Mas’ul muxarrir: i. f. n, dots. O‘.T. Eshboev
Taqrizchilar: i. f. n., profess. A.S.Sotivoldiev
i. f. n, dots. M.Mirxodjayev
3
Финансовый и управленческий учет:
Джураев Н.Ю., Бобожонов О.,
Абдувахидов Ф.Т., Сатывалдыева Д.А. Учебник. ТГЭУ. T.: 2007.
В условиях рыночной экономики для благополучного ведения
хозяйственной деятельности, развития коммерческой деятельности и
укрепления конкурентоспособности хозяйствующих субъектов требуется
глубокое изучение нормативно-правовых документов.
В учебнике на основании практической деятельности национальных и
международных субъектов, освещены предмет и метод бухгалтерского учета,
финансовый учет основных средств, денежных средств, товарно-
материальных запасов, финансовых инвестиций, а также взаимосвязь и
различия
финансового
и
управленческого
учета,
управления
над
использованием средств, оценка инвестиционной деятельности, принятия
проектов, ведения учета и отчетности по сегментам.
Данный учебник рекомендуется для студентов высших учебных заведений
в бакалавриате и в магистратуре. Кроме того, рекомендуется использовать в
качестве учебного пособия дипломированным бухгалтерам, аудиторам,
менеджерам, финансовым директорам и налоговым инспекторам.
Ответственный
редактор: к.э.н.доц. У.Т. Эшбоев
Рецензенты: к.э.н. профес. А.С.Сотиволдиев
к.э.н. доц. М.Мирходжаев
4
In conditions of market economy for the prosperity of economical activity,
developing of commercial activity and strengthening of competitiveness of the
enterprises is required deep learning of the legal-regulation documents.
This book highlights subject and methods of the accounting, accounting for
fixed assets, cash, inventory, financial investments, as well as interrelation and
differences between financial and managerial accounting, management of assets,
appraisal of investment activity, acceptance of the project, accounting and reporting
for different segments of accounting in the light of national and international
company practices.
This book is recommended as the textbook for the students of higher educational
institutions in bachelor and master degrees. Besides it is recommended to use as the
manual to the professionally qualified bookkeepers, auditors, managers, financial
directors and tax inspectors.
Responsible editor: the candidate of economic sciences., senior lecturer.
U.Т. Eshboev
The reviewers: the candidate of economic sciences. А.S.Sotivоldiev
the candidate of economic sciences. М.Мirkhadjaev
5
Kirish
Iqtisodiyotni erkinlashtirish va chuqurlashtirish sharoitida turli mulkchilikka
asoslangan tashkiliy-iqtisodiy jihatdan bir-biridan farq qiluvchi ko‘plab xo‘jalik
yurituvchi subyektlarning paydo bo‘lishiga zamin yaratildi. Shu munosabat xo‘jalik
yurituvchi subyektlarda buxgalteriya hisobning to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi va uning
ustidan nazoratning samarali mexanizmini ishlab chiqish hozirgi kunning dolzarb
vazifalaridan biridir.
Хususan, buxgalteriya hisobining ahamiyati sifatida xo‘jalik yurituvchi
subyektlarda hisob tizimining naqadar to‘g‘ri yuritilishi, xo‘jalikning iqtisodiy-
moliyaviy faoliyatini o‘rganish va uning holatiga xolisona baho berish, shuningdek
iqtisodiy ko‘rsatkichlarning samaradorligini aniqlash hamda nazoratini o‘rganish
bugungi kunda talaba yoshlarga muhim dastur vazifasini o‘taydi.
Iqtisodiyotni chuqurlashtirish jarayonida xo‘jalik yurituvchi sub‘eklarning
iqtisodiy faoliyati makro va mikro darajada tahlil qilib, kelgusida ishlab chiqarish (ish
va xizmat) ning hajmini bashoratlash, shuningdek, samaradorlikka erishish uchun
muhim bo‘lgan qarorlar qabul qilish iqtisodiy tahlil fanining metodikasini yanada
takomillashtirib borishni taqozo etadi. Тahlil natijasida olingan muhim qarorlar
bevosita xo‘jalikning boshqaruv tizimini yaxshilash bo‘lsa, ikkinchidan ushbu
ma‘lumotlar tashqi foydalanuvchilarning xo‘jalik faoliyatiga bo‘lgan qiziqishiga
hamda qo‘shimcha investitsiyaning kirib kelishiga zamin yaratadi.
Shu jihatdan ―Moliyaviy va boshqaruv hisobi‖ fanini o‘zlashtirish jarayonida
talabalar bozor iqtisodiyotining o‘ziga xos xususiyatlari hamda qonuniyatlarini
hisobga olgan holda bu fanning mohiyati va ahamiyatini har tomonlama mukammal
o‘rganish zaruriyatini belgilab berdi.
―Moliyaviy va boshqaruv hisobi‖ fanining maqsadi - talabalarga buxgalteriya
hisobi, iqtisodiy tahlil va audit bo‘yicha ilmiy-nazariy bilimlarni chuqurlashtirish,
shuningdek ushbu bilimlarni amaliyotga tatbiq etish asosida foydalanuvchilar uchun
zaruriy ma‘lumotlarni shakllantirish, boshqaruv tizimi uchun zarur bo‘lgan qarorlarni
qabul qilish, korxonaning iqtisodiy-moliyaviy holatini tahlil etish, amalga
oshirilayotgan iqtisodiy jarayonlarning nazoratini yuritish borasidagi ko‘nikmalarni
shakllantirishdan iboratdir.
Jahon talablariga javob beradigan, xalqaro tamoyillar va qoidalarga mos
keladigan, O‘zbekistonda buxgalteriya hisobini rivojlanishini huquqiy asoslarini
ta‘minlovchi qonun zarur edi.
1
Qonun buxgalteriya hisobini tashkil etish,
buxgalteriya hujjatlari va registrlari, aktiv va majburiyatlarni inventarizatsiya qilish
va baholashning asosiy printsiplari va qoidalari, o‘z va qarzga olingan kapitalni
hisobi, moliyaviy hisobotlar oldiga qo‘yilgan negiz vazifalar, maqsad va talablarni
belgilab berishini talab etadi.
1
Ўзбекистон Республикасининг «Бухгалтерия ҳисоби тўғрисида»ги Қонуни, 1996 йил 30 август.
6
O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qilayotgan qonuniy va me‘yoriy
hujjatlar barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun hisob siyosati me‘yorlarini
huquqiy ta‘minlovchi asosiy hujjat bo‘lib hisoblanadi.
2
Shu boisdan, ushbu hujjatlar va bozor munosabatlari talablaridan kelib chiqib,
buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit ixtisosligi bo‘yicha malakali kadrlar
tayyorlash hamda ularni o‘qitishni talab qiladi. Shu jihatdan, «Moliyaviy va
boshqaruv hisobi » fanining ushbu nashri iqtisodiy sohada ta‘lim olayotgan talabalar,
buxgalterlarning kasb malakasi va bilim darajasini oshirish muammolarini yechishga
qaratilganligidir.
Mazkur darslikni tayyorlash jarayonida ―Buxgalteriya hisobi», «Moliyaviy
hisob», «Boshqaruv hisobi» fani bo‘yicha tayyorlangan o‘quv adabiyotlari tahlil
qilindi. Bular jumlasiga, «Moliyaviy hisob» (О.Бобожонов ва К.Жуманиѐзов.
Дарслик, 2002й), «Бухгалтерский управленческий учет» (М.А.Вахрушина.
Учебник, 2000г), «Бухгалтерия щисоби» (Каримов А, Ф.Исломов. А.Авлоқулов.
Дарслик, 2004й), «Замонавий бухгалтерия ҳисоби» (А.Сотиволдиев. Дарслик, 3-
том, 2004й), Бухгалтерский учет (Н.Г.Кондраков. Учебник, 2004г), Бошқа
тармоқларда бухгалтерия ҳисобининг хусусиятлари (С.Вохидов. Ўқув
қўлланма, 2004й), Молиявий ҳисоб (И.Очилов. Ўқув қўлланма, 2004й) kabi
o‘quv adabiyotlari yaratilgan. Ushbu adabiyotlarning Хorijda chop etilganlari bizda
amal qilinayotgan buxgalteriya hisobi schyotlar rejasiga ko‘ra va ular namunaviy
o‘quv dasturimizdan ham farq qiladi. Respublikamizda chop etilganlari esa, dastur
asosida yozilgan bo‘lib, «Buxgalteriya hisobi va audit» yo‘nalishlariga
mo‘ljallanganligidir. Biroq, namunaviy o‘quv rejasiga binoan, boshqa iqtisodiyot
yo‘nalishlarida ta‘lim olayotgan talabalarga «Moliyaviy va boshqaruv hisobi» fani
sifatida o‘qitilishi, ushbu fan bo‘yicha darslik tayyorlashni taqozo qilmoqda. Shu
boisdan, yuqorida keltirilgan adabiyotlar mazkur Fan bo‘yicha tuzilgan namunaviy
o‘quv rejasiga mos kelmasligidir. Albatta yuqorida sanab o‘tilgan darslik va o‘quv
qo‘llanmalar yuqori saviyada yozilgan o‘quv adabiyotlari hisoblanadi hamda ular
nazariy-amaliy ahamiyatga egadir. Biroq, 2004 yildan boshlab xo‘jalik yurituvchi
subyektlar faoliyatiga 21-sonli BHMSni tadbiq etilishi, ushbu adabiyotlarni ham
qayta ishlashni taqozo qilmoqda. Bu standartga muvofiq, barcha subyektlarda
xo‘jalik jarayonlarini Yangi schyotlar rejasiga binoan, hisobga olishning o‘ziga xos
xususiyatlari yaratildi. Shu boisdan, ―Moliyaviy va boshqaruv hisobi‖ fanidan
darslikni yaratishga ehtiyoj sezilganligi bois, mualliflar tomonidan o‘quv rejasiga
ko‘ra, namunaviy dastur asosida mazkur darslik tayyorlandi.
Shunday qilib, mazkur darslik o‘quv rejasiga ko‘ra, iqtisodiyot yo‘nalishlarida
ta‘lim olayotgan talabalarga mo‘ljallangan bo‘lib, ―Buxgalteriya hisobi nazariyasi‖,
―Moliyaviy hisob‖ va ―Boshqaruv hisobi‖, ―Boshqaruv tahlili‖ va ―Moliyaviy tahlil‖,
―Moliya va kredit‖, ―Soliqlar va soliqqa tortish‖, ―Menejment‖, ―Marketing‖,
―Statistika‖ kabi fanlar bilan uzviy bog‘liqlikda o‘rganiladi.
Kitob oliy o‘quv yurtlarining talabalari uchun darslik sifatida tavsiya qilinadi.
Shuningdek, darslikdan buxgalterlar, auditorlar, tadbirkorlar, menejerlar, iqtisodchilar
2
ЎзР ВМнинг «Маҳсулот (ишлар, хизматлар)ни ишлаб чиқариш ва сотиш харажатларининг таркиби ҳамда
молиявий натижаларни шакллантириш тартиби тўғрисидаги Низом». 1999й 5-февралдаги 54-сонли қарори;
Ўзбекистон Республикасининг 0-23-сонли «Бухгалтерия ҳисобининг миллий андазалари». 1998-2005 йиллар.
7
va kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilari hamda talabalari ham qo‘llanma sifatida
foydalanishlari mumkin.
8
Do'stlaringiz bilan baham: |