0605010202 149
J
M 361( 04) 2004
2004-y.
© «BILIM», 2004-y.
O‘MKHTM, 2004-y.
3
KIRISH
XXI asrning dastlabki yillaridanoq insoniyat hayoti va
faoliyatining barcha sohalarida ulkan ijobiy o‘zgarishlar sodir
bo‘lmoqda. Tabiiyki, bu quvonchli holdir. Ushbu o‘zgarishlar
mustaqil respublikamiz hayotining turli jabhalarida, jumladan,
fan va ilmiy tadqiqotlarni, texnikani rivojlantirish, yangi
texnologiyalar yaratish, ishlab chiqarishni tashkil qilish va uni
boshqarishda ham yaqqol namoyon bo‘lmoqda.
Mustaqilligimizning o‘n uch yilligi davrida ijtimoiy-iqtisodiy,
siyosiy, madaniy-ma’naviy va tashqi iqtisodiy faoliyat sohalarida
olamshumul yutuqlarga erishildi. Prezidentimiz tomonidan
ishlab chiqilgan va asoslab berilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tish
tamoyillari amalda o‘z samarasini bera boshladi. Amalga
oshirilayotgan islohotlar jamiyat kishilarining farovonligi,
ularning hayoti gullab-yashnashi uchun qaratilganligi, odamlar —
islohotlar uchun emas, balki islohotlar — odamlar uchun xizmat
qilishi zarurligi Yurtboshimiz tomonidan takror va takror
ta’kidlanmoqda. Iqtisodiy islohotlarning natijalariga ko‘ra,
barcha asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar o‘sib bormoqda. Buni
quyidagi misolda ko‘rish mumkin: O‘zbekistonda yalpi ichki
mahsulotning o‘sishi 1996-yilda — 1,6 foiz, 1997-yilda esa —
5,2 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, 2000-yilda bu ko‘rsatkich 4,6
foizga va 2002-yilda 4,2 foizga yetgan; sanoat mahsulotlari ishlab
chiqarish hajmi — 8,5 foiz, iste’mol mollari ishlab chiqarish
hajmi — 6,5 foizni tashkil qilgan; qishloq xo‘jaligida — 6,1
foiz, qurilishda esa — 3,5 foiz o‘sishga erishildi. Bunday iqtisodiy
o‘sish inflatsiya darajasining pasayishiga ham olib kelmoqda.
2002-yilda inflatsiya darajasi 2001-yildagiga nisbatan 2,3 marta
pasayib, oyiga o‘rtacha 1,6 foizni tashkil qilgan.
Respublikamizning tashqi iqtisodiy aloqalari kun sayin
rivojlanib, kengayib bormoqda. Jahon hamjamiyatida mustah-
4
kam mavqeni egallash, xalqaro mehnat taqsimotida dav-
latimizning o‘ziga xos o‘rni bo‘lishini ta’minlash borasida amalga
oshirilayotgan chora-tadbirlar ham samara bera boshladi. 2002-
yilda respublikamizning tashqi savdo saldosi ijobiy bo‘lib, u
276,4 mln. AQSH dollaridan ortiqroq summani tashkil etdi.
Mamlakatning to‘lov balansi mustahkamlandi. Hukumatimiz
tomonidan olib borilayotgan import o‘rnini qoplovchi va
eksportga yo‘naltirilgan tovarlar ishlab chiqarish siyosati
natijasida eksport-import tarkibi tubdan o‘zgartirilmoqda. 2002-
yil yakunlariga ko‘ra mexanik asbob-uskunalarni eksport qilish
4,5 marta, elektr jihozlari, jumladan, televizorlar, videomagni-
tofonlar va audiotexnika eksporti — 2,6 marta, trikotaj
matolarining eksporti — 2 marta oshdi. Import tizimida esa 70
foiz mahsulot ishlab chiqarish va texnika yo‘nalishiga to‘g‘ri
keldi. Shundan 48 foizdan ortig‘i mashina va uskunalar
hisoblanadi.
Respublikamizning tabiiy-iqtisodiy resurslari, transport
tizimi, jo‘g‘rofiy jihatlari uning xalqaro hamkorlikdagi ishtirokini
belgilab beradi. O‘zbekistonda hozirga qadar 2,7 mingdan ziyod
turli foydali qazilma konlari va ma’danlar aniqlangan. Ular
100 ga yaqin mineral-xomashyo turlarini o‘z ichiga oladi,
shundan 60 ga yaqini ishlab chiqarishga jalb etilgan.
Mamlakatimiz hududida 900 dan ortiq kon qidirib topilgan
bo‘lib, ularning tasdiqlangan zaxiralari 970 milliard AQSH
dollarini tashkil etadi. Shu bilan birga, umumiy mineral-
xomashyo zaxirasi 3,6 trillion AQSH dollariga baholanmoqda.
Mavjud imkoniyatlardan samarali va oqilona foydalanish
natijasida respublikamizning kuch-qudratini, iqtisodiy
salohiyatini oshirish, xalqaro mehnat taqsimotida o‘z o‘rnini
egallashi uchun iqtisodiyotning ustuvor yo‘nalishlarini
rivojlantirish, import o‘rnini bosadigan va eksportga
mo‘ljallangan mahsulotlar assortimenti, hajmini kengaytirish
bugungi kunning dolzarb vazifasidir.
Respublikamizning iqtisodiy salohiyati yuqori bo‘lsa-da,
erishilgan yutuqlar darajasini hali qoniqarli deb bo‘lmaydi.
Ayniqsa, mashinasozlik, to‘qimachilik, kimyo, qishloq xo‘jaligi
mashinasozligi sanoati, eksport imkoniyatlaridan foydalanish
bugungi kun talablariga javob bermaydi. Holbuki, mamlakatimiz
iqtisodiy salohiyatini mustahkamlashda, iqtisodiy islohotlarni
hayotga tatbiq etishda bu tarmoqlarning hissasi juda yuqori
5
bo‘lishi lozim. Chunki zamonaviy texnika-texnologiya, asbob-
uskunalar, «nou-xou», ilmiy tadqiqot va tajriba konstruktorlik
ishlari hamda milliy iqtisodiyot rivojini ta’minlovchi boshqa
tovarlar shu sohalarda yaratiladi. Ikkinchi tomondan, aynan
ular xalq xo‘jaligining boshqa tarmoqlari uchun ishlab chiqarish
vositalari va boshqa mehnat qurollari yetkazib beradi. Bu
tarmoqlarning jadal rivojlanishi — jahon bozoriga raqobatbar-
dosh mahsulotlar yetkazib berish, mamlakat eksport salohiyatini
oshirishning muhim omillaridan biridir. Ushbu omillardan
oqilona foydalanish uchun korxona, tarmoq va, nihoyat,
respublika tashqi iqtisodiy faoliyat (TIF)ini to‘g‘ri tashkil etish
va amalga oshirish katta ahamiyatga ega.
Ana shu va boshqa muhim iqtisodiy masalalarni tezroq hal
qilish, ularning yechimini izlab topish, milliy istiqlol mafku-
rasining mazmunini va xususiyatlarini tushunish ko‘p jihatdan
kishilarning tashqi iqtisodiy faoliyat sirlarini, ayniqsa, bozor va
bozor iqtisodiyoti munosabatlarining mazmunini, ularning
talablari va xususiyatlarini, qonun-qoidalarini, amalga oshi-
rilayotgan iqtisodiy islohotlarning maqsadi va mohiyatini
chuqurroq bilishlariga bog‘liqdir.
Lekin o‘zbek tilida hozirgi davrdagi tashqi iqtisodiy
faoliyatning ichki sir-asrorini, uning haqiqiy qiyofasini sinchiklab
o‘rganishga intilayotgan o‘quvchi va talabalarimiz uchun
mo‘ljallangan tashqi iqtisodiy faoliyatning muammoli tugunlarini
yechishga harakat qilayotgan rahbar xodimlar, iqtisodchi
mutaxassislar, tashqi iqtisodiy faoliyat bilan qiziqayotgan keng
kitobxonlar ommasi talablariga javob beradigan adabiyotlar,
qo‘llanmalar, ayniqsa, darsliklar yetarli emas. Yurtboshimiz
aytganidek: «birinchi galda, taraqqiyotimizning har bir yo‘nali-
shi — jamiyatimizdagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy
munosabatlarning rivoji haqida maxsus darsliklar, qo‘llanmalar,
ommabop adabiyotlar yaratish zarur»
1
. Darsliklar va o‘quv
qo‘llanmalari yetishmasligi bo‘yicha oliy o‘quv yurtlari va
kollejlardagi ahvolni, shuningdek, «Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi»da hamda Prezidentimiz I.A. Karimovning «Fidokor»
gazetasi muxbiri savollariga bergan javoblarida qo‘yilgan muhim
vazifalarni hisobga olib, biz «Tashqi iqtisodiy faoliyat asoslari»
fani bo‘yicha ushbu o‘quv qo‘llanmani tayyorlashga jazm qildik.
Ushbu o‘quv qo‘llanma yangi andoza talablari bo‘yicha
tuzildi. Unda dasturdagi barcha mavzular qamrab olingan. Lekin
6
hajmi cheklanganligi uchun ko‘pgina materiallar iloji boricha
qisqartirib berildi. Shuning uchun qo‘llanmada kamchilik va
munozarali jihatlar ham bo‘lishi mumkin.
Qo‘llanmada o‘qitishning yangi texnologik xususiyatlari
hisobga olinib, har bir mavzudan keyin asosiy tayanch
tushunchalar va atamalar, takrorlash va munozara uchun savollar
berildi, kitobning oxirida esa asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar
ro‘yxati keltiriladi.
«Tashqi iqtisodiy faoliyat asoslari» bo‘yicha mazkur qo‘l-
lanma iqtisodiyot yo‘nalishidagi kasb-hunar kolleji talabalariga
mo‘ljallangan va undan tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi
bilimlarga qiziquvchi barcha kitobxonlar ham foydalanishlari
mumkin.
Mualliflar kursning tuzilishi, mazmuni, muammolarning
bayon qilinishi tartibi va uslubi bo‘yicha bildirilgan har qanday
taklif-mulohazalarni minnatdorchilik bilan qabul qiladilar va
o‘quv qo‘llanmaning keyingi nashrida hamda boshqa o‘quv
qo‘llanma, darsliklar tayyorlashda albatta hisobga oladilar.
7
Do'stlaringiz bilan baham: |