3§. Qishloq aholi punkti yerlarining huquqiy holati
Qishloq aholi punkti yerlariga yer tuzish tartibida shu toifa aholi punkti
uchun belgilab qo‘yilgan chegaralar doirasidagi yerlar kiradi. Qishloq aholi punkti
yerlarining huquqiy holati O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 68-
moddasida belgilangan. Qishloq aholi punkti yerlarida yashovchi aholining
ko‘pchilik qismi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi bilan band bo‘ladi.
Qishloq aholi punkti yerlarining bosh maqsadi shaxar aholi punkti
yerlarinikidan farqli o‘laroq, nafaqat shu yerda yashovchi aholining madaniy-
maishiy ehtiyojlarini qondirishdan iboratgina emas, balki qisman qishloq xo‘jalik
mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash va saqlashdan ham iboratdir. Shuning
uchun qishloq aholi punkti yerlarining huquqiy holati ba’zi o‘ziga xos
xususiyatlarga ega bo‘ladi. Bularni quyidagilarda ko‘rish mumkin:
1. Qishloq aholi punkti doirasidagi yerlarning ma’lum qismi qishloq xo‘jalik
mahsulotlarini (poliz, meva, uzum va b.q.) etishtirishga mo‘ljallangan. Bu
yerlarning huquqiy holati qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning huquqiy
maqomiga o‘xshash bo‘ladi yoki unga yaqinlashtirilgan bo‘ladi.
2. Qishloq aholi punktlarida fuqarolarga beriladigan yer uchastkalarining miqdori
shaxar aholi punktlaridagiga nisbatan ancha ko‘p bo‘ladi. Bundan tashqari, qishloq
aholi punktlarida yer uchastkalari ikkita joyda ajratib berilishi, ya’ni uy oldida va
aholi punkti uy-joyidan chetda berilishi mumkin.
135
3. Aholi punkti yerlari huquqiy holatida yer va boshqa mulkiy munosabatlar o‘zviy
aloqalik xususiyatiga ega bo‘ladi. Ammo, bu munosabatlar nisbati shaxar va
qishloq joylarda tamomila bir biridan farq qiladi. Asosiy farq shundaki, shaxar
aholi punktida yer uchastkasidagi qurilishdan foydalanish avtomatik ravishda shu
qurilishlarga egalik huquqini keltirib chiqaradi, qishloq aholi punktida esa
qurilishga mulk huquqini qo‘lga kiritish uchun avval yer uchastkasidan
foydalanish huquqiga ega bo‘lish kerak. Shunday qilib, qishloq aholi punktlarida
birinchi navbatda yerdan foydalanish huquqini qo‘lga kiritish asosiy rol o‘ynasa,
shaxar aholi punktlarida esa asosiy rolni uy-joyga mulkchilik huquqiga ega bo‘lish
o‘ynaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksida
18
ko‘rsatilishicha, qishloq aholi
punkti yerlari quyidagilardan iborat bo‘ladi:
1) qishloq aholi punktlarining qishloqlar va ovullar hududidagi yerlari;
2) qishloq aholi punktlarining qishloq xo‘jaligi hamda o‘rmon xo‘jaligi
korxonalari, muassasalari va tashkilotlari hududidagi yerlar.
Qishloq aholi punkti yerlari uy-joylar, madaniy-maishiy, savdo, xizmat
ko‘rsatish va boshqa inshoot va binolar qurish, yo‘llar o‘tkazish, dam olish
maskanlarini joylashtirish, hovuzlar qurish va boshqa maqsadlarda foydalanilishi
mumkin.
Qishloq aholi punktlari yerlarini kelgusi taraqqiyot istiqboliga ega bo‘lgan
va istiqboli bo‘lmagan yerlarga bo‘lish mumkin. Kelgusi taraqqiyot istiqboliga ega
bo‘lgan aholi punktlari qatoriga kiritilgan qishloq aholi punktlarining yerlari
tumanlarning davlat hokimiyati organlari tomonidan shu aholi punktlarining
rejalashtirish va qurilish loyihalariga muvofiq ravishda foydalaniladi. Kelgusi
taraqqiyot istiqboli bo‘lmagan qishloq aholi punktlari yerlaridan xo‘jalikning ichki
yer tuzish loyihasiga muvofiq ravishda foydalaniladi. Ularni sun’iy ravishda
kelgusi taraqqiyot istiqboliga ega bo‘lgan aholi punktlariga o‘tkazish maqsadga
muvofiq emas. Chunki, qishloqlarni yangidan planlashtirib, qaytadan qurish
18
O
‘
zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 68-moddasi
136
natijasida ko‘pchilik bog‘-rog‘lar payhon bo‘lib, yo‘q bo‘lib, qaytadan uy-joylar
qurish katta harajatlarni talab etadi. Shu maqsadda eski qishloqlarni saqlab qolish
maqsadga muvofiqdir.
Qishloq aholi punkti yerlari asosan qishloq xo‘jalik korxonalari egallab
turgan yerlarda joylashgan bo‘lib, ular ushbu korxonalarning jamoat (asosiy)
yerlaridan natura tarzida ajratib qo‘yiladi. Lekin shuni aytish kerakki, bu ikkala yer
fondi o‘rtasida o‘tib bo‘lmaydigan chegara yo‘q emas. Aholining o‘sib borayotgan
ehtiyojlarini e’tiborga olib aholi punktlari yerlarini jamoa yerlari hisobiga tegishli
organlar qaroriga muvofiq kengaytirish mumkin.
Qishloq aholi punkti yerlari o‘z tarkibiga ko‘ra bir xil emas. Ular qishloq
xo‘jaligiga mo‘ljallangan va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan tashkil
topadi. Bundan tashqari, ushbu yerlarni kimning egaligidaligiga qarab mahalliy
hokimiyat organlari ixtiyoridagi yerlar va qishloq xo‘jalik hamda o‘rmon xo‘jaligi
korxonalari, muassasalari va tashkilotlari ixtiyoridagi yerlariga turkumlash
mumkin.. Shuningdek, qishloq aholi punktlari yerlari kellajakda istiqboliga ega
bo‘lgan va kellajakda taraqqiyot istiqboli bo‘lmagan yerlarga bo‘linadi.
Mahalliy hokimiyat organlari ixtiyorida bo‘lgan qishloq aholi punkti
yerlaridan maydonlar, ko‘chalar, sohil bo‘ylari, bog‘lar, parklar, hiyobonlar,
daraxtzorlar barpo qilish, shuningdek madaniy-maishiy, uy-joy ehtiyojlari uchun
foydalaniladi.
Qishloq aholi punkti yerlari doirasida qishloq xo‘jalik korxonalari o‘zlariga
berilgan yer uchastkalaridan uy-joy binolari, madaniy-maishiy binolar, ishlab-
chiqarish binolari va inshootlari qurish hamda qonunda belgilangan fuqarolarga
dehqon xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkalari berish maqsadida foydalaniladi.
Qishloq aholi punktlarining yer doiralari, chegaralari mazkur tumanning
tasdiqlangan rejalashtirish, qurish loyihalariga muvofiq belgilanadi. Bu yerlardan
foydalanish esa qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Mahalliy
hokimiyat organlari ixtiyorida bo‘lgan qishloq aholi punktlari yerlarini berish shu
137
idoralar tomonidan amalga oshiriladi. SHirkat xo‘jaligi egallab turgan yerlarni
berish ularning yuqori organlari qarorlariga asosan amalga oshiriladi.
Qishloq aholi punktlarining yerlari shaxar yerlari doirasiga faqat
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq ravishda
o‘tkazilishi mumkin. Bunday hollarda ushbu yer maydonlari qishloq aholi punkti
yerlari tarkibidan chiqarilib, shaxar yerlari tarkibiga kiritiladi. Shaxar tarkibiga
kirgan yer uchastkalarida shirkatlarning bino va inshootlari uchun haq mahalliy
byudjet hisobidan to‘lanadi.
Yuqorida aytilganlaridan kelib chiqib, qishloq aholi punkti yerlari deganda
tuman davlat hokimiyati organlari tomonidan rejalashtirish, qurish va ichki xo‘jalik
yer tuzilishi rejalariga muvofiq ravishda tasdiqlangan va belgilangan chegara
doiralarida joylashgan, aholining turar-joy, boshqa madaniy-maishiy ehtiyojlariga
kerakli binolar, shuningdek dehqon xo‘jaligi uchun beriladigan yer uchastkalari
tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |