Rivojlantirish instituti j. J. Jalolov, I. A. Ahmedov, I. S. Hotamov korxona tashqi iqtisodiy


i) Tayyor mahsulotning chiqishi bo‘yicha



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/120
Sana20.07.2021
Hajmi0,79 Mb.
#124196
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   120
Bog'liq
korxona tashqi iqtisodiy faoliyati va marketing kasb-hunar kollejlari talabalari uchun oquv qollanma

i) Tayyor mahsulotning chiqishi bo‘yicha. Bu usulda tayyor
mahsulotning miqdori ko‘rsatiladi.
j) Natural og‘irligi bo‘yicha. Bu usulda don mahsulotlarining
sifati aniqlanadi.
k) «TEL-KEL» usuli. Bu usul qisman hali yig‘ib olinmagan
donli sitrusli ekinlarning hosilini sotishda ishlatiladi. Xaridor
tovarni, agar u shartnomada ko‘rsatilgan nomga (turga, navga)
to‘g‘ri kelsa, uning sifatidan qat’i nazar olishi kerak.
Masalan, Tovarning alohida qismlarining o‘lcham
ko‘rsatkichlari (tosh ko‘mir, urug‘lar, tuzlar va h.k.).
Yetkazib berish muddati va sanasi. Yetkazib berish muddati
— tomonlar kelishib olgan va shartnomada nazarda tutilgan,
shu vaqt ichida sotuvchi xaridorga bitim predmetini yetkazib
berishi zarur bo‘lgan muddat. Bunda bitim predmeti bir vaqtda,
shuningdek, bo‘lib-bo‘lib biror muddat ichida yetkazib berilishi
mumkin. Bir vaqtda yetkazib berishda tomonlar yetkazib
berishning bir muddatini, ma’lum vaqt davomida yetkazib
berishda esa har bir partiya uchun yetkazib berish muddatini
ko‘rsatishadi.
Shartnomada yetkazib berish muddatlari quyidagi usullar
bilan ko‘rsatilishi mumkin:
— yetkazib berishning qayd etilgan sanasini belgilash bilan;
— biror davr ichida (oy, chorak, yil) yetkazib berish mud-
datini belgilash bilan;
— maxsus terminlarni («zudlik bilan», «ombordan» va sh.k.)
qo‘llash bilan.
Tashqi savdo amaliyotida yetkazib berish muddatlarini
belgilash uchun (oy, chorak) kalendar davri eng ko‘p qo‘llaniladi.


5 3
Yetkazib berish muddati sifatida aniq kalendar sanasi ancha
kam qayd etiladi.
Zudlik bilan yetkazib berish, deganda, xalqaro amaliyotda
bitim tuzilishi bilan boshlanadigan ma’lum muddat tushuniladi.
Bu muddat savdo odatlari bilan belgilanadi va 1 dan 14 ish
kungacha bo‘lgan muhlatni o‘z ichiga oladi. Bunday muddat-
larda tovarlar yetkazib berish bo‘yicha birjalarda, auksionlarda,
sotuvchining omboridan sotishlardagi bitimlar amalga oshiriladi.
Misollar. 1. Ushbu shartnoma bo‘yicha sotilgan tovar 1997-
yil aprelidan dekabrigacha taxminan bir xildagi partiyalar bilan
yetkazib beriladi. 2. Tovar 1997-yil sentabr-noyabr oylari
davomida yetkazib beriladi. Sotuvchi muddatidan oldin yetkazib
berish huquqiga ega. 3. Ushbu shartnoma bo‘yicha tovar 1996-
yilning 25-sentabridan kechikmasdan yetkazib berilishi shart.
4. Sotuvchi xaridorga tovarni 1997-yilning fevral-aprelida Sotuvchi
va Xaridor o‘rtasida kelishilganidek, yetkazib berish oylari va
transport turiga muvofiq holda yetkazib beradi.
Sotuvchiga Xaridorning roziligiga binoan, tovarni mudda-
tidan oldin yetkazib berish huquqi beriladi.
Sotuvchining tovarni muddatidan oldin yetkazib berishi
mumkinligi shartnomada maxsus qayd etib o‘tilishi kerak. Agar
bu qayd etilmagan bo‘lsa, odatga ko‘ra, faqat xaridorning
roziligiga binoan muddatidan oldin yetkazib berish mumkin.
Ko‘p hollarda oldi-sotdi shartnomasiga yetkazib berish sanasi
haqidagi izoh kiritiladi. Bu bitimning tomonlariga kelgusida
yetkazib berishning aniq muddatlariga rioya qilish haqidagi
nizolarga yo‘l qo‘ymaslik imkonini beradi. Yetkazib berish sanasi
tovarni tashish usullaridan kelib chiqib, belgilanadi va ular
quyidagilar bo‘lishi mumkin:
— tovarni tashishga qabul qilib olinganligidan dalolat
beruvchi transport hujjatining sanasi;
— omborxona guvohnomasining sanasi;
— sotuvchi va xaridor vakillarining qabul qilish-topshirish
aktiga imzo chekkan sanasi.

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish