3§. Alohida muhofaza etiladigan hududlar yerlarining huquqiy
holatining o‘ziga xos xususiyatlari
Sog‘lomlashtirish maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar, yoki kurortlar
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan O‘zbekiston Kasaba
uyushmasi fedyeratsiya kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash
vazirligi bilan kelishilgan holda ularning taqdimnomasiga asosan tashkil etiladi
ham da belgilangan tartibda davolash-kurort muassasalari va tashkilotlariga doimiy
foydalanishga beriladi. Ushbu toifa yerlari O‘zbekiston Kasaba uyushmasi
qo‘mitasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi organlari boshqaruvida bo‘ladi.
Sog‘lomlashtirish maqsadlariga mo‘ljallangan yerlarga nisbatan alohida
huquqiy holat belgilanib, ular qat’iy belgilangan maqsad va vazifalarni amalga
oshirish uchun foydalaniladi ham da muhofaza etiladi. Sog‘lomlashtirish
maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar, kurortlar atrofida joylashgan yerlardan
foydalanuvchilar o‘zlari egaligidagi yerlarga nisbatan birlamchi foydalanuvchi
sifatidagi huquqlarini saqlab qoladilar, ammo ular o‘z egaligidagi yerlardan
foydalanganliklarida kurortlar huquqiy holatini bo‘zuvchi xatti-xarakatlarni sodir
etmasliklari lozim. Masalan, sog‘lomlashtirish muassasalari atrofida sanoat
inshootlarini joylashtirishga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining
qarori bilan o‘ta zarur holatlardagina yo‘l qo‘yiladi.
Yer kodeksining 73-moddasida belgilanishicha, ning davolanishi va dam
olishi, shuningdek tabiiy shifobaxsh omillarni muhofaza qilishning zarur shart-
sharoitini ta’minlash uchun sog‘lomlashtirish maqsadlariga mo‘ljallangan yerlarda
sanitariya muhofazasi okruglari belgilanadi. «Alohida muhofaza etiladigan tabiiy
162
hududlar to‘g‘risida»gi qonunning 24-moddasida aytilishicha, kurort tabiiy
hududlar uch tegraga bo‘linadi.
Sanitariya muhofaza okruglariga davolovchi joylar, shuningdek kurortlarni
muhofaza qilish uchun zarur bo‘lgan boshqa yerlar kiradi. Sanitariya muhofaza
okruglarini belgilashdan asosiy maqsad kurortlarni tabiiy fizik va ximik
xususiyatlarini saqlash, shuningdek ularni ishdan chiqish, ifloslanishining oldini
olishdan iborat bo‘ladi.
Sog‘lomlashtirish maqsadlariga mo‘ljallangan yerlarning sanitariya
muhofazasi okruglari uch zonaga bo‘linib, ularning birinchisi qattiq rejimli zona,
ikkinchisi, cheklovchi zona, va, uchinchisi, ko‘zatuv zonasi hisoblanadi.
Sog‘lomlashtirish maqsadlariga mo‘ljallangan yerlarning sanitariya
muhofaza okruglari zonasining birinchi tegrasiga davolash xususiyatiga ega
manbalar, davolovchi balchiq qatlamlari, minyeral suvlar, plyajlar kiradi.
Sanatoriylar, pansionatlar, dam olish uylarining dam oluvchilar xordiq
chiqaradigan manzillari, ular davolanishi va yashashi uchun qurilgan binolar
joylashgan hudud ikkinchi zona tegraga kiradi.
Uchinchi zona tegraga sanatoriylar, pansionatlar va dam olish uylariga
tutash bo‘lgan hududlar kiradi. Ushbu tegrada birinchi va ikkinchi tegralardan
farqli o‘laroq davolash manbalariga ziyon etkazmaydigan ham da atrof muxitga
zararli ta’sir etmaydigan, dam olish va davolanish uchun yaratilgan sharoitlarni
yomonlashtirmaydigan, cheklangan xo‘jalik faoliyati yuritishiga ruxsat beriladi.
Umuman olganda, yer qonunchiligi talabiga ko‘ra sog‘lomlashtirish maqsadlariga
mo‘ljallangan yerlarning sanitariya muhofazasi okruglari doirasida tabiiy
shifobaxsh xossalarni va ning dam olishi uchun qulay sharoitni muhofaza qilishga
zid faoliyat taqiqlanadi (Yer kodeksining 73-moddasi).
Rekreatsiya va tarixiy-madaniy ahamiyat ga molik yerlar alohida muhofaza
etiladigan hududlar yerlarining tarkibiy qismlarini tashkil etadi. Ushbu toifa
yerlarining tushunchasi O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 74 va 75-
moddalarida ochib berilgan. Shu kodeksning 74-moddasiga binoan rekreatsiya
163
maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar deganda ning ommaviy dam olishi va turizmni
tashkil etish uchun tegishli muassasalar va tashkilotlarga berilgan yerlar
tushuniladi. Tarixiy-madaniy ahamiyat ga molik yerlar deganda Yer kodeksining
75-moddasiga ko‘ra, tarixiy-madaniy qo‘riqxonalar, memorial bog‘lar, mozorlar,
arxeologiya, tarix va madaniyat yodgorliklarining tegishli muassasa va
tashkilotlarga doimiy foydalanishga berib qo‘yilgan yerlarini tushunish mumkin.
Tarixiy va madaniyat yodgorliklari bo‘lib jamiyat va davlatning taraqqiyoti,
xalq xaetidagi tarixiy voqeliklar bilan bog‘liq bo‘lgan inshootlar, yodgorlik joylar
va predmetlar, tarixiy, ilmiy, badiiy yoki boshqa madaniy qimmatga ega bo‘lgan
moddiy va ma’naviy ijod asari hisoblanadi. Ular tarixiy, arxeologiya, shaxarsozlik,
arxitektura, san’at va hujjatli yodgorliklarga bo‘linadilar. Ularning ko‘pchiligi
ko‘chmas mulk bo‘lib, yer uchastkasi bilan bevosita bog‘liqdir. Shu yerlar va
alohida shartlar bilan foydalaniladigan ular atrofidagi zonalar tarix va madaniyat
yodgorliklari yerlarini tashkil etadi. Ular alohida belgilangan tartibda ro‘yxatga
olinadilar, hisobga olinadilar va himoya qilinadilar.
Tarixiy va madaniy ahamiyat ga molik yerlar turizm, va tegishli boshqa
davlat organlari foydalanishi va muhofazasiga beriladi. YOdgorliklarni muhofaza
etishni ta’minlash maqsadida muhofaza zonalari, qurilishlarni tartibga solish
zonalari, va tabiiy landshaftni qo‘riqlash zonalari belgilanadi. Barcha turdagi ushbu
zonalar punktlarining bosh rejalari, rejalashtirish va qurilish loyixalariga kiritiladi.
Ko‘rsatilgan zonalar doirasida tegishli davlat organlarining ruxsatisiz qurilish
ishlari, xo‘jalik faoliyatini yuritishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Mamlakatimiz tarixiy obidalar, madaniyat yodgorliklariga boy davlat.
Samarqand, Buhoro, Xiva, Shahrisabz, Toshkent, Ko‘kon shaxarlari ming yillik
tarixiy-madaniyat yodgorliklariga ega. Xalqimiz, butun dunyo xalqlari bu noyob
obidalarni ziyorat qiladilar, undan zavq-shavq oladilar. Ular butun insoniyatning
tarixiy-madaniy merosiga aylangan. Shu sababdan, ularni muhofaza qilish, asrab-
avaylash, kelgusi avlodlarga etkazib berish fuqarolarning konstitutsiyaviy burchlari
hisoblanadi. Ushbu konstitutsiyaviy qoida asosida ishlab chiqilgan joriy
164
qonunlarda tarixiy-madaniy yodgorliklarimizni muhofaza qilishning alohida
tartiblari belgilangan va ular ushbu tarixiy-madaniy yodgorliklarni muhofaza
qilishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |