Nazorat uchun savollar:
1.Aholi punkti yerlari tushunchasi nimani anglatadi?
2 Shaxar va posyolka yerlarning tarkibiga nimalar kiradi?
3. Aholi puntlari yerlarining huquqiy holati qaysi qonun hujjatlari bilan tartibga
msolinadi?
4. Aholi puntlari yerlarining huquqiy holatida qanday hususiyatlar mavjud?
5. Qishloq aholi punktlari tushunchasi nimani anglatadi?
XI BOB. SHAXARDA YASHAYOTGAN FUQAROLARNING YERDAN
FOYDALANISH HUQUQI
1§. Ko‘p kvartirali uylar atrofidagi yer uchastkalaridan foydalanish huquqi
Ko‘p kvartirali uylar shaxar qurilishi yerlarida joylashadi. Ammo ushbu
uylarda istiqomat qiluvchi fuqarolar uyga kirib chiqishi yoki boshqacha tarzdagi
hayotiy ehtiyojlarini qondirishi uchun (masalan bolalar o‘yingohlarini tashkil
qilish, ommaviy tadbirlar uyushtirish va h.) xizmat qiladigan yer uchastkalari
umumiy foydalanishga mo‘ljallangan bo‘ladi. Shu sababli qonunchilikda ko‘p
138
kvartirali uylar atrofidagi yer uchastkalarining o‘ziga xos huquqiy maqomi
belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2005 yil 16 fevralda «Uy-
joy qurilishi va uy-joy bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi
qarorning qabul qilinishi ko‘p kvartirali uylar atrofidagi yer uchastkalariga
nisbatan qonunchilikda yangicha huquqiy maqom beligilanishiga olib keldi
19
.
Ko‘p kvartirali uylar atrofidagi yer uchastkalaridan odamlarning kirib-
chiqishi uchun yo‘laklar qurish, bolalarning dam olishi uchun sport maydonchalari
tashkil etish, ommaviy tadbirlar o‘tkazish uchun qurilmalar barpo etish,
yashovchilarning manfaatlariga zarar keltirmasa garajlar qurish, bog‘lar ekish
maqsadlarida foydalanish mumkin
20
. Ushbu maqsadlarda ko‘p kvartirali uylar
atrofidagi yer uchastkalaridan foydalanishni nazorat qilib borish mazkur uylar
boshqaruvini amalga oshiruvchi tashkilotlar, ya’ni uy-joy mulkdorlari shirkatlari,
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekistonda ko‘p kvartirali uylar atrofidagi yer uchastkalari uy-joy mulkdorlari
shirkatlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga doimiy foydalanish
huquqi asosida tegishli bo‘ladi.
Ma’lumki, shaxar yerlarida, xususan ko‘p kvartirali uylar atrofidagi yer
uchastkalarida o‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat va inshootlar hozirgi paytda
buzilmoqda, ular yong‘in xavfsizligi qoidalari, qurilish normalari va seysmik
talablarga xilof ravishda qurilganligi sababli atrofdagilar uchun jiddiy xavf
tug‘diradi. Shu sohada uy-joy mulkdorlari shirkatlarining faoliyati yuzaki olib
borilayotganligi, uy-joy fondidan foydalanish, yer uchastkalarini obodonlashtirish
va ularni saqlash nihoyatda qoniqarsiz ahvolda ekanligini hisobga olib, bu borada
mahalliy hokimiyat organlari bilan hamkorlikda shaxar va tumanlarni
obodonlashtirish ishlarini yanada takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti tomonidan «Uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini
takomillashtirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» qaror qabul
19
O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari to‘plami. № 7. 2005. 54-modda.
20
O
‘
zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 63-moddasiga qarang/
139
qilingan
21
. Ushbu qarorda «Uy-joy mulkdorlari shirkatlari to‘g‘risida»gi
O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi qonun loyihasi ishlab chiqilishini
taklif qilingan.
O‘zbekiston Respublikasining 2006 y. 12.04 qabul qilingan “Xususiy uy-joy
mulkdorlarining shirkatlari to‘g‘risida”gi qonunining (Qonunchilik palatasi
tomonidan 2006 yil 22 fevralda qabul qilingan va Senat tomonidan 2006 yil 24
fevralda ma’qullangan) 3-moddasida xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkati
tushunchasiga ta’rif berilib, unga ko‘ra xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkati
ko‘p kvartirali bitta yoki yaqin, zich joylashgan, obodonlashtirish elementlari
bo‘lgan umumiy yer uchastkasi bilan qamrab olingan bir nechta uydagi xususiy
turar joylar mulkdorlarining birlashmasidir.
Ushbu qonunning 8-moddasida shirkatlarning mahalliy davlat hokimiyati
organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan o‘zaro
munosabatlari yoritilgan bo‘lib, shirkatlar hududlarni obodonlashtirish va
ko‘kalamzorlashtirish ishlarining tashkil etilishi, ko‘p kvartirali uylarda
yashovchilarning uy-joy fondida yashash qoidalariga rioya etishi masalalari hamda
birgalikda hal etishni talab qiladigan boshqa masalalarda fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarish organlari bilan hamkorlik qiladilar, deb belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasining 1999 yil 14 aprelda qabul qilingan
“Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari” to‘g‘risidagi qonuni 10-moddasi,
II qism, 5-bandida shaxarcha, qishloq, ovul fuqarolar yig‘ini hamda shaxardagi
mahalla fuqarolar yig‘inlari hududni kompleks rivojlantirishni ta’minlashi,
shuningdek, aholi punktlarini obodonlashtirish va ularning sanitariya holatini
yaxshilashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishi belgilangan.
Mamlakatimiz qonunchiligida mahalla zimmasiga mahalla hududi tabiatini
ekologik jihatdan muhofaza qilishdek muhim ma’suliyat yuklangani bejiz emas.
Chunki mustaqillik yillarida mahallalarda o‘tkazib kelinayotgan ekologik tadbirlar,
xususan davlatimiz rahbarining maxsus farmonlari asosida amalga oshiriladigan
21
O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari to‘plami. № 5-6. 2005. 30-modda.
140
“hasharlar” ko‘p ming yillik tarixga ega. Demak, biz huquqiy asoslarga ega
bo‘lgan hasharlarni yurtimizdagi muhim ekologik tadbirlar sirasiga kiritishimiz
mumkin. Bunday tadbirlar ko‘p kvartirali uylar atrofidagi yer uchastkalarining
ekologik jihatdan yaxshi holda saqlanishini ta’minlaydi. Mamlakatimizda
mustaqillik yillarida milliy an’analar uyg‘unligi asosida amalga oshiriladigan
ekologik tadbirlar tobora an’anaviy tusga ega bo‘lib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |