Rivojlantirish instituti j. J. Jalolov, I. A. Ahmedov, I. S. Hotamov korxona tashqi iqtisodiy



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/120
Sana20.07.2021
Hajmi0,79 Mb.
#124196
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   120
Bog'liq
korxona tashqi iqtisodiy faoliyati va marketing kasb-hunar kollejlari talabalari uchun oquv qollanma

Kreditga to‘lash. Xalqaro savdo amaliyotida 
tijorat krediti
qo‘llaniladi. Bu eksportchining importchiga kredit berishi yoki
importchining eksportchiga avans berishidir. Bundan tashqari,
bank kreditlari ham qo‘llaniladi.


6 1
Kreditga hisob-kitob qilish veksel kreditini, to‘lov muddatini
kechiktirishni yoki ochiq schyot bo‘yicha kreditlashni nazarda
tutishi mumkin.
Shartnomada to‘lovni kechiktirish haqida kelishib olinganida,
tomonlar avans va inkasso shaklidagi qisman naqd to‘lashni
nazarda tutishlari mumkin. Kreditlanadigan qismning hajmi,
kredit berish shartlari va kreditni to‘lash tartibi shartnomada
atroflicha tasvirlanishi kerak.
Misol. Ushbu shartnoma bo‘yicha to‘lovlar quyidagi hajmlarda
amalga oshiriladi:
— shartnoma buyurtmasining 5 % shartnoma kuchga kirgan
sanadan boshlab 30 kun davomida naqd pulda to‘lanadi;
— buyurtmaning 5 % dastlabki loyiha taqdim etilgan sanadan
boshlab, 30 kun ichida naqd pulda to‘lanadi;
— buyurtmaning 5 % oxirgi loyiha taqdim etilgan sanadan
boshlab, 30 kun ichida naqd pulda to‘lanadi;
— buyurtmaning 5 % — hujjatlarni inkassoga qabul qilib
olinganidan keyin 45 kun ichida har bir yetkazib berishning
bahosidan kelib chiqib naqd pul bilan to‘lanadi;
— 5 % — kafolatli summa;
— shartnomaning 75 % hajmidagi qolgan summasi
buyurtmachi tomonidan baravar hajmdagi o‘nta yarim yillik
badallar bilan to‘lanadi.
Xalqaro savdoda 
veksel kreditini berishda perevodli veksellar
(trattalar) keng qo‘llaniladi. Ular ancha qulayroq, chunki to‘lov
vositasi sifatida ishlatilishi mumkin.
Veksel xalqaro savdoning ko‘plab ishtirokchilari tijorat
kreditlarining asosiy shakli hisoblanadi. Eksportchi importchi
nomiga qisqa muddatli trattalar yozib beradi va tovarlarni
taqsimlash hujjatlari bilan birga ularni bankka topshiradi. Xaridor
faqat tratta akseptiga qarshi, ya’ni veksellarni to‘lash uchun
qabul qilinganligini tasdiqlaganidan keyin o‘z bankidan
hujjatlarni oladi.
Kredit shartlari odatda shartnoma qiymatining 80—85 %ni
qoplaydi, qolgan qismi importchi tomonidan naqd pullar bilan,
jumladan, bo‘nak shaklida to‘lanadi.
Misol. Ushbu shartnoma bo‘yicha to‘lovlar quyidagi hajmlarda
amalga oshiriladi:
— shartnoma buyurtmasi umumiy qiymatining 5 % Sotuvchi
tomonidan Xaridorga Toshkent shahridagi Tashqi iqtisodiyot


6 2
banki quyidagi hujjatlarni... inkassoga olganidan keyin 30 kun
ichida to‘lanadi...
— shartnoma umumiy qiymatining 10 % Xaridor tomonidan
har bir yetkazib berishning bahosiga mutanosib ravishda,
Toshkent shahridagi Tashqi iqtisodiyot banki quyidagi hujjat-
larni... inkassoga olgan sanadan boshlab, 30 kun ichida
to‘lanadi...
— shartnoma umumiy qiymatining 80 % Xaridor tomonidan
5 yilga berilgan tijorat krediti shartlari asosida, o‘nta barobar
yarim yillik bo‘naklar bilan to‘lanadi.
Xaridor Sotuvchiga kreditdan foydalanganligi uchun yillik...
% da oddiy foizlar to‘laydi.
Tijorat kreditini to‘lash perevod veksellari (trattalar) bilan
amalga oshiriladi. Bunda har bir perevodli veksel asosiy qarzning
bir qismi summasi va unga tegishli foizlarning summasini o‘z
ichiga olishi kerak.
Shartnomaning tijorat shartlarida nazarda tutilgan muddatda
Sotuvchi Xaridorga aksept uchun perevod veksellarining
komplektini beradi va ularni Toshkent shahridagi Tashqi
iqtisodiyot bankiga taqdim etadi.
Xaridor yuqorida ko‘rsatilgan perevod veksellarini tasdiqlashi
va ularni olgan sanadan boshlab, 30 kun ichida Tashqi iqtisodiyot
bankiga taqdim etishi kerak.

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish