Rivojlantirish instituti j. J. Jalolov, I. A. Ahmedov, I. S. Hotamov korxona tashqi iqtisodiy


Tovarning bahosi va talab o‘rtasidagi bog‘liqlik



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/120
Sana20.07.2021
Hajmi0,79 Mb.
#124196
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   120
Bog'liq
korxona tashqi iqtisodiy faoliyati va marketing kasb-hunar kollejlari talabalari uchun oquv qollanma

Tovarning bahosi va talab o‘rtasidagi bog‘liqlik
Tovarning bahosi, co‘ m hisobida (B) 
Talab, ya’ ni sotilgan tovar 
miqdori (T) 
100 30 
80 45 
60 60 
40 80 
20 110 


1 8 1
8-chizma. Tovarga bo‘lgan talab
Shunday qilib, 
talabga ta’sir etuvchi omillarni uch guruhga:
tovarlarning narxi, iste’molchilarning daromadi va ularning
ehtiyojiga ajratish mumkin ekan. Bular ichida talab va baho (narx)
orasidagi uzviy bog‘liqlik alohida diqqatga sazovor.
4-jadval va 8-chizmadan ko‘rinib turibdiki, tovarning narxi
pasaygan sari uni sotish osonlashadi va, demak, sotilgan miqdori
ortib boradi va, aksincha, bozor uchun ishlab chiqarilgan
tovarlarning miqdori ortishi bilan esa uning bahosi pasaya boradi.
Shunday qilib, talab — to‘lovga qobiliyatli ehtiyojning bozor
shaklidagi namoyon bo‘lishidir. Marketing strategiyasi va
taktikasida ehtiyoj ham xuddi talab singari chuqur o‘rganiladi.
Ehtiyoj — insonning, ma’lum ijtimoiy guruhlarning yoki butun
jamiyatning hayot faoliyatini ta’minlash uchun muhim bo‘lgan
zaruriyatdir. Bunday ta’rif bir tomonlama xarakterga ega. Chunki
u ehtiyojning vujudga kelish jarayonini to‘liq qamrab ololmaydi.
Yanada kengroq ma’noda ehtiyojni — iste’mol bilan bog‘liq
munosabatlar yig‘indisi deyish mumkin. Ehtiyojning chegarasizligi
va doimo kengayib borish qobiliyati, insonning hayvonot olamidan
ajralib turuvchi muhim xususiyatlaridan biridir. Ehtiyoj ko‘pincha:
— «to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlab chiqarishdan yoki ishlab chiqarishga
asoslangan buyumlarning mohiyatidan tug‘iladi». Shuning uchun
ehtiyoj va ishlab chiqarish bir-biri bilan chambarchas bog‘liq.
Takror ishlab chiqarish jarayonida ehtiyoj o‘z rivojlanishida ishlab
chiqarishdan o‘zib ketadi, uning yanada o‘sishi va takomillashi-


1 8 2
shini rag‘batlantiradi, ya’ni bir vaqtning o‘zida ishlab chiqarishning
natijasi va sababchisi bo‘lib maydonga chiqadi. 
Jamiyat rivoji
jarayonida ehtiyoj o‘zgarib va o‘sib boradi. Bittasi yo‘qoladi, yangisi
paydo bo‘ladi. Ehtiyojlarning iyerarxiyasi, tarkibi va miqdoriy
o‘zgarish bilan birga sifat o‘zgarishi ham yuz beradi. Ijtimoiy va
madaniy ehtiyojlar oshib boradi. Bugungi kunda bu ayniqsa,
muhim ahamiyat kasb etmoqda. Inson yangi hayotiy tajriba orttira
borib, yangi ehtiyoj hosil qiladi. Amaliyot — ehtiyojlar o‘sishining
eng muhim omilidir. Iste’mol tovarlariga ehtiyoj va talab iqtisodiy,
ijtimoiy, demografik, tabiiy iqlim sharoitlari ta’sirida vujudga
keladi. Haqiqiy bozor siyosatida talabni har tomonlama o‘rganish,
uning rivojlanish xususiyatlari va qonuniyatlarini tahlil qilish,
miqdoriy va tarkibini istiqbollash zarur. Bozorda mavjud bo‘lgan
tovarlarning taklifi va unga bo‘lgan talab baho mexanizmi bilan
bog‘liqdir.
Baho — tovarning pulda ifodalangan qiymati sifatida iste’mol
bozorining to‘laligiga sezilarli ta’sir qiladi. Baholar ko‘tarilganda
tovarlarga talab qisqarishi, pasayganda talab oshishi zarur. Shu
bilan birga bahoning o‘zi ham talab va taklif ta’sirida bo‘ladi.
Bozor baholarining haqiqiy baholardan (yangi tovar qiymatidan)
chekinishi turli tovarlar uchun turlichadir. Ba’zi bir tovarlar
uchun taklifning talabga moslashishi, ularning muvozanatlanishi
boshqalarga nisbatan tez va oson ko‘chadi. Bahoning iste’mol
tovarlari bozori sig‘imiga ta’siri o‘zaro bog‘liq omillar bilan
aniqlanadi. Bular — ishlab chiqarishning miqdori va tarkibi,
iste’molchining tovarli va tovarsiz qismi nisbati, xomashyo
qiymati va boshqalardir. Ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan
omillar ham mavjud. Ularga, masalan, shu mahsulotga bo‘lgan
zaruriy talab va uning qondirilishi darajasini misol qilib keltirish
mumkin. Kundalik ehtiyoj tovarlari (asosiy oziq-ovqat
mahsulotlari, kiyim-kechak va boshq.)ga talab — baholarning
yuqori bo‘lishiga qaramasdan, doim yuqori bo‘ladi, aksincha,
ba’zi tovarlarga bo‘lgan bugungi talab to‘la qondirilsa ham, u
bozor sig‘imining kengayishiga ta’sir qilmaydi. Baholar, bir
tarafdan zaruriy ijtimoiy xarajatlarning pulli o‘lchovidir,
ikkinchidan, ishlab chiqarish va iste’molchining keyingi rivoji
uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar to‘plamining yig‘uvchisi
(akkumulatorlari)dir. Chakana narxlarda taqsimot munosa-
batlarining ijtimoiy-iqtisodiy tomonlari, ya’ni, avvalo, jamg‘arma
va iste’molning nisbati, davlat budjeti resurslarini tashkil qilish
o‘z aksini topadi.


1 8 3
Talab, taklif va baho bozorning asosiy elementlari bo‘lib, ular
o‘zaro doimo dialektik aloqada bo‘ladi. Ularning harakati talab
va taklif iqtisodiy qonunini aks ettiradi. Bu qonunning asosiy
mohiyati — talab va taklif miqdori va tarkibining bir-biriga mos
kelishi, ya’ni ularning muvozanatidir. Bu esa ulardan ishlab
chiqarishning yuqori darajada o‘sishini hech bir to‘siqsiz
realizatsiya qilish ularning o‘zaro bir-biriga mos kelishini talab
qiladi. Talab va taklif orasidagi mutanosiblik ijtimoiy ishlab
chiqarish jarayonida ishlab chiqarish vositalari va iste’mol
buyumlari bilan, mehnat unumdorligining o‘sishi jadalligi va
aholining daromadi nisbati bilan, baholarning umumiy darajasi
va alohida tovarlarning bahosi bilan bog‘liqdir. Bu mutanosiblikka,
ayniqsa, ehtiyojlarning o‘sib borishi qonuni katta ta’sir ko‘rsatadi.
Chunki bu qonun ta’sirida xaridorlarning bozordagi tovarlar
assortimenti va sifatiga bo‘lgan talabi kuchayadi. Talab va taklif
qonuni tovar ishlab chiqarishga asoslangan har qanday ijtimoiy-
iqtisodiy jamiyat uchun xarakterlidir. Bu qonunning amal
qilmasligi natijasida bozor elementlari butunlay yo‘q qilingan
edi. Mana shuning uchun har doim talab va taklif mavjud bo‘lgan
bozor faoliyati natijasida o‘ylab topilgan marketingga qiziqish
bugungi kunda kuchayib boryapti.

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish