhofaza  zonalari  huquqiy  holatining 
o‘ziga xos xususiyatlari. Aloqa liniyalarini muhofaza qilish qoidalari, yuqori voltli 
elektr  o‘zatish  tarmoqlarini  muhofaza  qilish  qoidalari,  1000  voltgacha 
kuchlanishdagi  elektr  o‘zatish  tarmoqlarini  muhofaza  qilish  qoidalari  bilan 
belgilanadi. 
Aloqa  va  elektr  o‘zatish  korxonalariga  muddatsiz  yoki  vaqtnchalik 
foydalanish uchun yer uchastkalari ajratish, turli xil muhofaza zonalarini belgilash, 
shu xildagi yerdan foydalanish turlari munosabati bilan vujudga keladigan o‘rmon, 
yer osti boyliklari, suvlarni muhofaza qilish manfaatlarini hisobga olish zaruriyati 


151 
 
 
ko‘rsatilgan  maqsad  uchun  yer  berish  tartibi  ham  da  yerdan  foydalanish  huquqi 
mazmunini aniq huquqiy tartibga solishni talab etadi. 
Aloqa  va  elektr  o‘zatish  liniyalari  amalda  barcha  yer  toifalaridan  o‘tishini 
hisobga  olganda  ko‘pchilik  yerdan  foydalanuvchilardan  ayrim  yer  uchastkalarini 
olib qo‘yishga to‘g‘ri keladi. Bunday yer uchastkalari qimmatbaho qishloq xo‘jalik 
maydonlari, suvni  muhofaza  qilish  zonasi  yerlari, o‘rmon  fondi  yerlari, suv  fondi 
yerlari  ham    bo‘lishi  mumkin.  Bu  esa  shu  xildagi  yerdan  foydalanuvchilarga 
ma’lum  noqulayliklar  to‘g‘dirishi  tabiiy.  Shu  sababdan  aloqa  maqsadlarida  yer 
berish  jarayonida  yer  huquqining  asosiy  tamoyillariga,  ya’ni  qishloq  xo‘jalik 
yerlaridan  foydalanishning  ustivorligi,  yerni  muhofaza  qilish,  tabiatni  va  atrof 
tabiiy muxitni muhofaza qilish masalalariga e’tibor qaratish muxim dir. 
Aloqa  va  elektr  o‘zatish  liniyalari  uchun  yerdan  foydalanishda  yer 
uchastkalari  miqdorini  belgilashda  turli  xil  variantlar  qo‘llaniladi.  Bunda  yer 
ajratishning belgilangan na’munaviy normalari tasdiqlanadi. Ma’lum yer bo‘laklari 
qisqa muddatli foydalanishga qurilish davrida beriladi. 
Aloqa  va  elektr  o‘zatish  liniyalarini  joylashtirish  uchun  sug‘oriladigan 
yerlar,  shudgorlar,  ko‘p  yillik  mevali  daraxtlar  egallagan  yerlar  ham  da 
uzumzorlar,  shuningdek  suvni  muhofaza  qilishga  band  bo‘lgan  yerlarni  olib 
qo‘yishga qonunda belgilangan tartibda alohida xollardagina yo‘l qo‘yiladi. Xavo 
liniyalarini  joylashtirishda  aerodromlar,  zich  qurilgan    punktlari,  sanoat 
korxonalari, kurortlarni  muhofaza  qilish sanitariya  zonalari, zapovedniklar  albatta 
aylanib o‘tilishi shart. 
Aloqa yerlaridan foydalanish huquqining sub’ektlari bo‘lib, aloqa va elektr 
liniyalarini  ishlatuvchi  korxonalar  hisoblanadi.  Bularga  Aloqa  vazirligi, 
Enyergetika  vazirligi  va  ularning  joylardagi  korxonalari  kiradi.  Bundan  tashqari, 
shu xildagi yerdan foydalanish huquqining sub’ektlari bo‘lib temir yo‘l, avtomobil 
yo‘llari,  Mudofaa,  Ichki  ishlar  vazirliklari  ham    bo‘la  oladilar.  Chunki  shu 
vazirliklarning ham  qaramog‘ida aloqa, elektr o‘zatish liniyalari mavjud bo‘ladi. 


152 
 
 
1000  voltgacha  kuchlanishdagi  elektr  o‘zatish  liniyalarini  muhofaza  qilish 
qoidalariga ko‘ra muhofaza zonalari quyidagicha belgilanadi: 
1.  Elektr  o‘zatishning  yer  usti  (xavo)  liniyalari  bo‘ylab  (binolarga  kiritish 
nuqtasidagi  shahobchalar  bundan  mustasno)  eng  chetdagi  og‘ishmagan  holatdagi 
simlarning  yer  yuzasiga  tushgan  proeksiyasidan  (soyasidan)  xar  ikki  tomondan  2 
metrdan masofa qoldirib, tortilgan parallel to‘g‘ri chiziqlar bilan chegaralangan yer 
uchastkasini qoldirish;  
2.  Elektr  o‘zatishning  yer  osti  kabeli  liniyalari  bo‘ylab,  eng  chetdagi 
kabellardan xar ikki tarafdan bir metrdan masofa qoldirib, tortilgan parallel to‘g‘ri 
chiziqlar bilan chegaralangan yer uchastkasi qoldirish; kabellar shaxarlarda yo‘lak 
(trotuar)lar  tagidan  o‘tkazilgan  xollarda  esa  binolar  va  inshootlar  tarafidan  60 
santimetr va yo‘lning qatnov qismi tarafidan esa 1 metr masofa qoldirib, tortilgan 
parallel to‘g‘ri chiziqlar bilan chegaralangan yer uchastkasi qoldirish; 
3. Elektr o‘zatishning suv osti kabel liniyalari bo‘ylab, xar bir kabelning uch 
tarafidan  100  metrdan  masofa  qoldirilgan  holda  suv  yuzasidan  suv  tubigacha 
bo‘lgan masofadagi yer (suv) uchastkasi qoldirish.  
Aloqa  va  elektr  o‘zatish  liniyalari  qurib  bo‘lingandan  so‘ng  tegishli 
tashkilotlar  yer  maydonlarini  qishloq  xo‘jaligi  ishlab  chiyaqarish  uchun  yaroqli 
xolga  keltirishi,  etkazilgan  zararni  qoplashlari  kerak.  Yer  uchastkasi  tegishli 
bo‘lgan qishloq xo‘jalik, kooperativ, davlat korxonalari aloqa va elektr liniyalariga 
ehtiyotkorona  munosabatda  bo‘lishlari,  ularga  ziyon  etkazmasliklari,  himoya 
qilishlari shart bo‘ladi. 

Download 1,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish