Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti


XIII BOB. ALOHIDA MUHOFAZA ETILADIGAN HUDUDLAR



Download 1,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/130
Sana31.07.2021
Hajmi1,79 Mb.
#134397
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   130
Bog'liq
Ер ҳуқуқи ўқув қўлланма (лотин алифбосида)

 
XIII BOB. ALOHIDA MUHOFAZA ETILADIGAN HUDUDLAR 
YERLARNING HUQUQIY HOLATI  
§.Alohida muhofaza etiladigan hududlar yerlari tarkibi va huquqiy holati 
to‘g‘risida umumiy tushuncha 
Yer  kodeksining  71–moddasiga  ko‘ra  alohida  muhofaza  etiladigan 
hududlarning yerlari jumlasiga quyidagilar kiradi: 
1) tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar; 
2) sog‘lomlashtirish maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar; 
3) rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar; 
4) tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar.  
Ushbu  toifa  yerlari  mamlakat  yer  fondida  2  ta  mustaqil  toifani  tashkil  etib 
2015    yining  1  yanvar  holatiga  ko‘ra  ularning    umumiy  maydoni  85.7  gektarni, 
yoki jami foydalaniladigan yerlarning 0.19 foizini tashkil etadi. 
Tabiatni  muhofaza  qilish,  sog‘lomlashtirish,  rekreatsiya  maqsadlariga 
mo‘ljallangan yerlar respublikamiz yer fondi tizimida alohida va mustaqil toifani 
tashkil etadi (Yer kodeksining 8-moddasi).  
Tabiatni  muhofaza  qilish  maqsadlariga  mo‘ljallangan  yerlar  turlaridan 
muhofaza  qilish  maqsadlariga  mo‘ljallangan  yerlar  turlaridan  biri  tabiat 
yodgorliklari  yerlaridir.  Tabiat  yodgorliklari  deganda  eqologik,  ilmiy,  estetik, 
madaniy jixatdan noyob, o‘rnini to‘ldirib bo‘lmas, qimmatli, kelib chiqishi tabiiy 
bo‘lgan  ob’ektlar  tushuniladi.  Tabiat  ob’ektlarini  tabiat  yodgorligi  deb  davlat 
xokimiyatining maxalliy organlari e’lon qiladi va ular davlat muhofazasida bo‘ladi. 
Mamlakatimiz  hududida  400  dan  ortiq  tabiat  yodgorligi  hisobga  olingan. 
Ularni  uch  turga  bo‘lish  mumkin  a)  arxeologik  –karst  relefi  shakllari,  g‘orlar, 
ungurlar;  b)  botanik  –  ayrim  tabiat  burchaklari,  noyob  o‘simlik  turlari, 
dendrariylar,  ayrim  katta  yoshli  daraxtlar;  v)  geologik,  gidrologik,  geografik  – 
noyob  geologik  ochilmalar,  nodir  bo‘loqlar,  sharsharalar,  qoyalar  va  xaqozo. 
Tabiat yodgorliklari yerlaridan xo‘jalik maqsadlarida foydalanish man qilinadi. 


156 
 
 
Davlat  tabiat  yodgorligi  yer  egalari  va  yerdan  foydalanuvchilardan  yer 
uchastkalarini  olib  qo‘yilmasdan  turib  ham    tashkil  etilishi  (e’lon  qilinishi) 
mumkin.  Bunday  xollarda  tabiat  yodgorligini  muhofaza  etish  majburiyatlari  shu 
yodgorlik  qaysi  korxona,  muassasa,  tashkilot  hududida  bo‘lsa,  usha  korxona, 
muassasa, tashkilot zimmasiga yuklatiladi. 
Tabiat  yodgorligi  joylashgan  yer  uchastkasi  tabiat  yodgorligi  muhofazasini 
ta’minlash maqsadida yer egasi yoki yerdan foydalanuvchidan olib qo‘yilishi ham  
mumkin. 
O‘zbekiston  Respublikasi  Yer  kodeksida  belgilanishicha,  davlat 
qo‘riqxonalari,  milliy  va  dendrologiya  bog‘lari,  botanika  bog‘lari,  zakazniklar, 
tabiat  yodgorliklari  rejimini  ta’minlash  uchun  muhofaza  zonalari  ta’sis  etilib, 
ushbu  zona  yerlarida  ularning  rejimiga  rioya  etilishini  ta’minlashga  zararli  ta’sir 
etadigan faoliyat taqiqlab qo‘yiladi. 
Sog‘lomlashtirish  maqsadlariga  mo‘ljallangan  yerlar  va  hududlar 
tushunchasi O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi (73-modda) va «Muhofaza 
etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida»gi qonunda (19-modda) berilgan. Ammo, bu 
normativ  hujjatlarda  ularning  nomlanishi  turlicha  talqin  qilinadi.  O‘zbekiston 
Respublikasi  Yer  kodeksida  bu  ob’ektlar  «sog‘lomlashtirish  maqsadlariga 
mo‘ljallangan yerlar» deb yuritilsa, «Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar 
to‘g‘risida»gi qonunda esa «kurort tabiiy hududlar» nomi bilan ataladi. 
O‘zbekiston  Respublikasi  Yer  kodeksining  73-moddasida  ko‘rsatilishicha, 
sog‘lomlashtirish  maqsadlariga  mo‘ljallangan  yerlar  deganda  tabiiy  shifobaxsh 
omillarga  ega  bo‘lgan,  kasalliklarning  oldini  olish  va  davolashni  tashkil  etish 
uchun  qulay,  belgilangan  tartibda  tegishli  muassasalar  va  tashkilotlarga  doimiy 
foydalanishga berilgan yer uchastkalari tushuniladi. «Alohida muhofaza etiladigan 
tabiiy hududlar to‘g‘risida»gi qonunda e’tirof etilishicha, davolash va salomatlikni 
tiklash  xususiyatlariga,  minyeral  manbalarga,  davolovchi  balchiq  qatlamlariga, 
qulay  iqlim  sharoitlari  va  boshqa  shart-sharoitlarga  ega  bo‘lgan  tabiiy  hududlar 
kurort tabiiy hududlar deb ataladi. Ushbu qonun hujjatlarida keltirilgan ta’riflar va 


157 
 
 
ularning  nomlanishi  aynan  o‘xshash  bo‘lmasada,  ammo  mazmunan  bir  xil 
ma’noni,  ya’ni  odamlarning  sog‘lig‘ini  tiklash,  ularni  davolanishi  uchun  qulay 
shifobaxsh tabiiy sharoitga ega bo‘lgan hududlar ma’nosini anglatadi. 
Muhofaza  etiladigan  hududlar  va  alohida  muhofaza  etiladigan  hududlar 
yerlari  tushunchalarini  bir  xilda  tushunish  uncha  to‘g‘ri  emas.  Chunki  muhofaza 
etiladigan  hududlar  tushunchasiga  shu  maqsadlarga  ajratib  berilgan  yer 
uchastkalaridan  tashqari  suv  kengliklari  (akvatoriyalar),  baliq  xo‘jaligi  tegralari, 
sharsharalar  va  boshqalar  ham    kiradi.  Demak,  muhofaza  etiladigan  hududlar 
tushunchasi  shu  hududlar  yerlari  tushunchasidan  ancha  kengdir.  Ammo,  shuni 
ta’kidlash  joizki,  muhofaza  etiladigan  hududlardagi  suv  kengliklari,  sharsharalar, 
boshqa suv yoki o‘simlik bilan qoplangan hudular ham  shu hududlar yerlarining 
tarkibiy  qismini  tashkil  etadi,  yoxud  suv yoki  o‘simlik bilan  qoplangan hududlar 
ham  yer fondi toifasiga kiritiladi (masalan, suv fondi yerlarini suv bilan qoplangan 
va suv bilan qoplanmagan yerlar, o‘rmon fondi yerlarini o‘rmon bilan qoplangan 
va  o‘rmon  bilan  qoplanmagan  yerlar  tashkil  etadi).  Shu  jixatdan  qaraganda 
muhofaza etiladigan hududlar va alohida muhofaza etiladigan hududlar yerlari bir 
xil ma’noni beradi deb tushunish ham  mumkin. 
Muhofaza  etiladigan  hududlar  deganda  yerlar  va  suv  kengliklari 
(akvatoriyalar)ning  ustuvor  eqologik,  ilmiy,  madaniy,  estetik,  sanitariya 
sog‘lomlashtirish  ahamiyat  iga  molik  qismlari  tushuniladi.  Muhofaza  etiladigan 
hududlar deb atalashining asosiy sababi shundaki, bu hududlar noyob o‘simlik va 
xayvonot  dunyosini,  minyeral  suvlar  ham  da  tabiat  yodgorliklarini  saqlash  uchun 
o‘ta  eqologik,  ilmiy,  madaniy,  estetik,  sanitariya  sog‘lomlashtirish  ahamiyatiga 
egadir.  Alohida  muhofaza  etiladigan  hududlar  yerlari  deganda  esa  davlatning 
tegishli  organlari  tomonidan  qonunda  belgilangan  tartibda  tabiatni  muhofaza 
qilish,  sog‘lomlashtirish,  rekreatsiya,  tarixiy-madaniy  maqsadlar  uchun  ajratib 
berilgan yer maydonlari tushuniladi. 

Download 1,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish