Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti


 §. Mudofaa extiyojlari uchun mo



Download 1,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/130
Sana31.07.2021
Hajmi1,79 Mb.
#134397
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   130
Bog'liq
Ер ҳуқуқи ўқув қўлланма (лотин алифбосида)

§. Mudofaa extiyojlari uchun moljallangan yerlarning huquqiy 
holati 
Mudofaa  extiyojlari  uchun  mo‘ljallangan  yerlarning  tushunchasi 
O‘zbekiston  Respublikasining  Yer  kodeksida  berilgan.  Ushbu  qonunlar 
majmuining 69-moddasida ko‘rsatilishicha, qurolli kuchlar, chegara, ichki ishlar va 
temir  yo‘l  qo‘shinlarining  xarbiy  qismlari,  xarbiy  o‘quv  yurtlari,  korxonalari, 
muassasalari  va  tashkilotlarining  joylashuvi  ham  da  doimiy  faoliyati  uchun 


153 
 
 
berilgan yerlar mudofaa extiyojlari uchun mo‘ljallangan yerlar deb e’tirof etiladi. 
Demak  mudofaa  yerlariga  davlatimiz  qurolli  kuchlari  faoliyatini  amalga  oshirish, 
davlat chegaralarini himoya  qilish,  mudofaa ob’ektlarini  joylashtirish,  poligonlar, 
o‘q  otar  joylari,  xarbiy  shaxarchalar,  omborxona  va  shunga  o‘xshashlarni  qurish 
uchun ajratib berilgan yer uchastkalari taaluqli bo‘ladi. 
Mudofaa  extiyojlari uchun berilgan  yerlar  asosan  O‘zbekiston Respublikasi 
Mudofaa Vazirligi ixtiyorida bo‘ladi. Bundaqy extiyojlar uchun berilgan yerlardan 
foydalanish  huquqining  sub’ektlari  bo‘lib,  mamlakatimiz  chegara,  ichki  ishlar  va 
temir  yo‘l  qo‘shinlarining  xarbiy  qismlari,  xarbiy  o‘quv  yurtlari,  korxonalari, 
muassasalari va tashkilotlari hisoblanadilar. 
Mudofaa  extiyojlari  uchun  yer  ajratib  berishni  so‘rab  murojaat  etish 
huquqiga  Mudofaa  vazirligi,  xarbiy  okrug  qo‘mondonligi,  ularning  mansabdor 
shaxslari  egadirlar.  Mudofaa  extiyojlari  uchun  mo‘ljallangan  yerlarni  hisobi  shu 
yer  uchastkasi  ixtiyorida  bo‘lgan  vazirlik  yoki  davlat  qo‘mitasi  tomonidan  olib 
boriladi. Xarbiy qismlarning yerdan foydalanishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganda 
faqat  yer  uchastkalarining  miqdori  va  tashqi  chegaralari  ko‘rsatiladi,  ichki  yer 
tuzilishi esa ochib berilishi mumkin emas. 
Mudofaa  extiyojlari  uchun  berilgan  yerlar  xarbiy  qismlar  tomonidan  faqat 
belgilangan  maqsadda,  ajratib  berish hujjatida  o‘rnatilgan tartibda  foydalanishligi 
lozim,  yerdan  foydalanishning  aniq  belgilangan  maqsadini  o‘zgartirish  mumkin 
emas. 
Xarbiy  qismlar  qo‘shinning  xarbiy  tayyorgarligi  va  xarbiy  sirni  saqlashga 
ziyon  etkazmagan  holda  qishloq  xo‘jaligi  bilan  shug‘ullanuvchi  sub’ektlarga 
poligon,  aerodrom  va  boshqa  ob’ektlar  yerlaridan  pichan  o‘rish,  qishloq  xo‘jalik 
ekinlarini  ekish,  mol  boqish  uchun  yer  uchastkalarini  foydalanishga  berishga 
xaqlidirlar.  Yer  uchastkalari  xarbiy  qismlar  tomonidan  shu  yer  joylashgan 
xokimlik  ruxsati  bilan  qishloq  xo‘jalik  sub’ektlariga  vaqtncha  foydalanish  uchun 
beriladi.  Qishloq  xo‘jalik  ishlarini  olib  borish  muddati  bunday  xollarda  qishloq 
xo‘jalik  sub’ektlari  hamda  xarbiy  qism  ko‘mondonligi  o‘rtasidagi  kelishuvga 


154 
 
 
binoan  belgilanadi.  Shuningdek  xarbiy  qismlar  o‘zlariga  berib  qo‘yilgan  yer 
uchastkalaridan  vaqtnchalik  yordamchi  xo‘jalik  yuritish  uchun  esa  qishloq 
xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan yer uchastkalari ajratib beriladi. 
Mudofaa  maqsadlari  uchun  ajratib  berilgan  yer  uchastkalari  fuqarolarga 
(shuningdek  xarbiy  xizmatchilarga)  xizmat  uchun  chek  yerlar,  tomorqa 
ko‘rinishida ikkilamchi foydalanish uchun berilishi mumkin emas. 
Mudofaa yerlari huquqiy holatining yana bir o‘ziga xosligi shundaki, bu yer 
uchastkalariga nisbatan yopiq zonalar o‘rnatilishi, ya’ni bu yerlarga begonalarning 
kirishi umuman man qilinishi mumkin. Ushbu tartib tegishli xarbiy qo‘mandonlik 
tomonidan belgilanadi va ham ma uchun bajarilishi majburiy bo‘ladi.  
Mudofaa  yerlari  huquqiy  holatidagi  ba’zi  o‘ziga  xos  xususiyatlar  urush 
sharoitida  kelib  chiqishi  mumkin.  Urush  holati  e’lon  qilingan  joylarda  davlat 
xokimiyati  va  boshqaruvi  organlarining  ham  ma  vazifalari  mudofaa  soxasida 
jamoat  tartibi  va  davlat  xavfsizligini  ta’minlash  maqsadida  yuqori  xarbiy 
boshqaruvi organlari ixtiyoriga o‘tadi. Tegishincha, xarbiy qismlar tomonidan yer 
uchastkalarini  egallash  xarbiy  boshqaruv  organlari  buyerug‘iga  binoan  amalga 
oshiriladi. 

Download 1,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish