Rivojlantirish instituti j. J. Jalolov, I. A. Ahmedov, I. S. Hotamov korxona tashqi iqtisodiy


BOZORNI TADQIQ QILISH YO‘NALISHLARI



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/120
Sana20.07.2021
Hajmi0,79 Mb.
#124196
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   120
Bog'liq
korxona tashqi iqtisodiy faoliyati va marketing kasb-hunar kollejlari talabalari uchun oquv qollanma

9.2.
BOZORNI TADQIQ QILISH YO‘NALISHLARI
VA SIG‘IMINI ANIQLASH METODIKASI
Bozorni marketing nuqtai nazaridan o‘rganish o‘z oldiga
kompaniyalar, firma (korxona) tovarlarini samarali sotish
imkonini, uning kengayishi uchun yangi segmentlar sifatini
yaxshilash, zaxiralar va yangi tovarlar yaratishni, iste’molchilar
talabini qondirish va yuqori foyda olishni maqsad qilib qo‘yadi.
Bu maqsadni amalga oshirish uchun chuqur marketing
tadqiqotlari amalga oshiriladi. Bozorni marketing nuqtai
nazaridan tadqiq qilishning vazifasi — ishlab chiqarish va unda
chiqadigan tovarlarni bozor va iste’molchining yuqori talablariga
moslashtirishdan iborat. Bu narsa firmaning yuqori rentabelli,
raqobatga bardoshli faoliyati asosida amalga oshishi kerak.


1 6 6
Boshqarishning ma’muriy-buyruqbozlik va tovarlarning
markaziy ta’minoti sharoitida bozorni o‘rganish mohiyati o‘z
ma’nosini yo‘qotadi.
Erkin bozor munosabatlarining rivojlanishi bilan ishlab
chiqaruvchilar keng bozor izlanishlari orqali o‘z mahsulotlarini
sotishni ta’minlaydi, uning natijalaridan ishlab chiqarish va sotish
dasturi tuzishda asosiy manba sifatida foydalaniladi. Bozorni
o‘rganish potensial iste’molchilar ehtiyojlarini, ularning
tovarlarga bo‘lgan talablarini, talab motivini aniqlashga
imkoniyat beradi, bu narsalar esa korxonalar ishlab chiqarishini
tashkil etish va boshqarishda katta rol o‘ynaydi. Xaridorlarning
iste’mol qilish texnologiyasini, ishlab chiqaruvchi tarmoqlarning
rivojlanish tendensiyalarini tahlil qilish kelajakdagi ehtiyojni
prognozlash va bozorga yangi turdagi mahsulot taklif qilish
imkonini beradi. Bu tadbirlar sotish hajmining ortishiga va
bozorning katta ulushiga egalik qilishiga yordam beradi.
Bozor tadqiqotining asosiy usuli — bozorni segmentlash asosida
muntazam tahlil qilishdir. Bu marketing qarorlarini qabul
qilishda, kerakli samara va istalgan natijaga erishishda
ahamiyatlidir. Bozorni o‘rganish natijasida: miqdoriy — bozor
sig‘imi, bozorda firmaning ishi va uning raqobatchilari haqida
va sifat xarakteridagi axborot — bozor tuzilmasi; sotilayotgan
mahsulotning ehtiyojlarga, alohida iste’molchilar mezonlariga
mos kelish darajasi; ularning sifat, tip, turlariga qo‘yiladigan
talablari; iste’molchilar foydalanadigan moddiy resurslar haqidagi
axborotlar olinadi. Tadqiqot-o‘rganish samaradorligini
ta’minlash bir qator tadbirlarni amalga oshirish: talab qilinadigan
axborotlarni aniqlashda muhimligini baholash; axborot yig‘ish
manbalarini va tahlil usullarini tanlash; axborotni yig‘ish va
tahlil qilish, takomillashtirish yo‘llarini izlash; izlanish va uning
natijalari samaradorligini nazorat qilishdan iborat bo‘ladi.
Axborotlarning obyektivligi va aniqligi marketing samaradorligini
aniqlaydi. Shuning uchun ham mashhur firmalar barcha
mamlakat va bozorlarda axborot tizimlari tashkil qiladi. Bu
o‘rinda Yapon firmasi «Mitsubisi»ning axborotlar tarmog‘ini
misol qilib keltirsak bo‘ladi — u 14 ming mutaxassis, 120 dan
ko‘p chet el va 60 yapon idoralaridan iborat.
Marketing tamoyili asosida ishlovchi yetakchi firmalar
(kompaniyalar)ning tajribasi shuni ko‘rsatadiki, tadqiqot ishlari:
— bozor sig‘imini aniqlash, bozor «ovqati» (ozig‘i) ni topish;


1 6 7
— xaridorlar amaliyotini, motivlarini, ularning xulq-atvor-
larini tahlil qilish;
— sotishning umumiy shartlarini tahlil qilish va uni
prognozlash;
— raqobatchilarni, ularning strategiyasi va taktikasini o‘rga-
nish;
— bozordagi raqobatning o‘zini tahlil qilish singari yo‘na-
lishlar bo‘yicha olib borilganda samaradorligi oshadi.
Bozor mezonlarini aniqlash firma o‘zining har bir tovari
uchun bozorning aynan qaysi qismini egallaganligini aniqlashga
yordam beradi. Bu tovar assortimenti va sotish dasturini
rejalashtirishda qo‘l keladi. Amalga oshirilgan tadqiqotlar shuni
ko‘rsatadiki, alohida tovarlar bozori kuchsiz raqobatning
mavjudligi bilan farqlanishi mumkin. Lekin bu narsa firma
raqobatchilari faoliyatini o‘rganishning hojati yo‘q, degani emas.
Tadqiqotlar:
— mamlakat bozorida tovarlarni sotuvchi kompaniyalar
faoliyatini o‘rganish uchun;
— ishlab chiqarishni talabga ega bo‘lgan mahsulotni ishlab
chiqarishga o‘zgartirish uchun;
— yangi mahsulot, boshqarishning yangi metodlariga o‘tish
bilan raqobatchilar kurashining kuchayish ehtimoli uchun;
— tashqi bozordagi raqobatchilar faoliyatini tahlil qilish
uchun zarurdir.
Marketing faoliyatining muhim obyekti — firma uchun eng
muhimi, bozorlarni aniqlashdan iborat. Alohida tovarlar va tovar
guruhlari, alohida mintaqalar va mamlakatlar, ichki va tashqi
bozorlar, kapital, ish kuchi, qimmatbaho qog‘ozlar, xaridorlar
va sotuvchilar bozorlari mavjud. Ular orasida eng muhimi —
tashqi va ichki bozorlardir. Ichki bozor — bir mamlakat chega-
rasidagi tovar muomalasini o‘z ichiga olsa, tashqi bozor — milliy
davlat chegaralari ortidagi tovar muomalasi yig‘indisidir. Ichki
bozor ishtirokchilari mahalliy va chet el firmalari, korxona va
tashkilotlar; tashqi bozor ishtirokchilari alohida mamlakatlar
milliy chegarasidan tashqariga chiqadigan tovar muomalasida
ishtirok etadigan korxona tashkilot, firmalardir, ya’ni ushbu
bozor ma’lum bir mamlakatga nisbatangina tashqi hisoblanadi.
Ichki va tashqi bozorlarning rivojlanish darajasi ularning
konyunkturasi va sig‘imiga bog‘liq bo‘ladi. Ma’lumki, konyunk-


1 6 8
tura — ma’lum davrdagi baho darajasi sharoitidagi talab va
taklif nisbatidir.
Bozor konyunkturasini va uning istiqbollarini yetarlicha
hisobga olmaslik korxonalar uchun inqiroz, zarar, sinishga
aylanishi mumkin. Yetarlicha miqdordagi buyurtmaning yo‘qligi
sababli «Konkord» dasturi bo‘yicha samolyot ishlab chiqarish
to‘xtab qoldi, bundagi ilmiy-izlanish, tajriba-konstruktorlik
ishlari uchun 2,5 milliard dollardan ko‘p mablag‘ sarflangan.
Bozor konyunkturasi bir-biri bilan uzviy o‘zaro aloqadorlikda
bo‘lgan va unga bir vaqtda ta’sir qiluvchi iqtisodiy, siyosiy,
ijtimoiy, ilmiy-texnik omillarga bog‘liq bo‘ladi, bu omillar
konyunkturani to‘ldirishi, kuchaytirishi yoki, aksincha,
susaytirishi mumkin. Bozor konyunkturasiga iqtisodiyotni davlat
tomonidan boshqarish, fan-texnika taraqqiyoti, kapital va ishlab
chiqarishning markazlashuvi, inflatsiya, iqtisodning harbiylashuvi
orqali ta’sir o‘tkazish mumkin.
Omillarning bir qismi doimiy emas, shuning uchun
konyunkturaga o‘tkinchi ta’sir o‘tkazadi. Bunday omillarga:
ijtimoiy omillar, jumladan, ish tashlash, baykotlar, tabiiy ofatlar,
beqaror siyosiy holat va boshqalar kiradi. Konyunktura hosil
qiluvchi omillar soni ma’lum bozorlar shartlari va xususiyatlariga
bog‘liq ravishda o‘zgaradi. Ularning konyunkturaga o‘tkazadigan
ta’sir kuchi ham o‘zgaruvchandir. Birgina omil turli sharoit va
vaqt oralig‘ida ma’lum bozor va uning alohida sektorlariga
turlicha ta’sir qiladi.
Mana shu sababdan konyunkturani o‘rganish faqat muhim
va kerakli bo‘lmay, balki murakkab hamdir. Bu ish turli usullarda
o‘z kuchlari va vositachi ixtisoslashgan firma va tashkilotlar
orqali amalga oshiriladi. Bu faoliyat natijalari mos keluvchi
davrdagi konyunktura holati sifatida rasmiylashtiriladi.
Konyunktura holatining kompleks tavsifnomasi unda o‘z aksini
topadi, asosiy yo‘nalishlar, prognoz va uning rivojlanishi
ta’kidlanadi. Konyunkturani tadqiq qilish bozorning tovar bilan
to‘lishishi iqtisodiy samaradorligini hisoblash bilan yakunlanishi
kerak. Bozorning turidan qat’i nazar, iqtisodiy samaradorlik
natijalar va xarajatlar nisbati bilan aniqlanadi. Eksportning
iqtisodiy samaradorligi deganda, 
E — sof valuta tushumining
(tashqi bozordagi eksport operatsiyasiga qilingan xarajatlarni
valutada chiqarib tashlangandan keyingi realizatsiya valuta
bahosining) mamlakatda ishlatilayotgan tovarni ishlab chiqarish


1 6 9
va tashish xarajatlari o‘rtasidagi nisbat 

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish