Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/130
Sana28.07.2021
Hajmi2,13 Mb.
#131056
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   130
Bog'liq
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)

Multimedia-texnologiyalar 
Multimedia  –  ovoz  va  tasvir  ko„rinishidagi  axborotlarga  ishlov 
beruvchi  dasturiy-apparat  vositalar  to„plamidir.  Multimedia  ovoz, 
ma‟lumotlar  va  tasvirlarni  hududiy,  regional  va  global  tarmoqlar 
(masalan, shaxsiy videokonferentsiyalar o„tkazish uchun) orqali uzatish 
uchun ishlab chiqilgan. 
Har  birimiz  quyidagi  jumlani  bir  necha  bor  eshitganmiz  – 
«kompyuter  hamma  narsaga  qodir».  Ammo,  real  hayotda  bunday 
ta‟riflashning  tasdig„ini  ko„rish  qiyin,  chunki  kompyuterning  to„liq 
imkoniyatlari asosan kichik doiradagi mutaxassislar uchungina ma‟lum. 
Bu  imkoniyatlarni  odatiy  axborot  muhitida  ochib  beruvchi  multimedia 
texnologiyasining  yuzaga  kelishi  bilan  vaziyat  o„zgardi.  Hozirgi  kunda 
multimedia  texnologiyasining  rivojlanishi  bilan  jahonda  faoliyatning 
turli  sohalarini  kompyuterlashtirishning  yangi  bosqichi  kuzatilmoqda. 
Foydalanuvchi  interfaol  rejimida grafika, animatsiya,  foto, video,  ovoz, 
matn  va  boshqa  axborotlar  ustida  ishlashi  uchun  yangi  imkoniyatlarga 
ega  bo„lgan  integrallashgan  axborot  muhitini  yaratadi.  Multimedia 
texnologiyalari  ta‟limda  ham  keng  qo„llanilmoqda  –  yoshlardan 
qarilargacha  va  oliy  o„quv  yurtlari  auditoriyalaridan  uy  sharoitigacha. 
Multimdia  mahsulotlaridan  turli-tuman  axborot,  namoish  etish  va 
reklama maqsadlari uchun ham samarali foydalanmoqdalar. 
Axborot  jamiyatida  multimedia-texnologiyalarining  rivojlanishini 
industrial 
jamiyatda 
kinoning 
yaratilishi 
bilan 
taqqoslaydilar. 
Multimedia  mahsulotlarining  farqlanuvchi  tavsifi  katta  hajmli  axborot 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
85 
 
hisoblanadi. 
Hozirgi  kunda  bunday  mahsulotlarning  asosiy  tashuvchisi  standart 
hajmi  700  Mbayt  bo„lgan  CD-ROM  optik  disklari  hisoblanadi.  1996-yilda 
5,1  mln.  CD-ROM  sotilgan  bo„lsa,  1999-yilga  kelib  savdo  hajmi  52,1 
million  diskni  tashkil  etdi.  Jahon  bozorida  savdo  hajmi  3  yilda  10 
barobar  ortgan  boshqa  sektor  mavjud  emas.  Jahon  bozorida  CD-ROMda 
minglab multimedia mahsulotlari taklif qilinmoqda. 
Odatda kataloglar quyidagi bo„limlarni o„z ichiga oladi: 
 ensiklopediyalar va ma‟lumotnoma (справочник)lar; 
 ta‟lim; 
 qiziqishlar (развлечения); o„yinlar; 
 o„rgatuvchi (o„qituvchi) va rivojlantiruvchi o„yinlar. 
Keng  savdoga  mo„ljallangan  mahsulotlar  bilan  bir  qatorda 
universitetlarda  o„quv  jarayonlari  uchun  ishlab  chiqilgan  multimedia 
ilovalar ham mavjud (Proceedings of ED-MEDIA 94-World Conference 
on Educational Multimedia and Hypermedia, Vancower, Canada, June, 
1994).  Bu  ilovalar  asosan  mahsulot  sifatiga  ega  emas,  ammo  uslub, 
tezkorlik va o„quv yurtlari ehtiyojlarini qondirish nuqtai nazaridan katta 
ustunlikka ega hisoblanadi. 
Tez  rivojlanayotgan  yo„nalishlardan  yana  biri  multimedianing 
telekommunikatsiyalarda  qo„llanilishi  hisoblanadi.  Ko„plab  katta 
firmalar 
ISDN 
standartidagi 
shisha-tolali 
tarmoqlar 
asosida 
kommunikatsiyalarni 
ishlab  chiqish  bo„yicha  izlanishlar  olib 
bormoqdalar.  Bunday  tarmoq  kanalining  o„tkazuvchanlik  qobiliyati  64 
Kbit/sek  va  foydalanuvchi  uchun  bir  vaqtda  bir  nechta  kanal  taqdim 
etilishi  mumkin.  Taklif  qilinayotgan  qo„llanishlar  doirasi  keng  – 
multimedia  katalog  bo„yicha  mahsulotga  buyurtma  berish  va  buyurtma 
teleko„rsatuvni  ko„rishdan  zarur  bo„lgan  kitobni  tanlash  va  multimedia 
telekonferensiyada  ishtirok  etishgacha.  Bunday  ishlanmalar  umumiy 
nomga ega – Information highway va hozirgi kunda ularni davlat dasturi 
doirasida birlashtirish ko„zda tutilmoqda. 
Hozirda  multimedia-texnologiyalar  axborot  texnologiyalarining 
jadal  rivojlanayotgan  sohalaridan  hisoblanadi  (Apple,  Motorola,  Sony, 
Philips,  Intel,  IBM  va  boshqalar).  Qo„llanilish  sohasi  turlicha:  interfaol 
o„qitish va axborot tizimlari, ko„ngilochar dasturlar, avtomatlashtirilgan 
loyihalash  tizimlari  (SAPR  –  системы  автоматизированного 
проектирования – avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari) va h.k. 
Multimedia  texnologiyasining  asosiy  xarakterli  xususiyatlari 
quyidagilar hisoblanadi: 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
86 
 
a)
 ko„p tashkil etuvchilardan iborat axborot muhitini (matn, ovoz, 
grafika, foto, video) yagona raqamli ko„rinishda ifodalash; 
b)
 katta hajmli axborotlarni ishonchli (nusxalashda yo„qotishlarning 
mavjud emasligi) va uzoq muddatli (o„nlab yillar) saqlash; 
c)
 axborotlarga ishlov berishning soddaligi. 
Hozirda  erishilgan  texnologiya  yangi  optik  tashuvchi  –  DVD 
standartiga  asoslangan.  Bu  standart  o„nlab  Gbaytgacha  hajmga  ega  va 
avvalgilarining  barchasini  almashtiradi:  CD-ROM,  Video-CD,  audio-CD. 
DVDni  qo„llash  raqamli  axborotning  bir  turliligini  ta‟minlash  imkonini 
berdi.  Birgina  qurilma  audiopleyer,  videomagnitafon,  CD-ROM,  disk 
yurituvchi va boshqalarni almashtiradi. 
Ko„plab  tashkil  etuvchilardan  iborat  multimedia  muhitini  uch 
guruhga  bo„lish  maqsadga  muvofiq:  audioqator,  videoqator  va  matnli 
axborot. 
Audioqator suhbat, musiqa, turli effekt (samara)larni (Wave (to„lqin) 
belgilanishi orqali birlashtiriluvchi shovqin, g„ichirlash, chaqmoq va h.k. 
turdagi ovozlar) o„z ichiga oladi. 
Videoqator  audioqatorga  nisbatan  elementlarining  ko„pligi  bilan 
farqlanadi. Videoqator grafika (rasmlar, yuza, grafik rejimdagi belgilar) 
va rasmni (fotografiya va skanerlangan tasvirlar) o„z ichiga oladi. Audio 
va  videoqatorlarni  amalga  oshirishdagi  sezilarli  hajm  (to„liq  bir  ekran 
62,5  dan  300  Kbayt.gacha)  axborot  tashuvchiga,  videoxotiraga  va 
axborotni uzatish tezligiga yuqori talablarni qo„yadi. 
CD-ROMga  matnli  axborotni  joylashtirishda,  optik  diskning  katta 
hajmli axborot sig„imi bilan bir qatorda, hech qanday murakkabliklar va 
chegaralanishlar yo„q. 
Multimedia-texnologiyalardan  foydalanishning  asosiy  yo„nalish-
lariga quyidagilarni kiritish mumkin: 
 ma‟lumot olish maqsadlari uchun elektron nashrlar, ko„ngilochar 
dasturlar va h.k.; 
 telekonferentsiyalarda qo„llash mumkin bo„lgan buyurtma 
teleko„rsatuvlarni ko„rishdan multimedia- konferentsiyalarda 
ishtirok etish uchun zarur kitobni tanlashgacha; 
 foydalanuvchi so„roviga asosan ko„rgazmali axborot beruvchi 
multimediali axborot tizimlari («multimedia-kiosk»). 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish