O’tilgan mavzuni takrorlash va uyga vazifa berishda o’zim tuzib chiqqan topshiriqlar blankalaridan foydalandim. Unda dastlab nazariy bilimlarni tekshiruvchi yopiq test shaklidagi savollar majmui berilgan



Download 5,3 Mb.
bet1/3
Sana31.12.2021
Hajmi5,3 Mb.
#204687
  1   2   3
Bog'liq
Lutfullayev Azizbek



ANNOTATSIYA: Chizmachilik fanining ahamiyati hamda bu fanning o’quvchilarda tasavvur va idrokni umumlashtiruvchi yaratuvchanlik, bunyodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishda asosiy o’rinlarda turishini e’tiborga olgan holda ushbu dars ishlanmamni o’quvchilarda eng sodda geometrik jismlarni nafaqat chizmalarda tasvirlashga, balki ochiq fazoda tasavvur eta olish salohiyatini kuchaytirishga qaratdim. Shu bilan birga tanlagan mavzuim orqali hayot davomida uchraydigan muammo va masalalarning ko’p tomonlama yechimlarini bir vaqtning o’zida umumlashtira olish hamda to’g’ri yechimni tanlay olish ko’nikmasi shakllanadi. Tanlagan mavzuimning yana bir ahamiyatli tomoni chizmachilik darslaridagi ketma – ketlik har bir mavzuni mukammal o’zlashtirilishini talab qiladi. Barcha detallar asosini tashkil qiluvchi geometrik jismlar va ularning proyeksiyalari hamda ularni chizmada tasvirlash usullarini to’liq o’zlashtirish keyingi mavzular uchun asos bo’lib xizmat qiladi hamda dars jarayonida o’quvchining keyingi mavzularni tushunish va qabul qilish tezligini oshiradi. Bu o’qituvchi uchun ham yangi mavzularni qisqa vaqt ichida o’quvchilarga yetkazib berishda qulaylik yaratadi.

O’tilgan mavzuni takrorlash va uyga vazifa berishda o’zim tuzib chiqqan topshiriqlar blankalaridan foydalandim. Unda dastlab nazariy bilimlarni tekshiruvchi yopiq test shaklidagi savollar majmui berilgan. So’ngra grafik test yoki chizma orqali amaliy ko’nikmalar tekshiriladi. Buning afzallik tomoni shundaki, o’quvchi uyda o’tilgan mavzuni qayta o’qib, o’z bilimini ushbu topshiriqlar blankalari orqali tekshirib ko’rishi mumkin. O’qituvchi uchun ham uyga vazifa berishda qulaylik yaratadi. Ushbu blankalar jamlangan “Chizmachilik ish daftari”ni tuzib chiqqanman.

Mavzuni tushuntirishda o’qituvchi qo’l harakatlaridan foydalanishi o’quvchilarda fazoviy xotiraning kengayishiga va ochiq fazoda jismlarni tasavvur eta olish qobiliyatini rivojlanishiga sabab bo’ladi. Shu sababli mavzu bayonida ham, topshiriqlar berish jarayonida ham qo’l harakatlaridan foydalanish yaxshi natijalarga olib keladi. Ushbu usul haqida alohida izoh (3 – izoh) keltirib o’tdim.

Chizmachilik darslarida o’quvchilar e’tiborini bir joyga jamlash va zerikib qolmasliklari uchun qisqa vaqt ichida bajariluvchi “Tez yordam” mashqini dars ishlanmam tarkibiga kiritdim. Bu mashqni kam vaqt talab qilishi hamda ko’p o’quv qurollari talab qilinmasligi sababli deyarli barcha mavzularni takrorlash va mustahkamlashda dars jarayonining istalgan qismida qo’llash mumkin.

Dars ishlanmaga yangi pedagogik texnologiyalardan “Klaster”, “Kichik guruhlar bilan ishlash” kabi metodlarni kiritdim. Chunki “Klaster” metodi orqali o’quvchilar fikrlash jarayonida ketma – ketlikka, o’zaro qarama – qarshi yechimlar izlashga, mavjud yechimlarni optimallashtirishga erishiladi. “Kichik guruhlar bilan ishlash” metodi o’quvchilar o’rtasida bahamjihatlik bilan qaror qabul qilish va o’zaro hurmat tuyg’ularini shakllantirishga yordam beradi.

Dars davomida kompyuter texnologiyalaridan unumli foydalanib, o’quvchilarda barcha chizmalarni grafik dasturlar orqali amalga oshirish ko’nikmalarini hosil qilishga qaratdim. Buning uchun eng sodda grafik dasturlaridan biri Windows 7 operatsion tizimi tarkibidagi Paint grafik muharriridan foydalandim. Chunki Windows 7 tarkibidagi Paint grafik dasturi maktab ta’lim tizimidagi chizmachilik fanining chizma va eskizlarini tasvirlashda barcha qulaylik va imkoniyatlarga ega. Eng sodda va qulay Paint grafik dasturini o’rganish orqali boshqa grafik dasturlarini o’zlashtirish juda oson kechadi. Bundan tashqari o’quvchilar darsdan bo’sh vaqtlarida maktab kompyuter xonalarida ushbu dastur orqali uyga vazifalarini tayyorlashlari mumkin bo’ladi. Shu bilan birga chizmalar chizish uchun nafaqat grafik dasturlar, balki matn muharrirlaridan ham foydalanish mumkin. Barchamizga tanish bo’lgan Microsoft Office dasturlari tarkibidagi Microsoft Word matn muharririda geometrik jismlar va ularning proyeksiyalarini chizishni mavzuni yoritish mobaynida keltirib o’tdim.

Mavzuni yoritishda hamda topshiriqlar berishda zamonaviy grafik dasturlardan Kompas 3D dasturi eng qulay va juda ko’p imkoniyatlarga ega dastur hisoblanadi. O’qituvchi ushbu dasturdan foydalangan holda qisqa vaqt ichida chizmalarni tayyorlash imkoniyatiga ega bo’ladi hamda istalgan geometrik jism yoki detalni 3D ko’rinishida, ya’ni uch o’lchamda ko’rish, ularni harakatlantira olishi mumkin bo’ladi. Shu sababli dars ishlanmaning uyga vazifa qismida ushbu dasturdan foydalandim.

Yuqorida keltirib o’tilgan barcha metod va usullarni ish tajribamda sinab ko’rdim va yaxshi natijalarga erishdim.



Ma’lumot o’rnida ushbu dars ishlanmamning ayrim qismlarida “Eng yaxshi dars ishlanma – 2016” tanlovining Respublika bosqichida 1 – o’rinni egallagan “Ko’rinishning yarmi bilan qirqimning yarmini birlashtirish” mavzusida yozilgan o’zimning dars ishlanmamdan (mualliflik huquqlarini buzmagan holda) foydalandim.


Download 5,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish