Rivojlantirish instituti j. J. Jalolov, I. A. Ahmedov, I. S. Hotamov korxona tashqi iqtisodiy



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/120
Sana20.07.2021
Hajmi0,79 Mb.
#124196
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   120
Bog'liq
korxona tashqi iqtisodiy faoliyati va marketing kasb-hunar kollejlari talabalari uchun oquv qollanma

Sug‘urtalash shartlari. Barcha oldi-sotdi shartnomalari
sug‘urtalash bilan birga amalga oshiriladi. Shartnomaning
shartlaridan kelib chiqib, bu majburiyat yo sotuvchiga yoki
xaridorga yuklanadi. Agar bitimning shaklida bu majburiyat
ko‘rsatilmagan bo‘lsa, transportirovka vaqtida tovar tasodifan
buzilishi tavakkali zimmasida bo‘lgan tomon tovarni sug‘ur-
talashdan manfaatdordir.
Sug‘urtalash masalalariga bag‘ishlangan moddada shartnoma
tomonlari quyidagilarni nazarda tutishlari kerak: qanday yuk
sug‘urtalanishi kerak, qanday xavfdan sug‘urtalanishi kerak,
tomonlardan qaysi biri sug‘urtalashni amalga oshiradi va u
kimning foydasiga amalga oshiriladi.
Tashqi savdo bitimlarida sug‘urtalash, asosan, tovarni
transportda tashishda nazarda tutiladi. Sug‘urtalashga nisbatan
tomonlarning majburiyatlari shartnomaning bazis shartlari bilan
o‘rnatiladi. Sug‘urtalashni amalga oshirish uchun sug‘urta
kompaniyasi va xo‘jalik tashkiloti o‘rtasida bosh kelishuv (asosiy
polis) tuziladi. U sug‘urtalashning umumiy shartlarini aks
ettiradi. Yuklarni sug‘urtalash sug‘urta kompaniyasida turli
shartlarda amalga oshirilishi mumkin.
Mashinalar va uskunalarga, shuningdek, pudrat ishlariga
shartnomalar tuzilganda, material obyektlarini ham, xodimlarni
ham (shaxsiy sug‘urtalash) sug‘urtalashning alohida shartlari
zarurligi paydo bo‘lishi mumkin. Bu shartlar shartnomada
atroflicha ta’riflanishi kerak.
Shartnomalarning shartlari, shuningdek, eksportchilarning
xaridorlarga sug‘urta polislari yoki sertifikatlarini (sotuvchi
tovarni sug‘urtalashi shart bo‘lgan hollarda) berish bo‘yicha
majburiyatlarini ham o‘z ichiga olishi kerak. Ular to‘lov uchun
taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxatiga kiritiladi.
Misollar. 1.Sotuvchi shartnoma bo‘yicha yetkazib berilayotgan
uskunalarni, ular Sotuvchining zavodidan yuklangan paytidan
boshlab, to Xaridorning zavodi olgan paytigacha Sug‘urta
kompaniyasida sug‘urtalash bo‘yicha barcha majburiyatlarni o‘z
zimmasiga oladi.
Sotuvchining zavodidan va (yoki) u yollagan yetkazib
beruvchisining zavodidan to tovarning chegaradan o‘tish
paytigacha bo‘lgan sug‘urtalash summasining, ya’ni ushbu
shartnoma summasining 75 % hajmidagi sug‘urtalash xarajatlari
Sotuvchi hisobiga o‘tkaziladi va schyot to‘lash paytida Xaridor
tomonidan ushlab qolinadi.


6 6
Butun transportirovka va ortish-tushirish muddati davomida
sug‘urtalash «qisman avariya uchun javobgarlik bilan» shartida
Sug‘urtalash kompaniyasining «Yuklarni transport sug‘urtalash
qoidalari»ning 2-paragrafi 2-bandiga muvofiq, uskunalarning
to‘la bahosiga amalga oshiriladi.
Shartnomaga imzo chekilgan sanadan boshlab, 2 oy
davomida Xaridor Sotuvchiga Sotuvchining nomiga yozilgan
sug‘urtalash polisini yuboradi. Bu polis Sotuvchining zavodidan
yoki u yollagan yetkazib beruvchining zavodidan yuklar
ortilganidan boshlab, to franko-vagonni O‘zbekiston-
Qozog‘iston chegarasiga yetkazib kelgunicha bo‘lgan vaqt ichida
sug‘urtalashni qoplaydi.
Pudratchi shartnomadan kelib chiqadigan o‘z majburiyatlari
va javobgarligini chegaralamay turib, o‘z hisobidan va o‘zi
tavakkal qilgan holda hamda o‘z foydasiga, Pudratchi va Sug‘urta
kompaniyasi o‘rtasida kelishilgan shartlarda Sug‘urta
kompaniyasida quyidagilarni sug‘urtalaydi:
— ishlar bajariladigan va bino kafolatli foydalaniladigan davr
mobaynidagi ishlarni;
— ishlar bajarilishi natijasida uchinchi shaxslarga yoki
ularning mulkiga yetkazilishi mumkin bo‘lgan zarar va shikastlar
uchun fuqarolik javobgarligini;
Pudratchi o‘z hisobidan ishda band bo‘lgan xodimlarni
baxtsiz hodisalarning oqibatlaridan sug‘urta qiladi.

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish