133
7-BOB. MOLIYAVIY QO’YILMALAR
7.1. Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy qo’yilmalar tarkibi
Bozor munosabatlariga o‘tish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida amalga
oshirilayotgan iqtisodiy islohot teran va keng miqyosda davlat mulkini
xususiylashtirish jarayoniga, aksioner jamiyatlari, xususiy korxonalar, qo‘shma
korxonalar va shunga o‘xshaganlarni tashkil etishga asoslangan. Bu jarayonlar
quyidagi infratuzilmalar bilan chambarchas bog‘langan: tijorat banklari, investitsiya
va sug‘urta fondlari, birjalar, moliya – sanoat guruhlari, lizing kompaniyalari,
maslahat va auditorlik firmalari va sh. k.
Kapital bozorini rivojlantirish maqsadida O‘zbekistonda fond birjalari
mavjudligini alohida e‘tirof etish kerak. Qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish
tegishli normativ huquqiy bazaga asoslangan.
27
Qimmatli qog‘ozlar muomalasi deganda qimmatli qog‘ozlarni tasarruf
etuvchilarni almashishga olib keluvchi, ularni oldi – sotdi va boshqa xarajatlari
tushuniladi. Qimmatli qog‘ozlarni har qanday korxona, aksioner jamiyati va kredit
muassasalari chiqarish huquqiga ega. Qimmatli qog‘ozlar chiqarish va muomalada
bo‘lishi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tartibga solinadigan aksioner
jamiyatlarning aksiyalari, obligatsiyalar, depozit sertifikatlari, veksellar va boshqalar
kiradi.
Aksiya
– aksioner jamiyatini boshqarishda, jamiyatning foydasida va jamiyat
tugatilganda mulk qoldig‘ini taqsimlashda qatnashish huquqini beruvchi aksioner
jamiyatining ustav kapitaliga qo‘shilgan mablag‘ni tasdiqlovchi qimmatli qog‘ozdir.
Aksiya harakat muddatiga ega emas va u aksioner jamiyatining faoliyati davomida
harakatda bo‘ladi.
Davlat korxonalari asosida tashkil qilingan ochiq tipdagi aksioner
jamiyatlarining aksiyalarini ro‘yxatga olish va muomalaga chiqarish tartibiga
binoan
28
, hujjat sifatida aksiya quyidagi rekvizitlarga ega bo‘lishi kerak: aksioner
jamiyatining nomi va joylashgan joyi, qimmatli qog‘ozning nomi – «aksiya», uning
turi, tartib raqami, chiqarilgan sana, nominal qiymati, chiqariladigan aksiyalarning
miqdori, ro‘yxatga oladigan organ tomonidan berilgan aksiyaning kodi, dividendlarni
to‘lash muddati, aksioner jamiyati boshqaruvining raisi va bosh buxgalterining
imzolari, aksiyalarni chiqarish kuniga bo‘lgan ustav kapitalining hajmi.
Sotib olingan aksiyalar uchun yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan pul milliy
va xorijiy valutalarda, shuningdek asosiy vositalar, nomoddiy va boshqa aktivlarni
qo‘shish yo‘li bilan to‘lanishi mumkin.
Shaxsini belgilash usuliga qarab ismi yozilgan va ko‘rsatuvchiga berilgan
aksiyalarga bo‘linadi. Ismi yozilgan aksiyalarda mulkdorning maxsus daftarida
ro‘yxatga olinadi. Bu o‘z navbatida kimda qancha va qanday aksiyalar borligini
aniqlash imkoniyatini beradi. Ko‘rsatuvchiga berilgan aksiyalarda mulkdorning ismi
27
Ўзбекистон Республикаси Президентининг «Қимматли қоғозлар бозорини ривожлантириш бўйича қўшимча
чоралар тўғрисида» ги фармони. 1995 йил 7 сентябрдаги; Ўзбекистон Республикасининг «Қимматли қоғозлар
ва фонд биржаси тўғрисида» ги Қонун. 1993 йил 2 сентябр.
28
Ўз. Р. ВМ 1994 йил 8 июндаги 285–сонли қарорининг 1 иловаси; 1995 йил 14 февралдаги 351 – сонли Ўз. Р.
ВМ қарори билан киритилган ўзгаришлар.
135
So‘zsiz pul majburiyatligi shundan iboratki, uning to‘lanishi qandaydir shartlar
bilan chegaralanmaydi, yoki boshqacha aytganda, bevosita vekselni to‘lashga tegishli
tartib bilan bog‘liq bo‘lmagan begona sharoitlarga bog‘lanmaydi. Veksel bo‘yicha
majburiyatning mavhumligi shundan iboratki, uning tekstida qanday asosga binoan
berilganligi ko‘rsatilmaydi. Veksel majburiyatining maqsadi faqat pul hisoblanadi.
Veksellarning shakllari turlicha.
Moliyaviy veksel – korxona tomonidan bo‘sh mablag‘lari hisobidan boshqa
korxonalarga ssuda berishdir. Moliyaviy veksellarga korxonaning muddatida
qaytarilmagan kreditor qarzlarini rasmiylashtiradigan veksellarni kiritish mumkin.
Тovar vekseli sotuvchi bilan oluvchi o‘rtasidagi mahsulot jo‘natish yoki xizmat
ko‘rsatish bitimlarida foydalaniladi.
Vekselning ikki turi mavjud: oddiy va o‘tkazma. Oddiy veksel qarzdor
tomonidan to‘ldirilib imzolanadi va kreditorga ma‘lum summani belgilangan
muddatda so‘zsiz to‘lanishi ko‘rsatiladi, ya‘ni oddiy veksel bilan rasmiylashtirilgan
qarz majburiyatida daslab ikki shaxs qatnashadi: bir tomondan kreditor, ikkinchi
tomondan qarzdor va shu bilan birga to‘lovchi bo‘lib hisoblanadi.
O‘tkazma veksel oddiy vekseldan tubdan fraqlanadi. O‘tkazma veksel kreditor
tomonidan to‘ldirilib imzolanadi. Unda vekselda ko‘rsatilgan summani belgilangan
muddatda uchinchi shaxsga to‘lash to‘g‘risida qarzdorga berilgan buyruq mavjud. Bu
holda teskari vaziyat vujudga keladi: veksel qarzdor tomonidan yozilmasdan haq
talab qilib oladigan shaxs tomonidan yoziladi. Shunday qilib veksel beruvchi kreditor
hisoblanadi. Qarzdor esa veksel saqlovchi emas, faqat to‘lovchi bo‘lib hisoblanadi.
Odatda o‘tkazma vekselni ushlovchi bo‘lib uchinchi shaxs hisoblanadi. Vekselda
ko‘rsatilgan summani qarzdor to‘lovchi uchinchi shaxsga to‘lashi kerak. Bunda nima
uchun veksel beruvchi vekselda ko‘rsatilgan summani remitentga to‘lanishi, ular
o‘zaro qanday munosabatda ekanligi, birining ikkinchisi oldida
qanday majburiyatlari
borligi to‘lovchini qiziqtirmaydi. Qarzdorning to‘lash majburiyati faqat veksel
beruvchi oldidagi qarz majburiyati bilan bog‘liq bo‘lib, hech qanday keyingi
veksellar uni o‘zgartirmaydi. Shu munosabat bilan veksel beruvchi o‘tkazma vekselni
o‘zi-o‘ziga ham yozib berishi mumkin, va dastlab o‘tkazuvchi bo‘yicha majburiyatda
ham faqat ikkita shaxs qatnashadi: Bir tomondan – qarzdor to‘lovchi ikkinchi
tomondan esa – bir vaqtning o‘zida ham veksel beruvchi ham veksel saqlovchi
bo‘lgan kreditor. Keyinchalik veksel saqlovchi o‘z huquqini indossament tartibida
uchinchi shaxsga o‘tkazib berishi mumkin. O‘tkazma veksel to‘lovchi tomonidan
akseptlanishi kerak va faqat shundagina yuridik kuchga ega bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: