Rivojlantirish instituti j. J. Jalolov, I. A. Ahmedov, I. S. Hotamov korxona tashqi iqtisodiy


AQSH firmalarida marketing tadqiqotlari doirasidagi



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/120
Sana20.07.2021
Hajmi0,79 Mb.
#124196
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   120
Bog'liq
korxona tashqi iqtisodiy faoliyati va marketing kasb-hunar kollejlari talabalari uchun oquv qollanma

AQSH firmalarida marketing tadqiqotlari doirasidagi
faoliyatining alohida turlari
1
 (foizda)
Tadqiqot turlari 
S
h
u
 tu
rd
a
g

ta
d
q
iq
o
tl
a
rn

o
‘tk
a
z
g
a
n
 i
ste
’m
o
l to
v
a
rl
a
ri
 
is
h
lab
 c
h
iq
ar
u
v
c
h
i k
o
m
p
a-
n
iy
a
la
ri
 ul
us
h

(1
4
4
 da
n

S
h
u
 tu
rd
a
g

ta
d
q
iq
o
tl
a
rn

o
‘t
k
az
ga
n
 i
sh
lab
 c
h
iq
ar
is
h
 
v
o
si
ta
la
ri
 is
h
la
b
 c
h
iq
a
ris
h
 
v
o
si
ta
la
ri
 is
h
la
b
 c
h
iq
a
ru
v
c
h

k
o
m
p
an
iy
al
ar
i u
lu
sh
i (
1
2
4

Qisqa muddatli istiqbollash (1 yilgacha) 
96 
94 
U zoq muddatli istiqbollash (1 yilldan oshiq) 
96 
94 
Bozor potensialini aniqlash 
99 
99 
Sotishni tahlil qilish 
98 
99 
Yangi mahsulotni qabul qilish va uning poten-
siali 
89 73 
Qadoqlashni o‘ rganish 
91 
61 
Sotish kanallarini o‘ rganish 
99 
83 
Sotish to‘ lovlarini o‘ rganish 
83 
73 
Turli xil tovarlarning harakatini yengillash-
tiruvchi harakatlarni o‘ rganish 
 
86 
 
67 
Baholarni tashkil qilishni tahlil qilish 
91 
90 
Ekologiyaning ta’ sirini tahlil qilish 
37 
35 
Reklama e’ lonlari samaradorligini tahlil qilish 
86 
67 
Marketing xizmati tomonidan qanchalik katta miqdordagi
murakkab axborotlarni to‘plash, qayta ishlash va tahlil qilish
lozimligini tushunish uchun mahsulot iste’mol xususiyatlarini
tadqiq etish texnologiyasi misolini ko‘rib chiqish yetarlidir.
Avvalo, yangi mahsulotlarni yaratish, keyin yangi tovarga
xaridorlarning munosabatini o‘rganish lozim. Ya’ni, tovarning
foydalanish sifati iste’molchi talabiga nechog‘liq darajada javob
berishi aniqlanadi. Bunday tekshirish faqat o‘z mahsuloti
ustidangina emas, shu bilan birga raqobatchi firma mahsuloti
yuzasidan ham amalga oshiriladi. Xaridorning mahsulot ta’mi,
hidi, rangi, o‘lchami, fasoni, mustahkamligi, foydalanishdagi
qulayligi va boshqa iste’mol xususiyatlariga bo‘lgan munosabati
_________
1
 
Æ. Ýâàíñ, Á. Áåðìàí. Ìàðêåòèíã. — M.: Ýêîíîìèêà, 1993.


1 6 3
maxsus ishlab chiqilgan metodika asosida tahlil qilinadi. Bir
vaqtning o‘zida mahsulotning markasiga, nomiga va uning imidji
bo‘lgan ruhiy munosabat tadqiq qilinadi va, nihoyat, qadoqlash
xususiyati, konstruksiyasi, tashqi ko‘rinishi bilan kishini jalb
qilishi, qayta foydalanish imkoniyatlari baholanadi. Bularning
barchasi hali bozorga chiqarilayotgan tovarning marketing
konsepsiyasini yaratish uchun yetarli axborotni bermaydi.
Bozorni tadqiq qilish — marketing tadqiqotlarining ma’lum
bir qismidir, xolos. Faqat shartli ravishdagina ularni marketing
tadqiqotlarining asosi deb qabul qilish mumkin. Bozorni tadqiq
qilish jarayonida:
— bozorga kiritilayotgan yoki unda mavjud bo‘lgan
mahsulotning mumkin bo‘lgan sotish miqdori;
— tovarning iste’mol xususiyatidagi va boshqa tavsiflarining
o‘zgarishi tendensiyasi;
— yoshi, jinsi, hududiy, ijtimoiy, oilasidagi kishilar soni,
o‘zini tutishi, daromadi darajasi bo‘yicha iste’molchilar guruhi;
— assortimentni rejalashtirish, sotish va reklamani tashkil
qilishda xaridorlarning istagi;
— mahsulotning sotilishi miqdori, uning umumbozor
sig‘imidagi ulushi (hududlar va segmentlar bo‘yicha ham);
— firmaning raqobatbardoshligi va uning bozordagi o‘rni
aniqlanadi.
Ko‘rinib turibdiki, bozor to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘lami
keng va turli xarakterga ega. Shuning uchun bozorni tadqiq
qilishda turli bilim sohalarining mutaxassislari qatnashadilar va
bu tadqiqotlar ancha qimmatga tushadi, lekin firmalar bozorni
iloji boricha tezroq o‘zlashtirish maqsadida xarajatlardan
qochmaydilar, chunki raqobatchilar bozorda yangi raqobatchi
paydo bo‘lishining oldini olish uchun qarshi choralar ko‘radilar.
Shuning uchun tadqiqotlar jarayoni, ayniqsa, uning natijalari
firma tomonidan qattiq sir saqlanadi. Bozorni tadqiq qilish
natijalari olinganidan keyin va firma ularni marketing
konsepsiyasini asoslash uchun qabul qilganidan so‘ng tovarni
sinovli sotishni tashkil etish boshlanadi. Bu jarayonning asosiy
vazifasi — firmaning bozordagi samarali o‘rnini belgilovchi o‘ziga
xos omillarning o‘zgarishini aniqlashdir.
Iste’mol tovarlarini bozorga kiritishdagi marketing dasturi
asosining mo‘ljali aholining talabi, didi va xarid qobiliyati
hisoblanadi. Mana shular asosida bozor tadqiqotining asosiy


1 6 4
elementlari aniqlanadi. Iste’molchilarning talabi to‘g‘risidagi
axborotlarni to‘plash usullari va manbalari rang-barangdir, qayta
ishlash, uzatish va saqlash obyekti bo‘luvchi ma’lumotlar axborot
bo‘lib hisoblanadi. Talabni o‘rganishda barcha ma’lumotlar ham
axborot bo‘lib hisoblanmaydi. Faqat boshqarish darajasida
qarorlar qabul qilishda ishlatiladigan ma’lumotlargina axborot
hisoblanadi. Axborot haqqoniy, to‘liq, uzluksiz, aniq va o‘z
vaqtida bo‘lishi lozim. Haqqoniylik talabiga javob berish uchun
to‘plangan axborot, jarayonlar rivojini to‘g‘ri aks ettirishi va
aloqalarning birlamchi va ichki mohiyatini ocha olishi kerak.
Masalan, aholi talabining o‘zgarishini xarakterlovchi katta tovar
zaxiralari to‘g‘risidagi ma’lumotlar hali axborot bo‘lib
hisoblanmaydi. Sotib olish miqdori, savdo korxonalarida ushbu
tovarga bo‘lgan talabni hisobga olib jamg‘arilganligini bilish
zarur. Bundan tashqari, axborot uzluksiz, o‘z vaqtida va yetarli
miqdordagi obyektlardan bo‘lishi kerak. Axborotlarning
foydalanishga ma’qul kelishi qabul qilinayotgan qarorlar
xarakteriga bog‘liq. Masalan, ma’lum tovarga talabning oshishi
aniq. Savdo korxonasi bu tovarni ko‘proq olishga qaror qilishi
mumkin. Avvalambor sotib olish miqdori qanchagacha oshishini
aniqlash lozim. Bu tovar zaxiralari va aholi pul daromadlari,
xarajatlari balansi asosida hisoblanadi.
Aholi to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlar manbai aholini maxsus
ro‘yxatga olish materiallari hisoblanadi. Savdo statistikasi
mamlakat, alohida hududlar, alohida shaharlar va shahar tipidagi
qo‘rg‘onlar, qishloq joylarda ta’minlangan talab miqdori
to‘g‘risida, davlat va kooperativ savdo tashkilotlarida alohida
tovar guruhlari va umumiy tovarlarning sotilish zaxiralari
to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘ladi. Bu ko‘rsatkichlar asosida
mamlakat, alohida shahar va qishloq joylari uchun o‘rtacha bir
kishiga to‘g‘ri keladigan savdo aylanmasi aniqlanadi. Statistik
hisobotlar; oila budjeti statistikasi ma’lumotlari; talabni o‘rganish
maqsadida savdo va sanoat korxonalari tomonidan o‘tkazilgan
maxsus kuzatishlar natijasi; savdo va sanoat korxonalarining
buxgalteriya va operativ ma’lumotlari iste’molchilar talabi
to‘g‘risidagi axborotlar manbai hisoblanadi. Aholi talabini
shakllantirish jarayonini o‘rganishda tovar ishlab chiqarishni,
aholining daromadi, soni va tarkibi, jamg‘armalarini
xarakterlovchi statistik hisobotlar talab qilinadi. Talabni
istiqbollashda sanoat statistikasi hisobotlari, xalq iste’mol


1 6 5
tovarlari ishlab chiqarishning darajasi va sur’ati natura
ko‘rsatkichlari tanlanadi.
Daromadlarni xarakterlovchi eng muhim ko‘rsatkichlar
jumlasiga: aholi daromadi, shu jumladan, ishchi va
xizmatchilarning ish haqlari, jamoa xo‘jaliklari xodimlarining
mehnat haqi, nafaqalar, stipendiyalar, pensiyalar, shaxsiy
xo‘jaliklardan olinadigan daromadlar, ishchi va xizmatchilarning
oylik ish haqlari darajasi bo‘yicha taqsimlanishi kiradi.
Iste’molchilar talabi to‘g‘risidagi axborotlarning muhim
manbai savdodagi buxgalteriya va operativ hisobi (masalan,
ulgurji savdo ko‘rsatkichlari, ichki guruhli assortimentlar
bo‘yicha tovarlarning kelib tushishi va zaxiralarini o‘z ichiga
oluvchi ulgurji bozordagi tovarlar harakatining miqdoriy va
summaviy hisobi)ning ma’lumotlari. Iste’molchilar to‘g‘risidagi
axborotlarning maxsus manbalaridan birortasi to‘liq va ishonchli
tushuncha bermaydi. Shuning uchun barcha ma’lumotlardan
kompleks foydalanish va maxsus kuzatishlar materiallari bilan
to‘ldirilishi lozim. Maxsus kuzatishlar o‘tkazish katta xarajatlar
talab qilsa ham, ularning ishonchliligi yuqori emas. Shuning
uchun, mutaxassislar axborotlarni boshqa manbalardan olish
mumkin bo‘lmagan hollardagina kuzatishlar olib boradilar.
Talabni o‘rganishda asosiysi yig‘ilgan ma’lumotlar miqdori emas,
balki talab rivojlanishi tendensiyasini xarakterlovchi asosiy
ko‘rsatkichlarni qamrab olishdan iborat.

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish