6 3
tegishli miqdor va sifatli tovarni olish bilan shartnomaning
amalda bajarilganligini bildiradi.
Yakuniy qabul qilish-topshirish
ma’lumotlari tomonlarning hisob-kitob qilishlari uchun asos
bo‘lib xizmat qiladi.
Tovarni qabul qilish-topshirish son va sifat bo‘yicha o‘tkaziladi.
Son bo‘yicha u tovarni qayta sanab ko‘rish yoki o‘lchab ko‘rish
orqali amalga oshiriladi va buning natijalari tegishli hujjatlarda
aks ettiriladi. Sifati bo‘yicha tovarni qabul qilish-topshirish
tovarning sifati shartnoma shartlariga mos kelishini tasdiqlaydigan
hujjat asosida yoki haqiqatda qabul qilish joyiga yetkazib kelingan
tovarning sifatini tekshirish orqali amalga oshiriladi.
Tovarni qabul qilish-topshirishning faktik joyi shartnomada
aniq ko‘rsatiladi. U sotuvchining mamlakatida ham, xaridorning
mamlakatida ham tanlanishi mumkin.
Tomonlar tovar sifatining shartnomada kelishilganiga to‘g‘ri
kelmasligi oqibatlarini (skidka, tovarni almashtirish, kamchilikni
(defekt) tuzatish) shartnomaning tegishli moddasida nazarda
tutishlari zarur.
Misollar. 1. Quyidagi hollarda tovarni Sotuvchi topshirgan va
Xaridor qabul qilib olgan hisoblanadi:
— sifati bo‘yicha Sotuvchi bergan sifat sertifikatiga mos
kelganda;
— joy miqdori bo‘yicha konosamentda ko‘rsatilgan miqdorga
mos kelganda;
mahsulotlarning soni bo‘yicha ixtisoslashuvi va o‘rash-joylash
varaqlariga mos kelganda.
Son va sifat bo‘yicha tovarni yakuniy qabul qilish —
xaridorning omboriga tovar yetib kelganidan keyin 20 kun ichida,
lekin tovar O‘zbekiston chegarasidagi stansiyaga kelganidan
keyin 150 kundan ko‘p bo‘lmagan
muhlat ichida amalga
oshirilishi kerak.
2. Quyidagi hollarda tovarni Sotuvchi topshirgan va Xaridor
qabul qilib olgan hisoblanadi:
a) miqdori bo‘yicha — xalqaro yuk tashish temiryo‘lining
nakladnoyida ko‘rsatilgan og‘irlikka mos kelganida.
Yuk qisman yo‘qolganida Xaridor Sotuvchiga da’vo qilishi
mumkin; da’vo qilish uchun yukni xaridorga berishda chegara
stansiyasida tuzilgan tijorat akti va xalqaro yuk tashish temir
yo‘lining nakladnoyi asos bo‘lib xizmat qiladi.
Da’vo uni asoslovchi hujjatlar va hisob-kitoblar ilova qilingan
holda, 4 nusxada yetkazib berish amalga oshirilgan oydan so‘ng,
6 4
2 oydan ko‘p bo‘lmagan muhlat ichida Sotuvchiga taqdim etilishi
kerak.
Yukning og‘irligidagi 1 %gacha bo‘lgan yetishmovchilik
hisobga olinmaydi;
b) sifati bo‘yicha tovarni tayyorlagan zavodning sifat
sertifikatiga mos kelganida.
Xaridor xlorli kaliydagi namlik darajasini u chegarada qayta
yuklanayotganida tekshirib ko‘rish huquqiga ega. O‘zbekiston
vagonlaridan namuna olish va uni analiz qilish Sotuvchi va
Xaridor o‘zaro kelishgan betaraf nazorat tashkiloti tomonidan
amalga oshiriladi.
Agar namlik darajasi 2 %dan oshsa, Sotuvchi tovar yetkazib
berilganidan keyin 2 oydan ko‘p bo‘lmagan
muddat ichida
Xaridorga reklamatsiya taqdim etishi va zararni qoplatish uchun
tovarning namlik darajasi 2 %dan ortiq bo‘lgan qismining
qiymatini qaytarib olishga haqli.
Do'stlaringiz bilan baham: