91
2)
ishonchlilik;
3)
foydalanishning soddaligi;
4)
samaradorlik;
5)
kuzatuvchanlik;
6)
ko„chiruvchanlik;
7)
umumiy cheklanishlar (narxi,
sarf-harajat, tadbiq etish samarasi,
ta‟minotchi tavsiflari).
Zamonaviy CASE-vositalar axborot tizimlarini loyihalashning
ko„plab texnologiyalarini qamrab olgan: sodda tahlil va hujjatlashtirish
vositalaridan dasturiy ta‟minotning butun hayot siklini qamrab olgan
avtomatlashtirish vositalarigacha.
Axborot tizimlarini ishlab chiqishda eng ko„p mehnat talab qiluvchi
bosqichi loyihalash va tahlil qilish hisoblanadi. CASE-vositalar texnik
qarorlarni qabul qilish va loyiha hujjatlarini tayyorlash jarayonda sifatni
ta‟minlaydi. Bunda axborotlarni vizual taqdim etish usullari katta
ahamiyatga
ega.
Modellashtirishning
grafik
vositalari
ishlab
chiquvchilarga mavjud axborot tizimini ko„rgazmali shaklda o„rganish,
qo„yilgan maqsad va mavjud chegaralanishlarga mos ravishda ularni
qayta qurish imkonini beradi. Zamonaviy CASE-vositalar injinering
(dasturiy tizimni ishlab chiqish) va avtomatlashtirilgan reinjinering
(dasturiy tizim boshlang„ich modelini tiklash) jarayonlarini ta‟minlaydi.
CASE-vositalar toifasiga chegaralangan imkoniyatlarga ega shaxsiy
kompyuterlar uchun nisbatan arzon tizimlar bilan bir qatorda hisoblash
platformalari va operatsion muhitlar uchun qimmat bo„lgan tizimlar ham
kiradi. Zamonaviy dasturiy vositalar bozorida 300 ga yaqin turli CASE-
vositalar mavjud bo„lib, ularning eng kuchlilari g„arbning yetakchi
kompaniya va tashkilotlari tomonidan qo„llanilmoqda. Odatda CASE-
vositalarga dasturiy ta‟minot hayot siklining u yoki bu mosligi
jarayonlarini avtomatlashtiruvchi va quyidagi xususiyatlarga ega bo„lgan
har qanday dasturiy vosita kiradi:
ishlab chiquvchi bilan qulay interfeysni ta‟minlovchi va uning
ijodiy imkoniyatlarini
rivojlantiruvchi, axborot tizimini
hujjatlashtirish va bayon etish uchun kuchli grafik vositalar;
axborot tizimlarini ishlab
chiqish jarayonlarining
boshqaruvchanligini ta‟minlovchi CASE-vositalar alohida
komponentlarining integratsiyasi;
maxsus yo„l bilan loyihalash metama‟lumotlarining
(repozitoriylar) tashkillashtirilgan saqlashini qo„llash.
Integrallashgan CASE-vosita (yoki dasturiy ta‟minotning hayot
www.ziyouz.com kutubxonasi
92
siklini to„liq ta‟minlovchi vositalar to„plami) quyidagi komponentlarni
o„z ichiga oladi:
CASE-vositaning asosi hisoblangan repozitoriy. U loyiha
talqinlari va uning alohida komponentlarini saqlashni ta‟minlashi,
guruhli ishlab chiqishda turli ishlab chiquvchilar axborotlarini
sinxronlashtirishi, metama‟lumotlarning to„laligini va to„g„riligini
nazorat
qilishi lozim;
axborot tizimi modelini tashkil qiluvchi, iyerarxik bog„langan
diagrammalarni (DFD, ERD va boshqalar)
yaratish va tahrirlashni
ta‟minlovchi tahlil qilish va loyihalashning grafik vositalari;
4GL tili va kod generatorlarini o„z ichiga olgan holda ilovalarni
ishlab
chiqish vositalari;
konfiguratsion boshqarish vositalari; hujjatlashtirish vositalari;
testlash vositalari;
loyihani
boshqarish vositalari; reinjiniring vositalari.
Do'stlaringiz bilan baham: