Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti


§. Suv fondi yerlarini boshqarish xususiyatlari



Download 1,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/130
Sana31.07.2021
Hajmi1,79 Mb.
#134397
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   130
Bog'liq
Ер ҳуқуқи ўқув қўлланма (лотин алифбосида)

2§. Suv fondi yerlarini boshqarish xususiyatlari 
Davlat suv fondi yerlarining asosiy xo‘jalik vazifasi suvdan foydalanish va 
uni  muhofaza  qilish  faoliyatiga  xizmat  qilishdir.  Shuning  uchun  bu  yerlarning 
huquqiy holati suv ob’ektlarining huquqiy holati xususiyatlarini aks ettiradi. 
Barcha  suvdan foydalanuvchilarga suv xavzalari qirg‘oqlarini, boshqa suv 
ob’ektlari yer maydonlari ustki qismini yaxshi saqlash majburiyati yuklatilgan. 
Ko‘pchilik  daryolar,  magistral  kanallar  va  qollektorlar,  suv  omborlari  va 
boshqa  suv  xavzalarining,  shuningdek  ichimlik  va  ro‘zg‘or  suv  ta’minoti,  ning 
davolash  ham  da  madaniy  sog‘lomlashtirish  extiyojlariga  xizmat  qiladigan 
manbalar  maxsus  himoya  qilinadi.  Shu  maqsadda  qonun  shunday  suv  xavzalari 
atrofida  himoya  zonalari  tashkil  qilishni  belgilaydi.  Xususan,  shunday  joylarda 
sanitariya zonalari o‘rnatiladi. Sanitariya zonalari 3 ta mintaqaga bo‘linib, ularning 
xar  biriga  yerdan  foydalanishning  alohida  holatlari  (rejimi)  o‘rnatiladi.  Masalan, 
birinchi mintaqada yashash, qandaydir qurilish inshootlari qurish man etiladi. 
Suv    ob‘eklarini  muhofaza  qilish  zonalari  va  ularni  mintaqalarga  bo‘lishni 
belgilash maxalliy xokimiyat organlarining qarorlariga binoan amalga oshiriladi. 
Suv  xavzalari  qirg‘oq  mintaqalarida  yer  xaydash,  mol  boqish,  zaxarli-
kimyoviy moddalar qo‘llash, ishlab chiqarishga xizmat qiladigan qurilishlar qilish, 
dam  olish  bazalari  qurish  man  qilinadi.  Demak,  suv  fondi  yerlari  huquqiy 
holatidagi  muxim    xususiyatlardan  biri  shundan  iboratki,  bu  yerlarda  suv 
ob’ektlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan xo‘jalik faoliyat yuritish va qurilish ishlari 
olib  borish  taqiqlanadi  (Yer  kodeksining  77-moddasi).  Chunki,  xo‘jalik  faoliyati 
yoki qurilish ishlari suvni ifloslanishi va zaxarlanishiga olib kelishi mumkin. Shu 
sababdan,  bu  yerlar  alohida  tartibda  muhofaza  qilinadi.  Shuning  uchun  Yer 
kodeksining  77-moddasida  belgilanishicha,  bunday  holatlar  ro‘y  bergan  taqdirda 


177 
 
 
bu  yerlar  tabiatni  muhofaza  qilish  extiyojlari  uchun  yer  egalaridan  va  yerdan 
foydalanuvchilardan olib qo‘yilishi mumkin. 
Ichki  suvlar  qirg‘oq  mintaqalarida  qurilmalar  va  inshootlar  qurish  faqat 
tegishli  xokimiyat  idoralarining  roziligi  bilan  amalga  oshirilishi  mumkin.  Bu 
qurilma va inshootlar suv xo‘jaligi maqsadlariga xizmat qilishi lozim. 
Amaldagi  yer  va  suv  qonunchiligiga  asosan  suv  fondi  yerlaridan 
foydalanuvchilar  bo‘lib  yuridik  va  jismoniy  shaxslar  hisoblanadilar. 
Mulkchilikning  shaklidan  qat’iy  nazar  korxonalar,  muassasalar,  tashkilotlar, 
fermer, dehqon  xo‘jaliklari ham da O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari suv 
fondi yerlaridan foydalanuvchilar bo‘ladilar. 
Suv fondi yerlari doimiy va muddatli (vaqtncha) foydalanish uchun berilishi 
mumkin. 
Suv  fondi  yerlaridan  doimiy  foydalanish  huquqi  yer  uchastkasidan  doimiy 
foydalanish  huquqini  beruvchi  davlat  hujjati  bilan  tasdiqlanadi.  Suv  fondi 
yerlaridan  umumiy  va  maxsus  foydalanish  turlarining  ro‘yxati  suv  xo‘jaligi, 
tabiatni  muhofaza  qilish,  sanitariya  nazorati,  geologiya  va  minyeral  resurslar 
organlari tomonidan belgilab qo‘yiladi. 
Suv fondi yerlaridan birgalikda yoki tanxo foydalanish mumkin. Birgalikda 
foydalaniladigan  suv  ob’ektlari  va  suv  fondi  yerlariga  tanxo  foydalanish  uchun 
berilmagan  suv  ob’ektlari  va  suv  fondi  yerlari  kirishi  mumkin.  Tanxo 
foydalaniladigan suv fondi yerlari va suv ob’ektlariga maxalliy xokimiyat organlari 
qarori  asosida  biron  korxona,  tashkilot  va  muassaga  butunlay  yoki  qisman  berib 
qo‘yilgan suv ob’ektlari va u bilan bog‘liq yerlar kiradi. 
“Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunning 26-moddasiga asosan; 
Suv  ob’ektlari  tanxo  foydalanish  uchun  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 
Maxkamasi  yoxud  tegishli  vakolatga  ega  bo‘lgan  davlat  organi  tomonidan 
qonunlarda  belgilangan  tartibda  batamom  yoki  qisman  beriladi.  Suv  ob’ektlari 
tanxo  foydalanish  uchun  suvdan  maxsus foydalanish  uoki  suvni  maxsus  iste’mol 
qilish ruxsatnomasi albatta rasmiylashtirilgan holda beriladi. 


178 
 
 
Tanxo  foydalanmoq  uchun  suv  ob’ektlari  va  ularga  tegishli  yerlar  berib 
qo‘yilgan  korxonalar,  tashkilot  va  muassasalar  -  suv  fondi  yerlaridan  birlamchi 
foydalanuvchilar  bo‘lib,  ular  suv  xo‘jaligi  va  tabiatni  muhofaza  qilish  organlari 
bilan  kelishib,  boshqa  korxonalar,  tashkilotlar,  muassasalar  va  suvdan  ikkilamchi 
foydalanish uchun ruxsat berishga xaqilidirlar. 
Suv  fondi  yerlardan  ikkilamchi  foydalanish  uchun  berilgan  ruxsatnomada 
suv ob’ekti va boshqa yerlarni berish maqsadi va u toifa yerlardan foydalanishning 
asosiy  shartlari  ko‘rsatilgan.  Suv  fondi  yerlaridan  birlamchi  foydalanuvchi  suv 
fondi  yerlari  va  ob’ektlaridan  ikkilamchi  foydalanuvchining  butun  suv  fondi 
yerlaridan foydalanish uchun javobgar bo‘ladilar. Suv fondi yerlaridan ikkilamchi 
foydalanuvchi,  basharti  suv  fondi  yerlari  va  ob’ektini  tegishli  ulushini  suvdan 
birlamchi  foydalanuvchi  o‘zlashtirib  olgan  yoki  undan  noto‘g‘ri  foydalangan 
taqdirda, unga  nisbatan da’vo qo‘zag‘atishga va etkazilgan zarar qoplashini talab 
qilishga xaqlidir.  

Download 1,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish