Rivojlantirish instituti j. J. Jalolov, I. A. Ahmedov, I. S. Hotamov korxona tashqi iqtisodiy



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/120
Sana20.07.2021
Hajmi0,79 Mb.
#124196
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   120
Bog'liq
korxona tashqi iqtisodiy faoliyati va marketing kasb-hunar kollejlari talabalari uchun oquv qollanma

Demografik ko‘rsatkichlar ham iste’mol buyumlariga bo‘lgan
ehtiyojlarning shakllanishiga katta ta’sir etadigan omillardan
hisoblanadi. Chunki xaridorlarning yoshi o‘zgarishi bilan
tovarlarga munosabati o‘zgaradi. Filipp Kotler o‘zining «Osnovi
marketinga» kitobida aholini yoshi bo‘yicha 7 guruhga bo‘lishni
taklif qiladi. Respublikamizda nashr etiladigan ilmiy
adabiyotlarda aholi asosan 5 guruhga bo‘linadi. Maktab
yoshigacha, maktab yoshida, 18—30 yoshgacha, 30—50
yoshgacha va undan kattalar. Bu bo‘linish respublikamiz
aholisining tabiiy-ruhiy xususiyatlaridan kelib chiqadi. Iste’mol
buyumlariga bo‘lgan ehtiyojlarning shakllanishida mamlakatdagi
oilalarning katta-kichikligi muhim ahamiyatga ega. Masalan,
respublikamizda oilada odamlarning soni o‘rtacha 5—6 tani
tashkil etadi. Bu esa yosh bolalar va o‘smirlar uchun zarur
bo‘lgan tovarlarga ehtiyoj yuqoriroq, zebu-ziynat va boshqa
ikkilamchi mahsulotlarga kamroqligini bildiradi. Buning aksi
o‘laroq, masalan: Germaniya va Shveysariya oilalarida o‘rtacha
odam soni 1,9—2,1 kishini tashkil etadi. Bu esa aholining xarid
imkoniyatlari yuqoriroq, ko‘proq turmushda qulayliklar
yaratadigan uy-ro‘zg‘or buyumlari, mebel, avtomobil va zebu-
ziynat mollariga ehtiyojlari yuqoriroq ekanligini bildiradi.
Marketingda mamlakat aholisi, asosan, oilasining soni bo‘yicha
uch guruhga bo‘linadi:
1—2 kishi;
3—4 kishi;
5 va undan ko‘p.


1 7 5
Bu bo‘linish ko‘pgina mamlakatlarda qabul qilingan.
Xaridorlarni segmentatsiya qilishda ko‘p foydalaniladigan
belgilardan yana biri aholini daromadlari bo‘yicha guruhlarga
bo‘lishdir. Daromadlari bo‘yicha segmentatsiya xaridorlarning
bir necha boshqa belgilarini ham o‘z ichiga oladi. Xaridorlarning
bilim darajasi daromadlar darajasiga bevosita ta’sir etadi, ularning
mutaxassisligi daromadlar darajasini aniqlaydi. Har bir
mamlakatning daromad bo‘yicha taqsimotining o‘ziga xos
belgilari mavjud. Bu guruhlarga bo‘lish doimiy bo‘lmay,
jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy va pul muomalasining o‘zgarishiga
qarab o‘zgarib boradi.
 Marketingni boshqarishda alohida e’tibor
berilayotgan segmentlash belgisi — xaridorning sotib olishdagi
xulq-atvori belgilari hisoblanadi. Filipp Kotler o‘z kitobida bir
necha belgilarni ko‘rsatib o‘tadi. 
Ular quyidagilar:
1. 
Tovarni sotib olish sababiga ko‘ra. Doimiy, alohida
sabablarga ko‘ra.
2. 
Sotib olishdan ko‘zlagan manfaatiga ko‘ra. Sifati, xizmat
ko‘rsatish turlari. Iqtisod qilish uchun.
3. Foydalanuvchi sifatidagi o‘rniga qarab:
a) foydalanmaydigan;
b) oldin foydalangan;
d) doimiy foydalanuvchi;
e) yangi foydalanuvchi;
f) endi foydalanmoqchi bo‘lganlar;
g) tovarga bo‘lgan munosabatga qarab.
Yuqorida aytib o‘tilgan belgilar xaridorning xarakterini to‘la-
to‘kis ochib berishga, uning tovarga bo‘lgan munosabati va sotib
olish imkoniyatini aniqlashga yordam beradi.
Marketingni boshqarishda xaridorlarni segmentga bo‘lish,
haqiqiy mijozlarni tanlashga yordam beradi. Korxona xaridor
segmentlarini yaxshi o‘rganib chiqqandan so‘ng segmentni, bozorni
tanlash vazifasi turadi. Marketingda bozorni tanlashning 4 xil
uslubi mavjud. Ular:
— umumlashtirilgan marketing;
— tabaqalashtirilgan marketing;
— markazlashgan marketing;
— diversifikatsiyadir.

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish