Tovar akkreditivini ochishga ariza — uning vositasida mazkur
hujjatda ko‘rsatilgan shartlarda tovar akkreditivi ochish to‘g‘risida
topshiriq berilgan hujjatdir.
Tovar akkreditivi — to‘lovchi va uning banki o‘rtasidagi
shartnoma bo‘lib, unda bank tovar akkreditivi ochish
majburiyatini o‘z zimmasiga oladi. Bu akkreditiv bo‘yicha
benefitsiar to‘lovni, ma’lum shartlarda va kelishilgan hujjatlarni
taqdim etgandan keyin trattalarni tasdiqlashi yoki hisobga olishi,
shuningdek, basharti hujjatda aytib o‘tilgan bo‘lsa trattalarni
olishi, tasdiqlashi va hisobga olishi zarur bo‘ladi. Akkreditivlar
o‘z shartlariga ko‘ra turlicha bo‘lishi mumkin; akkreditivning
barcha shartlari unda qayd etiladi va shartnoma shartlariga mos
kelishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |