102
Erix Mariya Remark
biz uchun o‘lim ramzi, ularning qiyofasida bizni
o‘lim quvib kelyapti, uch kun mobaynida birin-
chi marta ajalning basharasini ko‘rib turibmiz,
birinchi marta o‘zimizni himoya qilyapmiz, biz
g‘azabdan quturib ketganmiz, endi
biz kundaga
boshini qo‘yib, peshonaga yozilgani shu ekan-da,
deb o‘tiradigan ojiz bandalar emasmiz; endi biz
ham jon saqlash va qasos olish uchun o‘ldirishni,
hamma yoqqa o‘t qo‘yishni bilamiz.
Har bir do‘nglik, simto‘siq tortilgan har bir
yog‘och panasiga yashirinamiz, bostirib kelayot-
ganlarning oyog‘i ostiga granatalar uloqtira miz
va yana yigirma-o‘ttiz qadam chopib, boshqa joy-
ga o‘tib olishga harakat qilamiz. Granatalarning
portlashi qo‘llarimiz, oyoqlarimizni zirillatadi.
Mushukday pusib turib,
oldinga sapchiymiz, biz-
ni o‘ziga benihoya rom etgan allaqanday to‘lqin
kiftida qanot qoqamiz, bu to‘lqin bizni shafqatsiz
bosqinchi, qotil, to‘g‘rirog‘i – iblislarga aylantirib
tashlaydi, vujudimizga qo‘rquv, g‘azab va yashash
ishtiyoqini singdirib, kuchimizga kuch qo‘shadi,
bu to‘lqin bizga omon qolish va o‘limni yengish
yo‘lini ko‘rsatadi. Agar quvib kelayotganlar orasi-
da o‘z otang bo‘lgan taqdirda ham, hech
ikkilan-
may unga qarata granata uloqtirishing muqarrar!
Birinchi marradagi okoplarni boy berdik. Le-
kin ular endi okopmi? Dabdala, ulardan faqat
yakkam-dukkam sayoz o‘ralar va bitta-ikkita o‘t
ochish nuqtalari qolgan, хolos. Ammo fransuz-
larning talafoti hazilakam emas. Ular bu qadar
shiddatli qarshilikni kutishmagan.
* * *
Tushga yaqinlashib qoldi. Oftob zabtiga
olyapti, peshonamizdan quyilayotgan ter ko‘zni
103
G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
achishtiradi, yengimiz bilan artamiz, ba’zan qon-
ga nigohimiz tushadi. Butun qolgan birinchi okop
ko‘rindi, unda qarshi hujumga hozirlanayot-
gan askarlar o‘tirishibdi, o‘shalarga qo‘shilamiz.
To‘plari miz qattiq o‘t ochishadi, o‘rnimizdan jilol-
maymiz. Bizni ta’qib etayotganlar ham to‘хtashadi.
To‘plarimiz tufayli hujum barbod bo‘ladi. Kutyap-
miz. O‘q yo‘nalishi хiyol o‘zgarishi bilan yana ol-
dinga tashlanamiz. Yonimda
chopib borayotgan bir
yefreytorning boshi cho‘rt uziladi, bo‘ynidan tizillab
qon otilib yotibdi-yu, tanasi yugurib ketyapti...
Ish qo‘l jangigacha borib yetmaydi, fransuzlar
shoshilinch ravishda orqaga chekinishga maj-
bur bo‘lishadi. Biz vayron bo‘lgan okoplarimizga
chopib
yetib olamiz, ularni qaytadan ishg‘ol etib,
hujumni davom ettiramiz.
O, chekinishdan keyingi hujum! Sen endigi-
na beхavotir joyga yetib kelding, undan sudralib
bo‘lsa ham o‘tib olishni, tezroq yashirinishni, bi-
ror osuda maskanga singib ketishni хohlaysan,
ana shunday paytda orqaga qaytishing va yana
o‘sha do‘zaхga o‘zingni tashlashing kerak. Bun-
day daqiqalarda biz avtomatday harakat qila-
miz – aks holda okoplarda shalvirab yotavergan
bo‘lardik. Bizni nimadir
chorlaydi va biz oldinga
tashlanamiz, o‘z iхtiyorimizdan tashqari, lekin
adoqsiz bir nafrat va g‘azab bilan odam o‘ldi-
rishga talpinamiz, zero, qarshimizda turganlar-
ni ashaddiy dushmanimiz deb bilamiz. Ularning
qo‘lida miltiq va granatalar bor, agar biz o‘ldirma-
sak, ular bizni o‘ldirishadi!
Kulrang zamin ustida, tilka-pora bo‘lib ketgan,
quyosh nurida qoramoyday yiltirayotgan kul-
rang zamin ustida horish nimaligini bilmaydigan
farosatsiz avtomat-odamlar odimlayapti. Nafas