O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA
MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA POLITEXNIKA INSTITUTI
Boshqaruv tahlili fanidan mustaqil ishi»
“Quva Don” KORXONA TAHLILI
Bajardi: Akbarov Z
Abdusalimov S
Yo’ldashov S
Qabul qildi: Davlyatova G
Farg'ona – 2022
“ LOS GIGANTS ” korxonasidagi ko’rsatkichlar (ming so’mda)
t/r
|
Ko’rsatkichlar
|
2019yil
|
2020 yil
|
1
|
Mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmi
|
18135000
|
19325209
|
2
|
Mahsulot ishlab chiqarish tannarxi
|
14062400
|
14064390
|
3
|
Jami fond ming so’mda
|
6912130,8
|
7419656
|
3.1
|
Jumladan mashina va jihozlar ming so’mda
|
6323547
|
6722303.7
|
4
|
Jami ish haqi fondi ming so’mda
|
2156000
|
2209658.5
|
4.1
|
Jumladan ishchilarning ish haqi fondi ming so’mda
|
1849953,6
|
1958765,5
|
5
|
Xodimlar soni
|
300
|
300
|
6
|
Ishchilar son
|
285
|
283
|
7
|
Yildagi ish kunlari
|
240
|
238
|
8
|
Ish kuni davomiyligi
|
8
|
7.9
|
MAHSULOT ISHLAB CHIQARISH VA SOTISH TAHLILI
Mahsulot sotish rejasini bajarilishi iste’molchilarga jo’natilgan tovar qismini o’rganishdan boshlanadi. Chunki jo’natilgan tovar bilan sotilgan mahsulot vaqt jihatdan farqlanadi. Iste’molchilarga jo’natilgan tovar, ko’rsatilgan xizmatlar uchun belgilangan muddat davomida hisob schyotiga pulni kelib tushmasligi tufayli korxonaning moliyaviy holati izdan chiqadi.
Albatta yuqoridagi holatga duch kelmaslik uchun korxona moliya yili boshida ishlab chiqarish rejasi kabi mahsulot sotish rejasini ishlab chiqishi va uni bajarilishini nazorat hamda taxlil qilishi lozim.
1-jadval
“ LOS GIGANTS ” MCHJ da mahsulot ishlab chiqarish va sotish dinamikasining tahlili
Ko'rsatkichlar
|
2019-yil
|
2020-yil
|
Farq
|
O’zgarish Darajasi %
|
Ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulot hajmi, ming so'm
|
18135000
|
19325209
|
+1190209
|
106.56 %
|
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, 2020 yilda mahsulot ishlab chiqarish hajmi 2019 yilga nisbatan 1190209 ming so’mga oshganligini ko’rsatmoqda. Bu esa 106.56 %ga ortiq bajarganligini bildiradi. Bu o’sish ta’sir etuvchi omillar tahlilini amalga oshirish uchun zanjirli almashtirish usulidan foyfalanamiz.
2-jadval
“ LOS GIGANTS ” MCHJ da mahsulot ishlab chiqarish hajmini o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillarni zanjirli almashtirish usuli bo’yicha tahlili.
Almashtirish tartib raqami
|
Omillar
|
Hisoblangan natija
|
Omillaar ta’siri
|
Ishchi soni
|
Ish kuni
|
Smena davomiyligi
|
O’rtacha soatlik unumdorlik
|
Reja
|
285
|
240
|
8
|
33.141
|
18135000
|
|
1-almashtirish
|
283
|
240
|
8
|
33.141
|
18007493.76
|
-127506.24
|
2-almashtirish
|
283
|
238
|
8
|
33.141
|
17857431.312
|
-150062.448
|
3-almashtirish
|
283
|
238
|
7.9
|
33.141
|
17634213.42
|
-223217.891
|
4-almashtirish
|
283
|
238
|
7.9
|
36.318
|
19325209
|
1690995.58
|
Jami
|
X
|
X
|
X
|
X
|
X
|
1190209.001
|
Xulosa
Bu hisobda omillar birma bir o’zgarib bordi. 1- almashtirishda ishchilar sonini o’zgarishiga mahsulot hajmi 127506.24ming so’mga kamaygan 2- almashtirishda esa ham ishchi soni ham ish kuni davomiyligini o’zgarishi asosida mahsulot hajmi 150062.448ming so’mga pasaygan. 3- almashtirishda esa ishchi soni, ish kuni va smena davomiyligi o’zgarish asosida mahsulot ishlab chiqarish hajmi 223217.891ming so’mga kamaygan. 4- almashtirishda esa haqiqatdagi mahsulot ishlab chiqarish hajmi ya’ni o’rtacha soatlik unumdorlikni o’zgarishi hisobiga mahsulot ishlab chiqarish hajmi 1690995.58ming so’mga oshgan. Bundan esa shunday xulosa chiqaramiz. Mahsulot ishlab chiqarish hajmiga asosan o’rtacha soatlik unumdorlikni o’sishi ijobiy ta’sir ko’rsatgan.
KORXONANING KADRLAR BILAN TA’MINLANGANLIK DARAJASI TAHLILI
Korxona faoliyatiga baho berishda uning ishlab chiqarish jarayonlari uuzluksizligini ta’minlashga xizmat qiluvchi kadrlar bilan ta’minlanish darajasi ham o’rganiladi. Chunki korxonaning texnik qurollanganlik darajasi qanchalik yuqori bo’lmasin malakali ishchi xodimlar bilan ta’minlanmasa yuqori samaraga erishish mumkin emas. Ishchi kuchining taxlili korxonani mehnat resurslari bilan ta’minlanishini aniqlanishdan boshlanadi. Buning uchun jami sanoat ishlab chiqarish xodimlarining soni shu jumladan, ayrim kategoriyadagi xodimlar tarkibidagi o’zgarishlar o’rganiladi. Taxlil etishda sanoat ishlab chiqarish xodimlarining soni o’tgan yil bilan solishtirilib, korxonaning mehnat resurslari bilan ta’minlanishi aniqlanadi. Tahlil maqsadlarida quyidagi jadval ma’lumotlaridan foydalanildi.
3-jadval
“ LOS GIGANTS ” MCHJ da korxonaning mehnat resurslari bilan ta’minlanganlik xolati taxlil
t/r
|
Ko’rsatkichlar
|
2019-yil
|
2020-yil
|
O’zgarish
|
Mutlaq
|
Foizda
|
|
Umumiy xodimlar soni
|
300
|
300
|
0
|
100.0
|
|
Jumladan:
|
|
|
|
|
|
Ishchilar
|
285
|
283
|
-2
|
99.3
|
|
Boshqa xodimlar
|
15
|
17
|
X
|
X
|
Ishchilar soni bo’yicha mutloq farq bo’yicha ulardan foydalanganlik bo’yicha xulosa chiqarib bo’lmaydi. To’g’ri xulosa chiqarish uchun ishchilar sonini nisbiy farqni aniqlash kerak.
4- jadval
“ LOS GIGANTS ” MCHJ da ishchilar soni bo’yicha nisbiy farq tahlili
Ko’rsatkich
|
2019 yil
|
Mahsulot hajmini o’sish suratiga to’g’ri keluvchi Ishchilar soni
|
2020 yil
|
O’zgarishi
|
Mutloq
|
Nisbiy
|
Ishchilar soni kishi
|
285
|
304
|
283
|
-2
|
-21
|
Bu xisobni amalga oshirish uchun quyidagilarni bajaramiz.
Q reja = 18135000
Q xisobot = 19325209
▲Q = 19325209/ 18135000= 106.56
Ishchilar rejalashtirilgan = ( 285* 106.56 ) /100 = 304
Jadval malumotlari asosida korxonada mehnat resurslaridan oqilona foydalanganligini ko’rsatmoqda ya’ni mahsulot ishlab chiqarish hajmini 6.56 foizga oshirib bajarish uchun talab etiladigan 304 ta kishi o’rniga mahsulot hajmini 283kishi bilan bajarishga erishildi. Nisbiy kamchilik 21ta ishchini tashkil etadi. Ushbu holat mahsulot ishlab chiqarish hajmi ishchilarning mehnat unumdorligini oshirish hisobiga bajarilganini ko’rsatadi.
Shuning uchun tahlilni mehnat unumdorligini darajasini o’rganishda davom ettiramiz.
5-jadval
“ LOS GIGANTS ” MCHJ da mehnat unumdorligini darajasini tahlili
Ko’rsatgichlar
|
Reja
|
Xaqiqat
|
O’zgarishlar
|
Mutloq
|
Nisbiy %
|
Mahsulot hajmi ming so’m
|
18135000
|
19325209
|
+1190209
|
106.56 %
|
Xodimlar soni kishi
|
300
|
300
|
0
|
100 %
|
Ishchi soni kishi
|
285
|
283
|
- 2
|
99,29 %
|
Ishchi salmog’i (xodimlardan)
|
95
|
94,33
|
- 0,66
|
X
|
Bir ishchi samarali ish vaqti fondi
|
240
|
238
|
-2
|
99,16 %
|
Ish kuni davomiyligi soatda
|
8
|
7.9
|
- 0.1
|
98.75 %
|
Jami ishlangan ishchi kuni
|
68400
|
67354
|
-1046
|
98,47 %
|
Jami ishlangan ishchi soatlari
|
547200
|
532096,6
|
-15103,4
|
97,23
|
O’rtacha soatlik mehnat unumdorligi
|
33.141
|
36,318
|
3,177
|
X
|
Bir xodimga to’g’ri keladigan o’rtacha yillik mehnat unumdorligi
|
60450
|
64417,4
|
3967,4
|
X
|
Bir ishchiga to’g’ri keladigan o’rtacha yillik mehnat unumdorligi
|
63631,5
|
68286,9
|
4655,5
|
X
|
Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, bir xodimga hamda bir ishchiga to’g’ri keluvchi mehnat unumdorligi o’tgan yilga nisbatan oshgan xususan bir xodimga to’g’ri keluvchi o’rtacha yillik mehnat unumdorligi 3967,4ming so’mga oshgan. Bir ishchiga to’g’ri keluvchi o’rtacha yillik mehnat unumdorligi 4655,5 ming so’mga oshgan.
Bir ishchiga to’g’ri keluvchi o’rtacha yillik mehnat unumdorligiga quyidagi omillar ta’sir ko’rsatadi.
Ish kuni bo’yicha yo’qotishlarning vujudga kelganligi hisobiga 1 ishchining o’rtacha yillik mehnat unumdorligi quyidagiga o’zgargan.
( 238-240 ) * 8 * 33.141= - 530,256
Smena ichidagi yo’qotishlar hisobiga mehnat unumdorligini kamayishini aniqlanadi.
( 7.9-8 ) * 238* 33.141= -788,755
O’rtacha soatlik mehnat unumdorligining o’zgarishining o’rtacha yillik mehnat unumdorligiga ta’siri.
(36,318-33.141) * 238 * 7.9 = 5973,395
Jami :( - 530,256) + (-788,755) + (5973,395) = 4654,38 ≈ 4655,5
Bir xodimga to’g’ri keluvchi o’rtacha yillik mehnat unumdorligiga 3967,4ga o’zgargan , unga quyidagi omillar ta’sir ko’rsatadi.
Ishchilarning xodimlar salmog’ining o’zgarishi.
(- 0,66/100 ) * 63631,5= - 419,96
Bir ishchiga to’g’ri keluvchi o’rtacha yillik mehnat unumdorligini o’zgarishi
4655,5* 0,9433= 4391,533
Jami: 4391,533 – 419,96 = 3971,571 ≈ 3967,4
Tahlilni ish vaqtidan foydalanish darajasiga baho berishdan davom ettiramiz. Yuqoridagi jadval ma’lumotlarida barcha ishchilar tomonidan ishlangan jami ish soatlarini rejaga nisbatan 15103,4 ga kam ishlanganligini ko’rsatmoqda. Bunga quyidagi omillar ta’sir ko’rsatgan.
Ishchilar sonining o’zgarishi. Ishchilar sonining o’zgarishi hisobiga ishlangan ish soatlarining ko’payishi yoki kamayishi quyidagicha aniqlanadi.
( 283 – 285 ) * 240 * 8 = - 3840kishi soat
Ish kunining o’zgarishi. Bunda bir yilda ishlangan ish kunlarining o’zgarishi jami ishlangan soatlarga qanday ta’sir ko’rsatganligini ko’rib chiqamiz.
( 238 – 240 ) * 283 * 8 = - 4528
Ish kuni davomiyligi hisobiga jami ishlangan soatlarga qanday ta’sir ko’rsatganligini ko’rib chiqamiz.
( 7,9 – 8 ) * 67354= - 6735,4
Yuqoridagi hisoblangan jami omillar yig’indisi ishchilar tomonidan ishlangan jami ish soatlarining haqiqatdagi va rejadagi ko’rsatkichlari orasidagi farqni ifodalaydi.
Jami ( - 6735,4) + ( - 4528 ) + ( - 3840 ) ≈ 15103,4 kishi soat
Do'stlaringiz bilan baham: |