Rivojlantirish instituti j. J. Jalolov, I. A. Ahmedov, I. S. Hotamov korxona tashqi iqtisodiy


Shartnomalardagi fors-major va arbitrajga oid izohlar



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/120
Sana20.07.2021
Hajmi0,79 Mb.
#124196
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   120
Bog'liq
korxona tashqi iqtisodiy faoliyati va marketing kasb-hunar kollejlari talabalari uchun oquv qollanma

Shartnomalardagi fors-major va arbitrajga oid izohlar.
Amalda har qanday oldi-sotdi shartnomasi shunday moddaga
ega bo‘ladiki, bu modda odatda fors-major yoki yengib bo‘lmas
kuch hollari deb nomlanadigan ma’lum hollar yuzaga kelganida
shartnomani bajarish muddatlarini orqaga suradi yoki umuman


6 9
tomonlarni shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni to‘la yoki qisman
bajarishdan ozod qiladi. Tegishli modda ham o‘z nomiga ega
bo‘ladi.
Fors-major hollariga turli tabiiy ofatlar (yong‘inlar, suv
toshqinlari, zilzilalar) ham, turli siyosiy va savdo-siyosiy
vaziyatlar (urush, eksportni yoki importni man etish) ham kiradi.
Shartnomada kontragentlar tomonidan kelishib olingan
shunday holatlar yuzaga kelganida tomonlarning harakat qilish
tartibini nazarda tutish lozim. Odatda, fors-major hollariga
shartnoma imzolanganidan keyin yuzaga kelgan tomonlar
oldindan ko‘rishi mumkin bo‘lmagan va yengib o‘ta olmaydigan
favquloddagi holatlarni kiritishadi. Ko‘rsatilgan holatlarning
yuzaga kelishini tasdiqlovchi bo‘lib tegishli hujjatlar, aksariyat
hollarda — milliy savdo palatalarining guvohnomalari xizmat
qiladi. Fors-major hollarining amal qilishi shartnomani bajarish
muddatini ko‘rsatilgan holatlarning amal qilish davomiyligiga
teng muddatga orqaga suradi. Agar bu holatlar tomonlar
kelishgan va shartnomada ko‘rsatilgan muddatlardan cho‘zilib
ketsa, tomonlarning har biri kelgusida shartnoma bo‘yicha
majburiyatlarni bajarishdan bosh tortishga haqlidir. Bunda
tomonlardan hech qaysisi boshqa tomondan zararni qoplashni
talab qilish huquqiga ega bo‘lmaydi.
Misol. Tomonlardan har birining ushbu shartnoma bo‘yicha
majburiyatlarini to‘la yoki qisman bajarishi mumkin bo‘lmay-
digan holatlar, ya’ni yong‘in, tabiiy ofatlar, urush, har qanday
turdagi harbiy operatsiyalar, qamallar, eksport va importni man
qilishlar yoki tomonlarga bog‘liq bo‘lmagan boshqa holatlar yuzaga
kelganda, shartnomani bajarish muddati shunday holatlar amal
qiladigan muhlatga teng vaqtga cho‘ziladi.
Agar bunday holatlar 3 oydan ortiq davom etsa, tomonlardan
har biri kelgusida shartnomani bajarish bo‘yicha majburiyat-
lardan bo‘yin tovlashga haqli va bunday holda tomonlardan
hech qaysisi boshqa tomonning zararni qoplashini talab qilish
huquqiga ega emas.
Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarini bajarishi mumkin
bo‘lmagan holatlar yuzaga kelgan tomon o‘z majburiyatlarini
bajarishga to‘sqinlik qiladigan holatlarning yuzaga kelganligi
va to‘xtaganligi haqida zudlik bilan boshqa tomonni xabardor
qilishi shart.


7 0
Tegishlicha Sotuvchi yoki Xaridor mamlakatining savdo
palatasi bergan ma’lumotnomalar yuqorida ko‘rsatilgan
holatlar mavjudligi va ularning davomiyligini tasdiqlashga
xizmat qiladi.
Shartnomada 
arbitrajga oid izohlar deb nomlangan bo‘limda
tomonlar shuni belgilab qo‘yadilarki, har qanday bahs yoki
ziddiyatlar (umumiy sudlarga tegishli hollar bundan mustasno)
yoki doimiy amal qiluvchi arbitrajlarga yoxud 
ad. xoc
arbitrajlariga, ya’ni muayyan shartnoma bo‘yicha bir yoki bir
necha nizoli masalalarni hal qilish uchun har gal yangidan
tuziladigan arbitrajlarga o‘tkazilishi shart.
Arbitrajga oid izoh o‘zi tarkibiy qismi bo‘lgan shartnomaning
haqiqiy yoki haqiqiy emasligidan qat’i nazar, yuridik kuchga
ega deb tan olinadi.
O‘zbekiston tashqi savdo tashkilotlarining xorijiy firmalar
bilan shartnomalarida ko‘pincha nizolarni o‘tkazilish joyi
Shvetsiya (Stokgolm) da yoki boshqa betaraf mamlakatda bo‘lgan
ad. xoc arbitrajda ko‘rib chiqish nazarda tutiladi. Ba’zi hollarda
izoh ishlarni ko‘rib chiqish O‘zR Savdo-sanoat palatasi qoshidagi
Xalqaro tijorat arbitrajida amalga oshirilishini ko‘zda tutadi.
Bu O‘zbekiston tomoni uchun eng qulay variantdir.
Misollar. 1. Ushbu shartnomadan kelib chiqadigan yoki u
bilan bog‘liq bo‘lgan barcha nizolar va ziddiyatlar (tomonlarning
umumiy sudga murojaat qilgan hollari bundan mustasno) Toshkent
shahridagi Savdo-sanoat palatasi qoshidagi Xalqaro tijorat
arbitrajida ushbu arbitrajning Reglamentiga muvofiq ko‘rib
chiqilishi kerak. Bu arbitrajning qarori har ikkala tomon uchun
oxirgi va majburiy hisoblanadi. 2. Ushbu shartnomadan kelib
chiqadigan yoki u bilan bog‘liq bo‘lgan barcha nizolar va
ziddiyatlar (umumiy sudga tegishli bo‘lgan hollar bundan
mustasno) ko‘rib chiqilishi kerak. Aynan:
a) Agar Toshkentda javobgar Xaridor bo‘lsa, Toshkent
shahridagi Savdo-sanoat palatasi qoshidagi Xalqaro tijorat
arbitrajida ushbu arbitrajning Reglamentiga muvofiq ko‘rib
chiqilishi kerak;
b) Agar Belgradda javobgar Sotuvchi bo‘lsa, Yugoslaviya
xo‘jalik palatasi qoshidagi Tashqi savdo arbitrajida, ushbu
Arbitrajning qoidalariga muvofiq ko‘rib chiqilishi kerak.
Arbitrajning qarorlari oxirgi va har ikkala tomon uchun
majburiydir.


7 1
3. Ushbu shartnomadan kelib chiqadigan yoki u bilan bog‘liq
bo‘lgan barcha nizolar tomonlarning kelishuviga binoan hal
qilinishi kerak.
Agar tomonlar 15 kun davomida kelishuvga erisha olmasalar,
nizo ikkala tomondan 2 kishidan iborat 4 kishilik paritet
komissiyasiga beriladi. Bu komissiya tomonlardan birining
yozma talabiga binoan 10 kun ichida tuziladi.
Agar paritet komissiyasi o‘zi tuzilgan kundan boshlab, 15
kun ichida nizoni hal qilmasa yoki tomonlardan biri yuqoridagi
10 kun muddatda o‘z vakillarini paritet komissiyasi tarkibiga
belgilamasa, tomonlardan birining yozma talabiga binoan nizo
Budapesht shahridagi Vengriya savdo palatasi qoshidagi
hakamlar sudiga o‘tkaziladi. Bu sudning qarori oxirgi
hisoblanadi, uning ustidan hech qanday e’tiroz (protest)
keltirilishi, appelatsiya shikoyati berilishi va kassasiya tartibida
qayta ko‘rib chiqilishi mumkin emas, bu qaror har ikkala tomon
uchun ham majburiy hisoblanadi.

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish