2§. Fuqarolarga jamoa sabzavotchiligi va polizchiligi uchun berib qo‘yilgan
yer uchastkalaridan foydalanishning huquqi
Yer kodeksida
22
belgilanishicha shaxarlar va posyolkalarda yashovchi,
dehqon xo‘jaligi yuritish uchun tomorqa yer uchastkalariga ega bo‘lmagan
fuqarolarga korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning iltimosnomasiga binoan
jamoa bog‘dorchiligi va uzumchiligi yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan
umrbod egalik qilishga yoki jamoa polizchiligi uchun vaqtincha foydalanishga yer
uchastkasi tuman hokimi tomonidan beriladi.
Yer kodeksining 19-moddasida fuqaroning yer uchastkasidan meros qilib
qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asoslari belgilangan bo‘lib, ulardan biri
jamoa bog‘dorchiligi, uzumchiligi yuritish uchun yer uchastkasiga egalik qilishdir.
20-moddada esa yer uchastkasidan muddatli (vaqtincha foydalanish) huquqi
asoslari ko‘rsatilgan bo‘lib, unga ko‘ra yer uchastkalari qishloq xo‘jaligi yuritish
uchun vaqtincha foydalanishga berilishi mumkin.
Jamoa bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligi yuritish uchun
fuqarolarga yer berish jarayoni muhim ahamiyatga ega. Yer berish jamoa
bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligi yuritishni keltirib chiqaruvchi asosiy
vosita bo‘lib, bu jarayon quyidagi bosqichlardan iborat:
Dastlabki bosqich yer berilishini so‘rab ariza berishdir;
Ikkinchisi, ushbu arizani vakolatli davlat organida ko‘rib chiqish;
Uchinchisi, yer berish to‘g‘risida qaror chiqarish;
22
O
‘
zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 56-moddasiga qarang.
141
To‘rtinchisi, natura tartibida yer uchastkasini joyida yer tuzilishiga asosan
ajratib berishdan iborat.
Jamoa bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligi yuritish uchun yerdan
foydalanish o‘z-o‘zidan kelib chiqmasdan, balki belgilangan tartibda, yer berish
jarayoni orqali amalga oshiriladi. Yer uchastkasidan natura holida ajratib
berilgandan so‘nggina foydalanish mumkin. Aks holda yerdan g‘ayriqonuniy
ravishda foydalanilgan hisoblanadi.
Ajratib berilayotgan yer uchastkasi joylashgan tuman hokimigina jamoa
bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun yer uchastkalarini
ajratib berish to‘g‘risida qaror chiqarishga huquqlidir. Qayd etish kerakki, jamoa
bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun fuqarolarga yer
uchastkalarini berish yer tuzuvchi tashkilotlar tomonidan berilgan yer
uchastkalarining chegaralarini shu joyning o‘zida borib o‘lchab berganlaridan
keyin yerga egalik va undan foydalanish huquqini tasdiqlaydigan davlat hujjati
berilgandan so‘nggina to‘la qonuniy hisoblanadi.
Yer kodeksi 56-moddasining 2-qismiga binoan, jamoa bog‘dorchiligi,
uzumchiligi va polizchiligi tashkil etish uchun fuqarolar bog‘dorchilik uzumchilik
yoki polizchilik shirkatlariga birlashadilar. Ularning faoliyat turlari, tashkil etilish
tartibi, huquq va majburiyatlari, faoliyat asoslari, mahsulotni realizatsiya qilish
tartibi kabilarni belgilovchi qoidalar O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi
tomonidan 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan «Qishloq xo‘jaligi kooperativi
(shirkat xo‘jaligi) to‘g‘risida»gi qonun bilan tartibga solinadi. Xususan, qonunning
7-moddasiga binoan, yoshi 16 ga to‘lgan, kooperativ (shirkat) ustavini tan oluvchi
va uning talablariga rioya etuvchi kooperativ (shirkat) faoliyatida va uning
jamg‘armalarini shakllantirishda ishtirok etuvchi jismoniy shaxslar qishloq
xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) a’zosi bo‘lishlari mumkin. Shuningdek,
jamoa bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligi yuritish uchun shirkat
xo‘jaliklariga birlashgan fuqarolar ushbu qonunning 23-moddasiga asosan,
etishtirilayotgan mahsulotni realizatsiya qilish uchun, shu jumladan davlat
142
xaridorlari tartibida realizatsiya qilish uchun yuridik va jismoniy shaxslar bilan
ixtiyoriylik asosida xo‘jalik shartnomalarini tuzish hamda eksportga chiqarish
huquqiga ega. Demak, bog‘dorchilik va uzumchilik uchun ajratib beriladigan yer
uchastkalarining quyidagi xususiyatlarini ko‘rsatish mumkin:
1) shaxarlarning ko‘kalamzor zonasidan yoki boshqa aholi punktlari
chegarasidan tashqaridagi yerlardan ajratib beriladi, bunda albatta, aholi punktlari
hududining kengayish istiqbollari e’tiborga olinadi.
2) bundan tashqari, suv resurslari hamda ularga limitlar ajratish imkoniyati
mavjud bo‘lgan taqdirda zahira yerlardan, ya’ni yuridik va jismoniy shaxslar
egaligiga hamda foydalanishiga, ijaraga berilmagan, mulk etib realizatsiya
qilinmagan yerlardan va o‘rmon fondining daraxtzorga aylantirish mo‘ljallamagan
yerlaridan ajratib beriladi;
3) jamoa bog‘dorchiligi va uzumchiligi uchun yaroqli zahira yerlar hamda
o‘rmon fondi yerlari bo‘lmagan taqdirda, qishloq xo‘jaligi korxonalari,
muassasalari hamda tashkilotlarining qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlari,
ya’ni qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun berib qo‘yilmagan yoki ana shu maqsadlar
uchun belgilanmagan yerlardan ajratib beriladi;
4) korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning yordamchi qishloq xo‘jaligi
yerlaridan foydalanilmagan yoxud lozim darajada foydalanilmagan taqdirda,
mazkur yer uchastkalari jamoa bog‘dorchiligi va uzumchiligini yuritish uchun
berilishi mumkin.
Yer kodeksining 23 moddasi 4-qismiga binoan, jamoa polizchiligi uchun
ajratiladigan yer uchastkalari quyidagi o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘dorchilik
va uzumchilik uchun ajratiladigan yer uchastkalaridan farq qiladi:
1) mazkur yer uchastkalari vaqtincha foydalanish uchun beriladi;
2) suv resurslari hamda ularga limit ajratish imkoniyati mavjud bo‘lishi
lozim;
143
3) yaqin yillar ichida boshqa maqsadlarda foydalanishga mo‘ljallangan zahira
yerlardan va o‘rmon fondi yerlaridan, ya’ni o‘rmon xo‘jaligi ehtiyojlari uchun
berilgan yerlardan ajratiladi;
4) mazkur yer uchastkalari noqishloq xo‘jalik korxonalari, muassasalari va
tashkilotlarining vaqtincha foydalanilmayotgan yerlaridan, bunday yerlar mavjud
bo‘lmagan taqdirda esa – qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari hamda
tashkilotlarining unumdorligi past yerlaridan, ammo polizchilik uchun qulay
bo‘lgan yerlardan ajratib beriladi.
Ushbu moddaning 5-qismiga asosan, polizchilik shirkatlariga birlashgan
fuqarolar berilgan yer uchastkalaridan sabzavot, kartoshka va boshqa poliz
ekinlarini etishtirishda foydalanishadi. Bunda shirkat xo‘jaliklari o‘zlari etishtirgan
qishloq xo‘jalik mahsulotlarini kontraktatsiya shartnomalarini tuzish orqali
realizatsiya qilish (sotish)lari mumkin. Polizchilik shirkatlarida qishloq xo‘jalik
mahsulotlarini etishtirib berish va xarid qilish bo‘yicha munosabatlarni tartibga
soluvchi normalar amaldagi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 465-
moddasida «Kontraktatsiya shartnomasi», 466-moddasida «Qishloq xo‘jaligi
mahsulotini etishtiruvchining majburiyatlari», 467-moddasida «Tayyorlovchining
majburiyatlari» orqali belgilangan. Bevosita jamoa polizchiligi bilan
shug‘ullanuvchi shirkatlar tomonidan tayyorlangan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini
harid qilish yuzasidan shartnomalar tuzish tartibi O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 29 avgustdagi 438-qarori bilan tasdiqlangan
«Qishloq xo‘jalik mahsulotlari kontraktatsiya shartnomalarini tuzish va bajarish
tartibi to‘g‘risida Nizom»ga asosan belgilanadi. Bu yerda, kontraktatsiya
shartnomasida qatnashayotgan taraflar bo‘lib, shirkat xo‘jaligi va boshqa qishloq
xo‘jaligi mahsulotlarini etishtiruvchi xo‘jaliklar hamda tashkilotlar, shuningdek
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tayyorlovchilar, iste’molchilar, qayta ishlovchi
korxonalar hisoblanadi. Bunda jamoa polizchiligi uchun berilgan yer
uchastkalarida uy-joy binolari va boshqa kapital inshootlar, ya’ni korxonalar
qurish taqiqlanadi. Faqatgina, jamoa polizchiligi uchun yer uchastkasini bergan
144
tegishli tuman hokimi vaqtinchalik imoratlar va inshootlarni qurishga ruxsat
berishi mumkin. Tegishli tuman hokimining ruxsati bilan bog‘dorchilik-
uzumchilik shirkatining har bir a’zosiga 0,06 gektargacha va polizchilik
shirkatining har bir a’zosiga 0,08 gektargacha o‘lchamda yer uchastkasi quyidagi
xususiyatlarni hisobga olgan holda berilishi mumkin:
a) mazkur yer uchastkalarida ko‘chalar ochish uchun;
b) ushbu yer uchastkalarida jamoat imoratlari va inshootlar qurish zarurligi
natijasida belgilanishi mumkin.
Jamoa bog‘dorchiligi uchun berilgan yerlardan foydalanish yordamchi
ahamiyatga ham ega. Chunki jamoa bog‘dochiligi a’zolari bu faoliyatdan tashqari
boshqa asosiy faoliyat bilan ham shug‘ullanadilar. Bunda ular o‘zlarining turli
shaxsiy ehtiyojlarini jamoa bog‘dorchiligi yuritish orqali qondirishlari mumkin
bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |