Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti


§.Transport yerlarining huquqiy holati



Download 1,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/130
Sana31.07.2021
Hajmi1,79 Mb.
#134397
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   130
Bog'liq
Ер ҳуқуқи ўқув қўлланма (лотин алифбосида)

3§.Transport yerlarining huquqiy holati 
O‘zbekiston  Respublikasi  Yer  kodeksida  ko‘rsatilishicha,  transport 
maqsadlariga  mo‘ljallangan  yerlar  jumlasiga  temir  yo‘l,  ichki  suv  transporti, 
avtomobil,  xavo  va  truboprovod  transporti  korxonalari,  muassasalari  va 
tashkilotlariga  transport  inshootlari,  qurilmalari  va  boshqa  ob’ektlaridan 
foydalanish, saqlash, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash, takomillashtirish va 
rivojlantirish  soxasida  ular  zimmasiga  yuklatilgan  vazifalarni  amalga  oshirish 
uchun doimiy foydalanishga berilgan yerlar kiradi. 
Transport  yerlarining  asosiy  qismini  transportning  normal  faoliyatini 
ta’minlash  zaruriyati  uchun  ajratilgan  yer  uchastkalari  tashkil  etadi.  Bundan 
tashqari,  transport  yerlarning  tarkibiga  transport  yerlarining  o‘zi,  yuk  tashish, 
passajirlar tashish va boshqa xizmat uchun ajratilgan yerlar kiradi. Transport uchun 
ajratilgan yerlardan foydalanish huquqining sub’ektlari bo‘lib, transport vositalari 
va  ekspluatatsiya  qiluvchi  aloqa  yo‘llariga  ega  bo‘lgan  tegishli  tashkilotlar 
hisoblanadi. Temir yo‘l transportida bunday tashkilotlar temir yo‘l bo‘limlari: xavo 
transportida  -  aeroportlar;  dengiz  transportida  -  dengiz  portlari,  kemalar  yasovchi 


148 
 
 
va 
remont 
qiluvchi 
zavodlar; 
truboprovod 
transportida 

magistral 
truboprovodlardan  foydalanish  boshqarmalari;  ichki  suv  transportida  -  daryo 
portlari; avtomobil transportida - yo‘l ekspluatatsiya uchastkalari hisoblanadi. 
Transport  uchun  ajratilgan  yer  uchastkalarining  ko‘p  qismi  transportning 
xo‘jalik  extiyojlari  uchun  xizmat  qiladi  (masalan,  avtomobil  yo‘llari  va  temir 
yo‘llari  va  temir  yo‘llarini  yotqizish  uchun  ketadigan  matyeriallarni  saqlash 
extiyojlariga mo‘ljallangan yer uchastkalari, yo‘llarni remont qilish zarurati uchun 
tuproq  va  tosh  olinadigan  yer  uchastkalari).  Shuningdek,  temir  yo‘l  transporti 
yerlariga  temir  yo‘lni  idora  etuvchi  organlari  boshqaradigan  yerlar,  temir  yo‘l 
transporti  xizmati  uchun  alohida  mo‘ljallangan  yerlar  ham    kiradi.  Temir  yo‘l 
transportida  temir  yo‘l  izlari  o‘rnatilgan  yerlardan  boshqa  uning  tomonlarida 
muhofaza  qiluvchi  poyaslar  ham    qoldiriladi.  Temir  yo‘l  poloslariga  quyidagilar 
kiradi:  yo‘l  binolari,  aloqa  qurilmalari  stansiyalari  (butun  qurilmalari  bilan), 
himoyalanish nixollari.  
Avtomobil  transporti  yerlariga  tegishli  organlarga  berilgan  va  ularning 
nazoratiga  topshirilgan  poloslar  va  shu  yerlarga  qo‘shiladigan  uchastkalar, 
avtomobil  transporti  xizmatiga  alohida  ahamiyat  ga  ega  bo‘lgan  yerlar  kiradi. 
Avtomobil transporti yerlariga tegishli organlariga berilgan va ularning nazoratiga 
topshirilgan poloslar va shu yerlarga qo‘shilgan uchastkalar, avtomobil transporti 
xizmatiga alohida ahamiyat ga ega bo‘lgan yerlar kiradi. 
Avtomobil  yo‘llarining  kengligi  yo‘l  kategoriyasiga  qarab  belgilanadi. 
O‘zbekistonda  o‘rnatilgan  qoidaga  binoan  avtomobil  yo‘llarining  kategoriyasiga 
qarab quyidagicha maksimal yo‘l kengligi belgilangan: I - kategoriya - 39 metr; II - 
kategoriya  -  28  metr;  III  -  kategoriya  -  22  metr;  IV  -  kategoriya  -  19  metr;  V  - 
kategoriya - 18 metr. 
Shu  bilan  birga  avtomobil  yo‘llari  yoqalarida  yo‘l  xizmati  uchun  doimiy 
binolar qurishga va avtomobil transporti passajirlariga xizmat ko‘rsatish uchun xar 
xil binolar va qurilmalarni qurishga ruxsat etiladi. 


149 
 
 
Avtomobil yo‘llari va ularga ajratilgan poloslarda mol xaydash, mol boqish, 
sihatgohlar,  palatkalar  qurish,  olov  yoqish,  ko‘prikka  200  metr  yaqinda  olov 
yoqish taqiqlanadi.  
Truboprovod  yerlariga  shu  soxa  bilan  shug‘ullanuvchi  vazirlik  nazoratiga 
berilgan magistral truboprovodlar (neft magistrallari, truboprovod magistrallari) va 
shu soxaga aloqador bo‘lgan yer uchastkalari kiradi. 
Magistral  truboprovod  trassalari  qurish  va  ekspluatatsiya  qilish  uchun 
belgilangan  kenglikka  yer  uchastkalari  va  poloslar  beriladi.  Uning  kenglik  xajmi 
trassa  xaraktyeriga  qarab  yoki  qurilish  yoki  ekspluatatsiya  qilish  davriga  qarab 
belgilanadi.  Magistral  truboprovod  trassalari  uchun  qo‘shimcha  yer  uchastkalari 
ularning doimiy muhofazasini ta’minlash uchun beriladi. 
Yer  qonunchiligi  normalariga  binoan  dengiz  transporti  yerlarini  dengiz 
transporti  xizmati  extiyojlari  uchun  shu  soxani  idora  etuvchi  organ  ixtiyoriga 
berilgan  hududlar: dengiz  portlari, mayaklar  va  boshqa  maxsus  qurilmalar  tashkil 
etadi.  Daryo  transporti  yerlariga  daryo  transporti  soxasini  idora  etuvchi  organlar 
tomonidan  boshqariladigan  daryo  transporti  extiyojlariga  xizmat  qiladigan  daryo 
portlari, pristanlar va boshqa qurilmalar kiradi. 
Xavo  transporti  yerlariga  xavo  yo‘llari  organlari  nazoratiga  berilgan,  xavo 
transporti extiyojlari uchun xizmat qiladigan maxsus qurilmalar bilan band bo‘lgan 
yer  uchastkalari,  aeroport  va  aerodrom  hududlari  kiradi.  Xavo  kodeksida 
ko‘rsatilishicha  maxsus  qurilgan,  ya’ni  samolyot  uchishi  va  ko‘nishi,  to‘xtab 
turishi  va  xavo  kemalari  xizmati  uchun  ajratilgan  yer  uchastkalari  aerodrom 
hisoblanadi.  Aeroport  hududiga  esa  avvalo  aerodrom,  shuningdek  vokzal,  xar  xil 
binolar  qurish  uchun  zarur  bo‘lgan  yer  uchastkalari  kiradi.  Bundan  tashqari, 
aeromayaklar,  vishkalar  va  maxsus  boshqa  qurilmalar  bilan  band  bo‘lgan  yerlar 
ham    aeroport  va  aerodrom  hududiga  joylashtirilib,  ular  ham    transport  yerlari 
hisoblanadi. 

Download 1,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish