O’tilgan mavzuni takrorlash va uyga vazifa berishda o’zim tuzib chiqqan topshiriqlar blankalaridan foydalandim. Unda dastlab nazariy bilimlarni tekshiruvchi yopiq test shaklidagi savollar majmui berilgan



Download 5,3 Mb.
bet3/3
Sana31.12.2021
Hajmi5,3 Mb.
#204687
1   2   3
Bog'liq
Lutfullayev Azizbek

Tarbiyaviy va rivojlantiruvchi

Rivojlantiruvchi maqsad:

Tayanch kompetensiya

  • Kommunikativ

  • Axborot bilan ishlash

  • Shaxs sifatida o’z – o’zini rivojlantirish

  • Umummadaniy

  • Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish hamda foydalanish (1 – Izoh. Tayanch kompetensiyalar)

Xususiy kompetensiya

  • Ish qurollaridan to’g’ri foydalanish

  • Chizmalarni chizishni o’rganish, tahlil qilish va o’z – o’zini nazorat qilish

  • Chizmalarni o’qish tartibi va chizmani ketma – ketlikda to’g’ri bajarish

  • Chizmachilikda qo’llaniladigan atamalarni bilish va

chizmalarni o’qishda qo’llay olish (2 – Izoh. Xususiy kompetensiyalar)


O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi


Dars turi:

aralash yoki kombinatsiyalashgan: shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi

Dars shakli:

interfaol mashg’ulot: amaliy, savol – javob, jamoa bo’lib ishlash

Dars metodi:

interaktiv metodlar: kichik guruhlar bilan ishlash, “Klaster” metodi

Dars usuli:

vizual ma’ruza, taqdimot, suhbat, ko’rsatmalilik, amaliy mashg’ulot

Dars jihozi:

darslik, ko’rgazmali va didaktik materiallar, proyektor, AKT

DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI:

Ishning nomi

Bajariladigan ish mazmuni

Metod va usul

Vaqt

I - bosqich:

Tashkiliy qism

Salomlashish, davomatni aniqlash,

sinfni darsga tayyorlash

Savol - javob

2 min

II - bosqich: O’tilgan mavzuni takrorlash

O’tilgan mavzuni takrorlash, mustahkamlash,

Savol – javob, guruhlarda ishlash

5 min

III - bosqich: Yangi mavzu bayoni

Yangi mavzuni tushuntirish, o’tilgan mavzu bilan bog’lash

Visual ma’ruza, ko’rsatmalilik

10 min

IV - bosqich:

Yangi mavzuni mustahkamlash

Yangi mavzuni mustahkamlash, o’tilgan mavzu bilan umumlashtirish

Klaster”,

kichik guruhlarda ishlash

15 min

V - bosqich:

Baholash

G’olib guruhni aniqlash, rag’batlantirish (5 ballik reyting)

Individual so’rov,

Frontal so’rov

4 min

VI - bosqich:

Uyga vazifa

Uyga vazifani tushuntirish,

grafik ish topshiriqlarini tarqatish

Suhbat, ko’rsatmalilik

4 min

Tushuncha va atamalar:

    • Aylanish sirtlari – to’g’ri va egri chiziqning qo’zg’almas o’q atrofida aylanishidan hosil bo’luvchi sirtlar: silindr, konus va shar (sfera).

    • Silindr to’g’ri to’rtburchakning o’z tomonlaridan biri atrofida

aylanishidan hosil bo’luvchi sirt.

    • Konus – to’g’ri burchakli uchburchakning o’z katetlaridan biri atrofida aylanishidan hosil bo’luvchi sirt.

    • Kesik konus – uchi kesilgan konus.

    • Shar (sfera) – aylananing o’z diametri atrofida aylanishidan hosil bo’luvchi sirt.

    • Piramida – asosi ko’pburchak, yoqlari uchburchaklardan iborat geometrik jism.

    • Piramida elementlari – uch, qirra, yoq.

      • Uch – qirralarning o’zaro kesishgan joyi (nuqtasi).

      • Qirra – yoqlarning o’zaro kesishgan joyi (chizig’i).

      • Yoq – qirralar orasidagi tekis joy.

D A R S N I N G B O R I S H I

  1. Tashkiliy qism.

  1. Salomlashish, davomatni aniqlash va sinfni darsga tayyorlash

  2. Darsda psixologik iqlim yaratish, dars shiori va maqsadini e’lon qilish.

Dars shiori: “Fikrlash – o’zing bilan o’zing bahslashish demakdir”.

Kirish so’z:

Har kuni, har soatda fidoiy bo’lish, o’zini tomchi va tomchi, zarrama-zarra buyuk maqsadlar sari charchamay, toliqmay tinimsiz safarbar etib borish, bu fazilatni doimiy, kundalik faoliyat mezoniga aylantirish – haqiqiy qahramonlik aslida mana shu”

ISLOM KARIMOV

  1. O’quvchilarni 6 ta guruhga bo’lish va ular orasidan 1 ta ekspert tayinlash.

  2. O’quvchilar uyda geometrik jismlar yoyilmalariga asoslanib ularning maketlarini yasashadi va foydalanishga taxt qilishadi. (1 – Ilova. 1 – TM. “Geo. jism. yoyilmalari”)



  1. O ’tilgan mavzuni takrorlash.

  1. O’tgan darsda o’quvchilarga tarqatib chiqilgan topshiriqlar blankalari ekspert tomonidan yig’ib olinadi va o’qituvchining javob blankasi yordamida tekshirib chiqiladi. (1 – Ilova. 2 – TM. “Topshiriqlar blankasi”)

  2. O’qituvchi qo’l harakati orqali geometrik jismlarning shakllarini fazoda tasvirlaydi. Guruh a’zolari ko’rsatilgan geometrik jismlarning proyeksiyalarini eskiz sifatida ish daftarlariga 20 soniya ichida chizishlari zarur. (3 – Izoh)



  1. Yangi mavzu bayoni.

Y angi mavzuni o’tilgan mavzuga bog’lagan holda, darslik asosida yoritiladi. Qo’shimcha ma’lumot va chizmalar kiritilgan slaydlardan foydalaniladi.

Silindr, konus, shar va piramidaning proyeksiyalari

Texnikada barcha aylanma harakatlar aylanish silindri yordamida bajariladi.

Aylanish sirtlari, silindr, konus, shar (sfera) to’g’ri va egri chiziqning qo’zg’almas o’qi i atrofida aylanishidan hosil bo’lishi 19.1 – chizmada tasvirlangan.

To’g’ri chiziqlar silindr va konus yasovchilari deyiladi, sferadagi egri (aylana yoki yarimaylana) chiziq meridianlarni hosil qiladi. (2 – Ilova. 1 – Slayd)





Paint dasturida geometrik jismlar proyeksiyalarini chizish. (2 – Ilova. 2 – Slayd)

Silindr. Silindr 19.2 – chizma, a dagidek proyeksiyalar tekisliklari tizimiga joylashtirilgan bo’lsa, uning H dagi proyeksiyasi aylana, V va W dagi proyeksiyalari bir xil to’g’ri to’rtburchak ko’rinishida tasvirlanadi. Silindr hamma holatda ham faqat ikkita – d diametr va h balandlikka ega bo’ladi.



Konus. Konus ham silindr kabi texnik detallarda juda ko’p tatbiq etiladi. Konusning uchi kesilgan bo’lsa, kesik konus deyiladi. Konus 19.4 – chizma, a dagidek proyeksiyalar tekisliklari tizimida joylashgan bo’lsa, H tekisligida aylana, V va W tekisliklarida uchburchak ko’rinishida chiziladi. Konus ham ikkita o’lchamga – d diametr va h balandlikka ega.



Word matn muharririda geometrik jismlar proyeksiyalarini chizish (2 – Ilova.3 – Slayd)

Shar (sfera). U texnikada yumalash podshipniklarida qo’llaniladi. Sfera yumyumaloq sirt bo’lgani uchun hamma tekisliklarda o’ziga teng aylana ko’rinishida proyeksiyalanadi (19.5 – chizma, a). Sharning bitta o’lchami bo’ladi, lekin o’lcham soni oldiga “Sfera” so’zi yoziladi. Masalan, 19.5 – chizma, b dagidek “Sfera Ø 40”.

Kesik konus. Kesik konus uchta o’lchamga ega: D – katta diametri, d – kichik diametri va h – balandligi. Konus o’qi qaysi proyeksiyalar tekisligiga perpendikular bo’lsa, o’sha tekislikka ikkita katta va kichik aylanalar, qolganlarida trapetsiya shaklida proyeksiyalanadi (19.6 – chizma, a). Lekin trapetsiya ko’rinishidagi tomonlari davom ettirilsa, konus o’qining davomida bitta nuqtada o’zaro kesishadi (19.6 – chizma, b).

Chizmachilikda qabul qilingan shartli belgilarni qo’llab, silindr va konuslarni bitta proyeksiyada tasvirlasa ham bo’ladi (19.7 – chizma).

Piramida. Misr ehromlari shaklan asosi to’g’ri burchakli (kvadrat) piramidalarda bunyod etilgan. Piramida har xil: uchburchakli, to’rtburchakli, beshburchakli, oltiburchakli asosga ega bo’lgan muntazam ko’pyoqliklarga kiradi.



Asosi kvadrat piramida 19.8 – chizmadagidek proyeksiyalar tizimiga joylashtirilsa, H tekisligiga kvadrat, boshqa tekisliklarga uchburchak ko’rinishida proyeksiyalanadi. H dagi kvadratning burchaklari orqali o’tgan diagonallari piramida uchi bilan tutashgan qirralarining gorizontal proyeksiyalari hisoblanadi.

  1. Yangi mavzuni mustahkamlash.

  1. Tez yordam”. Geometrik jismlar nomini yozish. (1 – Ilova. 3 – TM. GJ)

  2. Klaster”. Geometrik jismlarning kombinatsion tasvirlari ko’rsatiladi. Guruh a’zolari bir – birining javoblarini to’ldirgan holda tasvirdagi geometrik jismlar nomlarini aytishadi. (1 – Ilova. 4 – TM. KGJ)

  3. Kichik guruhlar bilan ishlash”. Geometrik jismlar guruhining proyeksiyalarini chizish. Har bir guruh a’zosi bitta proyeksiyani chizadi. Guruh sardori proyeksiyalarni umumlashtiradi. (1 – Ilova. 5 – TM. GJG)

  1. B aholash. O’quvchilar ballari ekspert tomonidan hisoblab chiqiladi. Guruh a’zolari geometrik jismlar maketlari bilan taqdirlanadi va umumiy ballar to’planib, g’olib guruh aniqlanadi.

  2. U yga vazifa.

  1. Mavzuga oid “Topshiriqlar blankasi” (darslik bilan birgalikda individual ishlashga mo’ljallangan). (1 – Ilova. 6 – TM. “TB”)

  2. 5 – grafik ish. Geometrik jismlar proyeksiyalarini chizish. (1 – Ilova. 7 – TM).



Foydalanilgan adabiyotlar

  1. I. A. Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”, “Ma’naviyat”,

Toshkent – 2008

  1. I. Rahmonov “Chizmachilik 8”, “O’qituvchi” NMIU, Toshkent – 2014

  2. I. Rahmonov “Chizmachilik 8”, “O’qituvchi” NMIU, Toshkent – 2010

  3. I. Rahmonov “Chizmachilik 8 O’qituvchi kitobi”, “O’qituvchi” NMIU,

Toshkent – 2010

  1. S. Usmonov “Chizmachilik 8-9 sinflar” O’qituvchilar uchun metodik qo’llanma, “Tafakkur Bo’stoni” nashriyoti, Toshkent – 2013

  2. В. Степакова «Карточки – задания по черчению 7 класс», Москва - 1999

  3. С. Боголюбов «Индивидуалные задания по курсу черчения», Москва – 2007

  4. www.uzedu.uz

  5. www.eduportal.uz

  6. www.ziyonet.uz

  7. www.multimedia.uz

  8. www.rtm.uz

  9. www.chizmachilik.zn.uz

  10. www.veselowa.ru

  11. www.mnogogranniki.ru

Download 5,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish