Rivojlantirish instituti j. J. Jalolov, I. A. Ahmedov, I. S. Hotamov korxona tashqi iqtisodiy


Sotishga taklif qilingan tovarning bahosi va miqdori



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/120
Sana20.07.2021
Hajmi0,79 Mb.
#124196
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   120
Bog'liq
korxona tashqi iqtisodiy faoliyati va marketing kasb-hunar kollejlari talabalari uchun oquv qollanma

Sotishga taklif qilingan tovarning bahosi va miqdori
Tovarning bahosi, co‘ m hisobida (B) 
Sotishga taklif qilingan tovar 
100 200 
80 180 
60 150 
40 110 
20 50 


1 7 8
Tovarlar bahosi va uning sotishga taklif qilingan miqdori
orasidagi bog‘liqlik taklif chizig‘ida ayniqsa yaqqol ko‘zga
tashlanadi (7-chizma).
7-chizma. Tovar taklifi.
Jadvalda keltirilgan ma’lumotlar taklif shkalasi bo‘lib, ular
shuni ko‘rsatadiki, baholar past bo‘lganga qaraganda yuqoriroq
bo‘lgan holda tovar sotuvchilar uni ko‘proq miqdorda bozorga
chiqaradilar. Bu tabiiy hol bo‘lib, sotuvchilarda baholar yuqori,
balandroq bo‘lganda ko‘proq foyda olish imkoniyati tug‘iladi
va, demak, ular bu holatdan foydalanib, ko‘proq foyda olishga
intiladilar. Bu tovar taklifi mohiyatini tushunishdagi eng muhim
xususiyatlardandir. U o‘z-o‘ziga zamon va makonda mavjud
bo‘lgan normal ishlab chiqarish jarayonining buzilishiga olib
keluvchi taklifni — talabga mos keltirishni aks ettiradi. Tovar
taklifining bosh tavsifi uning sifat jihatidir, ya’ni uning xarid
qiymati va ehtiyojni qondira olish imkoniyatidir. Tovar
taklifining miqdoriy tomonini hisobga olish muhim shartlardan
biridir. Chunki tovar miqdori ijtimoiy ko‘lamda ma’lum bir
talabni qondiradi, shuning uchun ana shu ijtimoiy talabning
aniq bir o‘lchamini bilish kerak. Tovar taklifining miqdori va
sifat jihati — ishlab chiqarishga bog‘liq bo‘lib, uning miqdori
va tarkibi bilan ifodalanadi. U esa, o‘z navbatida, talab bilan


1 7 9
aniqlanadi. Talab bilan ana shunday murakkab o‘zaro bog‘lanish
tovarli taklifni xarakterlaydi.
Taklif va jamiyatda ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori
jihatidan ham, tarkibiy jihatdan ham ma’lum bir vaqt ichida bir-
biriga mos kelmaydi. Bunga ko‘pgina sabablar bor. Kombinatsiya-
lashgan ishlab chiqarish sharoitida bozorga ikkilamchi qayta
ishlash mahsulotlari taklif qilinadi. Bu esa oldi-sotdi aktlari
sonining kamayishiga olib keladi. Bundan tashqari, talab va
taklif orasidagi nomutanosiblikni bartaraf etish uchun zaxira
fondi zarur. Bu fond muomala jarayonida kamaya boradigan
tovarlar o‘rnini qoplash uchun kerak. Misol uchun ishlab
chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining bir qismi shaxsiy
ehtiyojlar uchun; urug‘likka, yem-xashak va boshqa fondlarga
bo‘linadi va tovarli taklif shaklini olmaydi. Yoki mahsulotning
tashqi bozorga eksport qilinadigan qismi ishlab chiqarishga
nisbatan ichki bozorda tovar taklifini kamaytiradi yoki
ko‘paytiradi. Bozorda tovarli taklif shaklini olgan ijtimoiy ishlab
chiqarishning ma’lum o‘lchoviga talab shaklini olgan ijtimoiy
ehtiyoj qarama-qarshi turadi. 
Talab — bozorga qo‘yilgan
tovarlarga ehtiyojdir. Bu ehtiyojning bir qismidir. Bozorda u tovarli
taklifga qarama-qarshi turar ekan, qiymat shaklida ifodalanadi
va pul mablag‘lari bilan ta’minlanadi. Mana shunga asosiy
e’tiborni qaratish lozim. Kimki olgan tovari o‘rniga pul taklif
qilsa, uni talabni ifodalovchi deb atash mumkin. Shuning uchun
talabni to‘lovga qodir ehtiyoj deb aniqlash mumkin. Xaridorning
ana shunday talabini qondirish uchun bozor mavjuddir. Xaridor
manfaatining iqtisodiy tomoni — o‘z pulini zarur iste’mol
buyumiga almashtirish, ya’ni tovar sotib olishdir. Bu —
xaridorning sotuvchi tomonidan taklif qilinayotgan tovarlardan,
paydo bo‘lgan ehtiyojni eng ko‘proq va samarali qondira
oladiganini tanlab olishga harakat qilishidir.
Talab hamma vaqt aniqdir, chunki u har doim ma’lum bir
bozorda, aniq bir tovarlarga nisbatan mavjud bo‘ladi. Talabning
bunday xususiyati uning miqdoriy va sifat jihatidan kelib chiqib,
uning mustaqilligini tavsiflaydi va tovar-pul muomalasining
normal jarayoni buzilishi va chekinishlarga yo‘l qo‘yilishi
mumkinligidan kelib chiqadi. Bunday chekinishlar ma’lum
qiymat va natural buyum shaklida ifodalangan talabning aniq
shakliga tovarli taklif mos kelmay qolganda ro‘y beradi. Talab
juda harakatchan va o‘zgaruvchandir. O‘zgaruvchanlik va


1 8 0
egiluvchanlikni talabning asosiy xususiyatlari deb qarash
mumkin. Buni o‘z vaqtida K.Marks ham ko‘rsatib o‘tgan edi.
U talab shaklidagi ijtimoiy ehtiyojni faqat bir qarashda qat’iy
qayd etilgan miqdoriy aniqlikka ega bo‘lishi mumkin deb
hisoblagan. 
Amalda talabning ijtimoiy ehtiyojlardan farqlanish
chegarasi turli tovarlar va aholining turli tabaqasi uchun juda
xilma-xildir. Turli tabaqa va guruhlarning, jamiyatning yalpi
daromadi ana shu chegarada tebranib turadi. Talabning o‘ziga
xos xususiyatlaridan biri — uning ijtimoiy mohiyatidir. Bu
jamiyatda turli guruh va qatlamlarning vakillari, turlicha
iqtisodiy-ijtimoiy va turmush sharoitiga ega bo‘lganligidan bir
xil tovarlarga turlicha talabni vujudga keltirishda namoyon
bo‘ladi. Tovarlar — shaxsiy buyum va ijtimoiy jamoa iste’moli
uchun yoki ishlab chiqarish iste’moli uchun mo‘ljallangan ishlab
chiqarish vositasi sifatida sotiladi va sotib olinadi. Shuning uchun
talabni ishlab chiqaruvchilar va xaridorlar qo‘yadi. Demak, talab
darajasiga bir qancha omillar ta’sir ko‘rsatadi. Ularning ayrimlari
quyidagilardir:
T = f (E
x

B, B
o

B
t

D, D
f

I
m

F),
bu yerda, 
T — tovar (xizmat)larga talab; E
x
 — iste’molchining
ehtiyoji; 
B, — tovarning bahosi; B
o
 — almashtira oladigan
tovarning narxi; 
B

— to‘ldiruvchi tovarning narxi; 
D —
iste’molchining daromadi; 
D

— iste’molchining daromadliligi,
ya’ni sotib olish qobiliyati; 
I
m
 — iste’molchining madaniy,
ma’naviy darajasi; 
F — iste’molchining iqtisodiy kelajagi haqidagi
fikri.
4-jadval

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish