Markazlashgan marketingdan faqat bitta bozor segmenti
uchun tovar ishlab chiqarilgandagina foydalaniladi. Bu marketing
strategiyasidan, asosan, alohida xususiyatga ega bo‘lgan tovarlar
ishlab chiqarganda chegaralangan mablag‘ga va imkoniyatga
ega bo‘lgan firmalargina foydalanadi. Bunda sotish hajmi uncha
yuqori bo‘lmaydi. Ammo firma bozorda yaxshi joylashib oladi.
Diversifikatsiya — marketing strategiyalarining eng
zamonaviy usullaridan biri bo‘lib, bir necha tarmoqlarga bir-
ikki segmenti uchun tovar va marketing tadbirlarini ishlab chiqish
va amalga oshirishdir. Bu marketing strategiyalarini tanlashda:
tovarning xili; firmaning o‘lchami (katta-kichikligi); bozordagi
o‘rni; mablag‘lari; bozordagi raqobatchilarining o‘rni; tovar
markasining mashhurligi singari omillar nazarda tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |