Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti



Download 1,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/130
Sana31.07.2021
Hajmi1,79 Mb.
#134397
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   130
Bog'liq
Ер ҳуқуқи ўқув қўлланма (лотин алифбосида)

 


158 
 
 
§.Tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya va tarixiy-
madaniy ahamiyatga molik yerlarning huquqiy holati 
Alohida  muhofaza  etiladigan  hududlar  yerlarining  huquqiy  holati 
O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi, «Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar 
to‘g‘risida»gi,  «Tabiatni  muhofaza  etish  to‘g‘risida»gi  qonunlari  ham  da  Davlat 
qo‘riqxonalari,  Davlat  milliy  tabiat  bog‘lari,  Davlat  buyurtma  qo‘riqxonalari, 
Davlat tabiat yodgorliklari, botanika bog‘larining Nizomlarida belgilangan. Ushbu 
normativ  hujjatlar  alohida  muhofaza  etiladigan  hududlar  yerlarini  berish  tartibi, 
foydalanish 
maqsadlari, 
muhofaza 
etish 
chora-tadbirlari, 
yerdan 
foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari, ushbu toifa yerlarni boshqarish kabi 
masalalarni tartibga soladi. 
Alohida  muhofaza  etiladigan  tabiiy  hududlar  yerlarining  huquqiy  holati 
ushbu  hududlardan  foydalanish  va  ularni  muhofaza  etish  maqsadlari  hamda 
vazifalaridan kelib chiqqan  holda  belgilanadi. Alohida  muhofaza  etiladigan tabiiy 
hududlardan  foydalanish  va  muhofaza  etish  maqsadlari  davlat  qo‘riqxonalari, 
milliy  bog‘lar,  botanika  bog‘lari,  kurortlar,  zakazniklar  va  boshqalarning 
Nizomlarida belgilangan bo‘ladi. Shundan kelib chiqqan holda alohida muhofaza 
etiladigan  hududlar  yerlarining  huquqiy  holatidagi  o‘ziga  xos  xususiyatlarni 
quyidagilarda ko‘rish mumkin: 
1)  Alohida  muhofaza  etiladigan  hududlar yerlari  mamlakatimiz  yer  fondida 
mustaqil  toifani  tashkil  etib,  maxsus  belgilangan  maqsadda,  tegishli  vazifalarni 
bajarish uchun xizmat qiladi;  
2)  Ushbu  toifa  yerlar  tabiatning  tabiiy,  estetik,  shifobahsh,  madaniyat, 
arxitektura omillariga ega bo‘lgan hududlarida ajratib beriladi;  
3)  Alohida  muhofaza  etiladigan  hududlar  yerlari  xo‘jalik  maqsadlarida 
foydalanilmaydi;  
4) Bu toifa yerlardan va uning atrofida  joylashgan yerlardan foydalanish va 
muhofaza  etishning  alohida  huquqiy  tartibi  belgilanadi.  Masalan,  kurort  zonalari 


159 
 
 
atrofida  uning  davolash  xususiyatiga  salbiy  ta’sir  etuvchi  faoliyat  bilan 
shug‘ullanish man etiladi;  
5)  Bu  yerlarni  boshqaruvchi  organlar  turli-tumanligi  bilan  ajralib  turadi. 
Alohida muhofaza hududlari nafaqat davlat organlari, balki jamoat organlari bilan 
ham  boshqarilishi mumkin;  
6)  Alohida  muhofaza  etiladigan  hududlar  yerlaridan  doimiy  foydalanuvchi 
sub’ektlar  bo‘lib  faqat  korxona,  muassasa  va  tashkilotlar,  ya’ni  yuridik  shaxslar 
hisoblanadilar. Fuqarolar esa faqat ikkilamchi yerdan foydalanuvchilar bo‘lishlari 
mumkin; 
 7)  Alohida  muhofaza  etiladigan  hududlar  yerlari  ijaraga  berilishi  mumkin 
emas;  
8)  Ushbu  toifa  yerlardan  foydalanuvchilar  yer  solig‘i  to‘lashdan  ozod 
qilinadilar;  
9)  Alohida  muhofaza  etiladigan  hududlar  yerlari  davlat  mulki  hisoblanadi, 
shuning  uchun  ular  oldi-sotdi  qilinishi,  garov,  sovg‘a,  xadya  yoki  boshqa  turdagi 
ayirboshlash ob’ekti bo‘lishi mumkin emas. 
O‘zbekiston  Respublikasi  Yer  kodeksining  72-moddasida  ko‘rsatilishicha, 
tabiatni  muhofaza  qilish  maqsadlariga  mo‘ljallangan  yerlar  jumlasiga  davlat 
qo‘riqxonalari,  milliy  va  dendrologiya  bog‘lari,  botanika  bog‘lari,  zakazniklar, 
tabiat yodgorliklariga berilgan yerlari kiradi. 

Download 1,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish