Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti


§. O‘rmon fondi yerlaridan foydalanish huquqi va uning turlari



Download 1,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/130
Sana31.07.2021
Hajmi1,79 Mb.
#134397
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   130
Bog'liq
Ер ҳуқуқи ўқув қўлланма (лотин алифбосида)

2§. O‘rmon fondi yerlaridan foydalanish huquqi va uning turlari 
O‘rmon  fondi  yerlaridan  foydalanish  tartibi  O‘zbekiston  Respublikasining 
O‘rmon  to‘g‘risidagi  qonuni  bilan  tartibga  solinadi.  O‘rmon  fondi  yerlardan 
foydalanish  huquqi  o‘rmonlardan  foydalanish  huquqi  bilan  chambarchas 


169 
 
 
bog‘liqdir, shuning uchun bu yerlardan foydalanish tartibi ma’lum darajada o‘rmon 
yerlari kimga va qanday maqsadlar uchun berib qo‘yilganligiga bog‘liq bo‘ladi. 
O‘zbekistonda  o‘rmonlardan  foydalanishni  boshqarish  qishloq  va  suv 
xo‘jaligi  Vazirligi  qoshidagi  O‘rmon  Bosh  boshqarmasi  tomonidan  amalga 
oshiriladi.  Xarakatdagi  o‘rmon  qonunchiligiga  ko‘ra,  yer  uchastkalarni  berish  va 
foydalanish  tartibi  quyidagicha  belgilangan:  o‘rmonlardan  foydalanish  (19–
modda),  o‘rmonlardan  foydalanish  turlari  (25-modda),  ovchilik  maqsadida 
foydalanish (28-modda), o‘rmondan qo‘shimcha tarzda foydalanish (27-modda) va 
boshqalar.  
O‘rmon  fondini  taksimlash  va  qayta  taksimlash  uning  uchastkalarini 
o‘rmondan  foydalanuvchi  ma’lum  shaxslarga  berish  va  ularning  ba’zilardan  olib 
qo‘yish tartibida amalga oshiriladi. Jismoniy shaxslar ham , yuridik shaxslar ham  
o‘rmondan  foydalanuvchi  bo‘lishlari  mumkin.  O‘rmon  hududlari  foydalanish 
uchun  uzoq  muddatga  (10  yilgacha)  va  qisqa  muddatga  (3  yilgacha)  berilishi 
mumkin.  O‘rmonlarni  uzoq  muddatga  foydalanish  uchun  olish  ijara  (yerlarni 
foydalanish  uchun  olish  maqsadida  davlat  bilan  jismoniy  yoki  yuridik  shaxs 
o‘rtasida tuziladigan shartnoma) yoki tekin, xaq to‘lamasdan foydalanish tartibida 
amalga  oshiriladi.  Davlat  o‘rmon  xo‘jaligi  organlarining  qarori  o‘rmonlarni 
foydalanish  uchun  berishning  asosi  bo‘lib  xizmat  qiladi.  Ijara  to‘g‘risidagi 
shartnoma o‘rmondan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatdir. O‘rmonlar qisqa 
muddatga  foydalanish  uchun  berilganda  esa  o‘rmon  kesish  chiptasi  yoki  ordyer 
beriladi.  
O‘rmonlarni tartibga solish jarayonida quyidagi ishlar amalga oshiriladi: 
 1)  chegaralarni  belgilash  va  o‘rmon  xo‘jaligi  yoki  o‘rmonchilik  uchastkasi 
(o‘rmon xo‘jaligining ma’muriy-hududiy bo‘linmasi)ga qarashli o‘rmon fondining 
hududini tashkilashtirish;  
2)  o‘rmonlarni  xaritaga  chizish  ham  da  topografiya–geodeziya  masalalari 
bo‘yicha zaruriy ishlarni amalga oshirish;  


170 
 
 
3)  o‘rmondagi  daraxtlarning  turlari  va  ularning  yoshini  aniqlash,  ularning 
holati  va  xo‘jalikda  foydalanish  masalalarini  aniqlash  uchun  o‘rmon  fondini 
inventarizatsiya qilish;  
4)  o‘rmon  fondidagi  turli  xo‘jalik  va  boshqa  tadbirlarni  o‘tkazilishi  lozim 
bo‘lgan uchastkalarni aniqlash;  
5)  o‘rmonlarni  guruxlarga  bo‘lish  ham  da  ba’zi  o‘rmonlarni  bir  guruxdan 
ikkinchi  guruxga  o‘tkazish  masalalari  bo‘yicha  takliflar  tayyorlash  va  ularni 
asoslab berish;  
6)  asosiy  va  ishlab  chiqarishda  foydalanish  maqsadida  kesiladigan 
daraxtlarni hisob kitob qilish;  
7)  o‘rmonlarni  barpo  etish,  o‘rmonlarni  qayta  tiklash,  o‘rmonlarni 
yong‘indan  muhofaza  qilish,  o‘rmonlarni  turli  zararkunandalar  va  kasalliklardan 
himoya qilish, boshqa xildagi o‘rmon xo‘jaligi ishlarini amalga oshirish yuzasidan 
o‘tkaziladigan tadbirlarning turlari va xajmlarini aniqlash;  
8)  o‘rmonlardan  qo‘shimcha  foydalanish  xajmlarini,  ikkinchi  darajali 
o‘rmon  matyeriallarini  tayyorlash  xajmlarini,  o‘rmonlarda  ov  qilish  miqdorini, 
ulardan  sayyoxlik,  madaniy-sog‘lomlashtirish,  sport  va  boshqa  tadbirlarni 
o‘tkazish maqsadlarida foydalanish xajmlarini aniqlash.  
O‘rmondan  foydalanish  huquqi  tabiatdan  foydalanish  huquqi  turlaridan 
biridir,  ammo  o‘rmondan  foydalanish  bo‘yicha  munosabatlarni  huquqiy  tartibga 
solish  o‘rmon  boyliklarining  o‘ziga  xosliklariga  mos  keladigan  o‘zining  alohida 
jixatlariga  egadir.  O‘rmondan  foydalanish  xaraktyeriga  bog‘liq  ravishda 
qonunchilik  (O‘zbekiston  Respublikasi  O‘rmon  to‘g‘risidagi  qonunning  25–
moddasi) o‘rmondan foydalanishning quyidagi asosiy turlarini belgilaydi: 
 1)  Daraxtzorlar  va  butazorlarni  kesish  o‘rmondan  foydalanishning  asosiy 
turidir.  U  daraxt  kesish  taritibida  amalga  oshiriladi.  Daraxtlarni  hisob-kitob  bilan 
kesib  olish  xajmlaridan  ortiqcha  darajada  yog‘och  taxta  tayyorlash  man  etiladi. 
O‘rmonlarda  daraxtlarni  kesish  faqat  istisno  tariqasida  daraxtzorlar  holatini 
yaxshilash  va  o‘rmonlarning  tabiatni  muhofaza  qilish  qobiliyatini  oshirish 


171 
 
 
maqsadida amalga oshiriladi. Daraxtlarni kesishni man etish cheklab qo‘yish tartibi 
Davlat o‘rmon xo‘jaligi organlari tomonidan belgilanadi; 
 2)  O‘rmondan  qo‘shimcha  foydalanish  (pichan  o‘rish,  mol  boqish,  asalari 
uyalari  va  kutilarni  joylashtirish,  yovvoyi  o‘simliklar  dorivor  xom  ashyosini 
tayyorlash  (yig‘ish)  va  oziq-ovqat  maqsadlari  uchun  yovvoyi  o‘simliklarni 
tayyorlash  (yig‘ish)  o‘rmondan  foydalanishning  navbatdagi  turidir.  O‘rmondan 
qo‘shimcha  foydalanish  yuridik  shaxslar  tomonidan  ham  ,  jismoniy  shaxslar 
tomonidan  ham    amalga  oshiriladi.  Ular  hammabop  (masalan,  fuqarolarning 
zamburug‘lar, rezavor mevalar va gullarni yerkin ravishda tyerishi) va kasb-koriga 
taalluqli  (maxsus)  bo‘lishi  mumkin.  O‘rmonlardan  qo‘shimcha  foydalanish 
qoidalari  o‘rmon  xo‘jaligi  boshqaruvchi  organlari  takdimnomasiga  ko‘ra  davlat 
xokimiyatining tegishli organlari tomonidan tasdiqlanadi; 
 3)  Davlat  o‘rmon  fondi  uchastkalaridan  ovchilik  xo‘jaligi  extiyojlarini 
ko‘zlab  foydalanish  huquqi  xayvonot  dunyosi  va  jonivorlar  yashaydigan  muxitni 
muhofaza  qilish  qoidalarni  hisobga  olgan  holda  amalga  oshirilish  lozim.  Bu 
o‘rmondan foydalanishning alohida turi bo‘lib, o‘ta e’tibor va ehtiyotkorlik bilan 
yondoshishini  talab  etadi,  chunki  u  tirik  tabiat  bilan  bog‘liqdir.  Unda 
mutanosiblikka  zarar  etkazish  juda  jiddiy  salbiy  oqibatlarga  olib  kelishi  mumkin. 
Yuridik  shaxslar  ham  da  jismoniy  shaxslar  yoki  ularning  uyushmalari  ham  
o‘rmonlardan  ov  qilish  maqsadlarida  foydalanishlari  mumkin.  Ovchilik  xo‘jaligi 
extiyojlari  bo‘yicha  o‘rmon  fondidan  foydalanishning  tartibi  va  shartlari  davlat 
organlari tomonidan tasdiqlangan maxsus qoidalarda belgilab beriladi; 
4)  Davlat  o‘rmon  fondi  uchastkalaridan  ilmiy-tadqiqot  maqsadlarida 
foydalanish  ilmiy  muassasalarga  o‘z  Ustavlari  va  Nizomlariga  binoan  ilmiy-
tekshirish  ishlarini  o‘tkazish  va  tajriba  ishlarini  olib  borish  maqsadida  berilishi 
mumkin; 
5)  Davlat  o‘rmon  fondi  uchastkalaridan  madaniy-ma’rifiy,  tarbiyaviy, 
sog‘lomlashtirish,  rekreatsion  va  estetik  maqsadlarda  foydalanish  ning  dam 


172 
 
 
olishini  tashkil  etish  maqsadida  asosan  shaxar  atrofidagi  ko‘kalomzorlar  ham  da 
o‘rmon-bog‘larida amalga oshiriladi va alohida qoidalar bilan tartibga solinadi. 
Quyidagilar 
o‘rmondan 
foydalanish 
to‘g‘risida 
huquqlarni 
mustaxkamlaydigan  hujjatlardir:  ijara  shartnomasi,  daraxt  kesishga  ruxsat 
beradigan chipta, shuningdek, o‘rmon chiptasi. O‘rmondan foydalanish uchun ijara 
shartnomasida  o‘rmon  fondi  uchastkasidan  foydalanishning  asosiy  qoidalari  va 
shartlari o‘z ifodasini topishi lozim bo‘lib, ular quyidagilardir: 
 1) o‘rmon fondi uchastka chegaralarining tavsifi;  
2) o‘rmondan foydalanish turlari, xajmi va tartibi;  
3) o‘rmon fondi uchastkasining necha yilga ijaraga berilganligi; 
 4)  o‘rmondan  foydalanuvchining  o‘rmon  boyliklarini  muhofaza  qilish, 
himoya  qilish  va  qayta  ishlash  borasidagi  majburiyatlari,  o‘rmon  xo‘jaligi 
tadbirlarni mablag‘ bilan ta’minlash shartlari va tartibi;  
5)  o‘rmondan  foydalanganlik  uchun  xaq  to‘lash  xajmlari  va  to‘lash 
muddatlari;  
6) foydalaniladigan uchastka tavsifi va foydalanish muddati o‘tgandan so‘ng 
uning  holatiga  qo‘yiladigan  talablar.  Ushbu  ro‘yxat  o‘rmon  qonunchiligiga  zid 
kelmaydigan boshqa shartlar bilan to‘ldirilishi mumkin. 

Download 1,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish