Shaxar tipidagi posyolka - bu shaxarga o‘xshab ketadigan, lekin unga
nisbatan kichikroq miqdordaligi bilan farq qiladigan aholi punktidir. Agar shaxar
tipidagi posyolkalarning maydoni kengaytirilsa, ularni shaxar tipidagi aholi
124
punktiga aylantirish mumkin. Shaxar tipidagi posyolkalar aholi punktlari tizimida
shaxar aholi punkti bilan qishloq aholi punkti o‘rtasida o‘ziga xos oraliq o‘rinni
egallaydi. Shaxar tipidagi posyolkalarda shaxar aholi punktlariga ham, qishloq
aholi punktlariga ham xos bo‘lgan belgilar uchraydi.
Aholi punktlarining shaxar va qishloq aholi punktlariga bo‘linishi tarixan
ijtimoiy mehnat taqsimoti bilan bog‘liqdir, ya’ni ularni toifalarga chegaralaydigan
asosiy belgisi ular aholisining moddiy ishlab chiqarishning turli sohalaridagi
ishtiroki hisoblanadi. Qishloq aholi punktlarida mehnatga layoqatli aholining
asosiy qismi qishloq xo‘jaligi ijtimoiy ishlab chiqarishida qatnashadi. Shuunday
qishloq aholi punktlarida sanoat, transport va boshqa korxonalar joylashgan
bo‘lishi mumkin, ammo ulardagi ishchi va xizmatchilar ko‘pchilikni tashkil
etmaydilar. Shaxar va shaxar tipidagi posyolkalarda ijtimoiy qishloq xo‘jaligi
ishlab chiqarishi bilan mehnatga layoqatli aholining faqat kamgina qismi band
bo‘ladi. Ammo, aholi punktlarini shaxar yoki qishloq aholi punkti toifalariga
kiritish faqat aholining qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishidagi ishtiroki bilan emas,
shu bilan birga aholining soniga qarab ham belgilanadi, yoxud aholi punktini
shaxar toifasiga kiritish uchun qonunchilik ma’lum aholi soni bo‘lishi lozimligini
ko‘rsatadi.
Shaxar va qishloq aholi punktlari huquqiy holatida farqlar mavjud. Ushbu
farqlar shundan iboratki, shaxar aholi punktlari mustaqil ma’muriy-xududiy birlik
hisoblansalar, qishloq aholi punktlari esa mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari
hududining uncha katta bo‘lmagan qismini egallaydilar va davlat tuzilishining
ma’muriy-hududiy tizimida eng quyi birlikni tashkil qiladilar. Shu sababdan shaxar
aholi punktlarining huquqiy holati qishloq aholi punktlarinikiga nisbatan ancha
kengroq tartibga solingan. Shaxar aholi punktlariga shaxar yerlari birkitilgan
bo‘lib, ular shaxar hokimligi tomonidan boshqariladi. Qishloq aholi punktlari
qishloq xo‘jaligi korxonalari yerlarida joylashgan bo‘ladi.
Ma’muriy-hududiy birlik sifatida shaxar aholi punktlari o‘z hokimligi
timsolida o‘z byudjeti, o‘z xo‘jaligiga ega bo‘lib, faqat ma’muriy emas, balki
125
iqtisodiy mustaqillikka ham ega bo‘ladilar. Qishloq aholi punktlarining huquqiy
holati butunlay boshqacha bo‘lib, ularning o‘z byudjeti ham, xo‘jaligi ham
bo‘lmasdan faqat qishloq xo‘jalik korxonalarining ishlab chiqarish markazlari
rolini o‘ynaydilar. Bundan tashqari, shaxar va qishloq aholi punktlari huquqiy
holatidagi tafovutlar yerdan foydalanish, ijtimoiy ta’minot, soliq, kommunal
xizmat sohasidagi munosabatlarni huquqiy tartibga solishning o‘ziga xosligida
ham namoyon bo‘ladi.
Aholi punkti yerlari qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar yer fondi
toifasidan farqli o‘laroq ishlab chiqarish vositasi sifatida emas, balki yashash
uchun joy, odamlarning ishlab chiqarish va boshqa ijtimoiy foydali faoliyatini
tashkil etish, shuningdek aholining madaniy-maishiy va boshqa ehtiyojlarini
qondirish uchun bazis sifatida foydalaniladi.
Aholi punktlarini shaxar toifasiga o‘tkazish davlat hokimiyatining oliy
organlari tomonidan quyi hokimiyat organlarining taqdimnomasi asosida
belgilanadi.
Viloyat,
tuman,
shaxar
xalq
deputatlari
kengashlarining
taqdimnomasiga ko‘ra aholi punkti O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
qaroriga binoan shaxar toifasiga kiritiladi. Aholi punktlarini posyolkalar toifasiga
kiritish tuman xalq deputatlari kengashlarining taqdimnomasiga binoan viloyat
hokimligining qarori asosida amalga oshiriladi. Aholi punktlarini qishloq toifasiga
kiritish tuman hokimining qaroriga asosan amalga oshiriladi.
Aholi punktlarining chegarasi - shaxar, posyolka, qishloq aholi punktlari
yerlarining tashqi chegaralari bo‘lib, ular ana shu yerlarni boshqa toifadagi
yerlardan ajratib turadi. Aholi punktlarining chegaralarini belgilash tasdiqlangan
shaxarsozlik va yer tuzish hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Masalan,
shaxarlarning chegaralari shaxarsozlik bosh rejalari asosan belgilansa, qishloq
aholi punktlarining chegaralari esa ichki xo‘jalik yer tuzish hujjatlariga asosan
belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 60-moddasida
ko‘rsatilishicha, aholi punktlarining chegarasi yuridik va jismoniy shaxslar yer
uchastkalarining chegaralari bo‘yicha belgilanishi lozim. Aholi punktlarining
126
yerlari chegaralari tegishli davlat hokimiyati organlarining qarorlariga asosan
o‘zgartirilishi (kengaytirilishi) mumkin.
Shaxar, posyolka, qishloq aholi punktlari yerlari huquqiy holatidagi
o‘xshashlik va yaqinlikni ularning umumiy foydalanishdagi yerlaridan foydalanish
tartibi va maqsadlarida ko‘rish mumkin. Avvalo, aholi punktlarining umumiy
foydalanishdagi yerlariga quyidagilar kiradi: maydonlar, ko‘chalar, tor ko‘chalar,
yo‘llar, sug‘orish tarmog‘i, sohil bo‘yi yerlari, aholining madaniy-maishiy
ehtiyojlarini qondirish va dam olish uchun foydalaniladigan yerlar (daraxtzorlar,
bog‘lar, sayilgohlar, hiyobonlar, shuningdek ariq tarmoqlari egallagan yerlar),
kommunal-maishiy
ahamiyatga
molik
yerlar
(qabristonlar,
chiqindilarni
zararsizlantirish va ulardan foydalanish joylari)
15
.
Yer
qonunchiligida
belgilanishicha,
aholi
punktlarining
umumiy
foydalanishdagi yerlari yuridik va jismoniy shaxslarga biriktirib qo‘yilmaydi, bu
yerlar bevosita shaxar, tuman davlat hokimiyati organlarining ixtiyorida bo‘ladi.
Umumiy foydalanishdagi yerlarda bu yer qaysi maqsadga xizmat qilsa, faqat
shunga mos keladigan imorat va inshootlar qurishga ruxsat beriladi. Shuningdek,
bu yerlardan tuman yoki shaxar hokimining qaroriga asosan yuridik shaxslar va
fuqarolarga engil imoratlar, ya’ni savdo chodirlari, do‘konchalar, reklama
inshootlari qurish uchun vaqtincha foydalanishga ijara shartlari asosida yer
uchastkalari berilishi mumkin.
Aholi punkti yerlarining huquqiy holati bir xil bo‘lmaydi. Bir qator
umumiylik shaxar va posyolka yerlari huquqiy holatida bo‘lishi mumkin. Qishloq
aholi punktlari yerlari aksincha o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, ular qishloq
xo‘jaligi ishlab chiqarishi bilan yaqindan bog‘liq bo‘ladi.
Aholi punktlari chegarasi doirasidagi ayrim uchastkalar belgilangan
maqsadga ko‘ra quyidagi yerlarga bo‘linadi: shaxar (qishloq) qurilishi yerlari;
umumiy foydalanishdagi yerlar; qishloq xo‘jaligida foydalanadigan yerlar;
daraxtzorlar egallagan yerlar; sanoat, transport, aloqa, mudofaa yerlari; alohida
15
O
‘
zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 64-moddasi
127
muhofaza etiladigan hududlarning yerlari; suv fondi yerlari; zaxira yerlar. Demak,
bu yerlar turlari barcha turdagi aholi punkti yerlarida uchraydi. Belgilangan
maqsadidagi tafovutlar munosabati tufayli sanab o‘tilgan yerlar turlari holatida
ham ma’lum farqlar bo‘ladi. Alohida muhofaza etiladigan hududlar yerlarida
qurilish maqsadlarida yer ucastkalari berish, ekologiyaga ta’sir etuvchi ob’ektlarni
joylashtirish yoki barpo etish, xo‘jalik maqsadlarida foydalanishga yo‘l
qo‘yilmaydi. Qonunchilik umumiy foydalanishdagi yerlarni biror-bir yuridik va
jismoniy shaxslarga berib qo‘yishni taqiqlaydi.
Aholi punktlari yerlarining huquqiy holatida boshqaruv jihatdan ham farqlar
bo‘ladi. Shaxar aholi punktlarining yerlari tuman, shaxar hokimligi tomonidan
boshqarilsa, qishloq aholi punktlarining yerlari tuman hokimligi tomonidan ham,
qishloq xo‘jalik korxonalari boshqaruv organlari tomonidan ham boshqariladi.
Aholi punktlari yerlari huquqiy holati o‘ziga xos-xususiyatlarga egaligi bilan
ajralib turadi. Ya‘ni, aholi punkti yerlari tarkibida yer fondining barcha toifalarini,
ya’ni qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar; sanoat, transport, aloqa, mudofaa
yerlari; alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning yerlari; o‘rmon fondi
yerlari; suv fondi yerlari; zaxira yerlarni uchratish mumkin. Shu sababli, aholi
punkti yerlari huquqiy holatini belgilashda ushbu toifa tarkibiga kiruvchi yerlardan
foydalanishning o‘ziga xos jihatlari e’tiborga olinishi kerak. Masalan, aholi punkti
yerlaridan foydalanishning o‘ziga xos tartiblari O‘zbekiston respublikasi Yer
kodeksining tegishli moddalarida, hamda shaxar, posyolka, qishloqlarni
rivojlantirish rejalarida belgilangan bo‘lsa, aholi punktida joylashgan alohida
muhofaza etiladigan hududlar yerlarining huquqiy holati aholi punkti yerlariga
belgilangan qoidalar bilan bir qatorda ular to‘g‘risidagi qonunda ham belgilangan
bo‘ladi va hokazo. Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, aholi punkti
yerlari turli soha qonunchiligi normalari bilan tartibga solinib, kompleks
(majmualashgan) huquq qoidalari ularning huquqiy holatini belgilaydi. Shu bilan
birga, aholi punkti yerlarining huquqiy holatidagi umumiylikni bu yerlarni
128
boshqarish, foydalanish uchun berish, qaytarib olish kabi holatlardagi
mushtaraklikda ko‘rish mumkin.
Aholi punktlari yerlari huquqiy holatining o‘ziga xos jihatlari binolar va
inshootlar qurilishi uchun berilgan yer uchastkalaridan foydalanish huquqi
turlarida o‘z ifodasini topadi. Qurilish uchastkalari yerlaridan foydalanish huquqi
shu yer uchastkasida joylashgan bino va inshootlarga mulkchilik huquqi bilan
o‘zaro bog‘liq holda bo‘ladi. Yerdan foydalanish huquqi bilan bino va inshootlarga
bo‘lgan mulk huquqining o‘zaro bog‘liqligini yerdan foydalanish huquqini bekor
qilinishi bilan bino va inshootlarga bo‘lgan huquq ham tugatilishi, yoki bino va
inshootlarga bo‘lgan huquq qonunda belgilangan tartibda bekor qilinganda yerdan
foydalanish huquqi ham bekor qilinishida ko‘rish mumkin. O‘zbekiston
Respublikasi Yer kodeksining 22-moddasida ko‘rsatilishicha, korxona, bino,
inshoot yoki boshqa ko‘chmas mol-mulkka nisbatan mulk huquqi, xo‘jalik yuritish
huquqi yoki ularni opyerativ boshqarish huquqi boshqa shaxsga o‘tgan taqdirda,
ana shu ob’ektlar bilan birgalikda mazkur ob’ektlar joylashgan hamda ulardan
foydalanish uchun zarur bo‘lgan yer uchastkasiga egalik qilish va undan doimiy
foydalanish huquqi ham o‘tadi.
Aholi punkti yerlaridan foydalanish huquqi uchun shunday huquqqa ega
bo‘lgan turli xil sub’ektlarning ko‘pligi xaraktyerlidir. Ularga qishloq xo‘jalik
korxonalari, noqishloq xo‘jalik korxonalari, fuqarolar kiradi. Ayniqsa fuqarolar
aholi punktlari yerlaridan foydalanuvchi asosiy sub’ektlar hisoblanadilar. Ular
aholi punkti yerlaridan dehqon xo‘jaligi yuritish, yoki turar-joy qurish maqsadida
foydalanishdan tashqari, garaj, bog‘dorchilik, polizchilik, fyermalar maqsadida
ham aholi punkti yerlaridan foydalanadilar.
Aholi punkti yerlaridan foydalanish huquqi mazmuni ham o‘ziga xos
jihatlari bilan ajralib turadi. Aholining zich joylashganligi, bu yerlarda turli xil
ob’ektlarning ko‘pligi bu yerdan foydalanuvchilarga atrof tabiiy muhitni himoya
etish bo‘yicha alohida majburiyatlar yuklaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |